80
Xalqaro kapitallar harakati
jarayonining muhim xususiyatlaridan biri mazkur
jarayonga davlatning faol aralashuvidir. Bunda davlat quyidagi funksiyalarni
bajaradi:
—
tartibga solish;
—
nazorat qilish;
—
rag‘batlantirish.
Davlatning boshqaruv organlariga xos bo‘lgan bunday xususiyatlar davlatning
ushbu jarayonda funksiyalarini namoyon bo‘lishi deb ham faraz qilinadi, ammo
davlatning ushbu jarayonlarga aralashuvi uning eng muhim funksiyalari deb
bo‘lmaydi. Davlatning xalqaro kapital harakatini ta’minlashda qonunlarda belgilab
qo‘yilgan chegaralarda ishtirok etadi xolos. Shunday ekan yuqorida nomlari tilga
olingan jarayonlar o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turishga harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: