Tashkil etish turlariga qarab esa
:
1. Hududiy zonalar.
2. Maxsus tartibot zonalariga bo‘linadi.
Dunyoda 400 tadan 2000 tagacha erkin iqtisodiy hudud mavjud deb
hisoblanadi. Birinchi erkin iqtisodiy hududlar AQShda 1934 yili erkin savdo hududi
ko‘rinishida tashkil etilgan. Ularning asosiy yo‘nalishi tashqi savdoni faollashtirish
bo‘lgan. Bunga esa bojxona bojlarining pasaytirilishi va erkinlashtirilishi sabab
bo‘lgan. Bu hududlarning eng qiziqarli joyi shundaki, import qilinga yarim tayyor
mahsulotlar – agar tayyor mahsulot sifatida eksport qilinsa bojxona tozalashlaridan
o‘tmagan va agar import qilingan yarim tayyor mahsulotlar – tayyor bo‘lganidan
keyin AQSH bozoriga kirsa to‘la bojxona to‘lovlariga va tozolovlariga tortilgan.
Investitsiya siyosatini amalga oshirishda zamonaviy yuqori texnologiyali
asbob-uskuna va innovatsion texnologiyalarni joriy etish hisobiga jahon bozorlarida
raqobatbardosh mahsulotlarni keng ko‘lamda ishlab chiqarish, eksportga
mo‘ljallangan va importning o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishni tashkil
etish, respublikada mavjud xom ashyoni chuqur qayta ishlash orqali tayyor
mahsulotlarni ishlab chiqarishda xorijiy investitsiyalar ishtirokini ta’minlash, birinchi
galda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etishga keng e’tibor qaratilmoqda.
31
https://www.lex.uz/docs/4737511
84
Dunyo miqyosida mamlakatimiz iqtisodiyoti barqaror sur’atlar bilan rivojlanib, aholi
turmush darajasini izchil oshirish ta’minlandi. Bu borada erishayotgan yutuqlarimizni
va barqaror rivojlanayotgan iqtisodiyotimiz, chet el investorlariga yaratilayotgan
keng shart-sharoitlar hamda kafolatlarni yirik xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari
rahbarlari, ekspert va mutaxassislar tomonidan alohida e’tirof etilmoqda.
Mamlakatimizning ishlab chiqarish salohiyatini modernizatsiya qilishga
qaratilgan loyihalarni amalga oshirish hamda iqtisodiyotni erkinlashtirish va
modernizatsiyalash, shu orqali jahon standartlariga javob beradigan mahsulot ishlab
chiqarishga
erishish
xorijiy
sarmoyalarni,
eng
avvalo,
to‘g‘ridan-to‘g‘ri
investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida
mamlkatimizning Navoiy, Jizzax va Angren hududlarida maxsus industrial zonalar
tashkil qilindi. Ushbu amalga oshirilgan chora-tadbirlar o‘z navbatida, innovatsion
faoliyatni rivojlantirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish, eksport, shuningdek,
transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish, mahalliy
mahsulot va xizmatlarning ichki va tashqi bozorlarda xalqaro sifat, sertifikatlashtirish
talablarini joriy etish orqali raqobatbardoshligini oshirish, yangi ish joylarini barpo
etish, malakali ishchi-muhandislar, xo‘jalik va boshqaruv kadrlarini tayyorlash va
ular malakasini oshirish kabi bir qator muhim masalalarni hal etish imkonini
bermoqda.
Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishning muhim jihati ma’lum hudud yoki
ishlab chiqarish sohasini iqtisodiy rivojlantirishni rag‘batlantirish, shuningdek, erkin
iqtisodiy zonalardan iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning hududiy uslubi sifatida
foydalaniladi. Ushbu maqsadlarga erishish, shuningdek, erkin iqtisodiy zonalar
faoliyatidagi xalqaro tajribalar afzalliklarini iqtisodiy tuzilmaga joriy qilish
maqsadida 2008 yil 2 dekabrdagi “Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona
tashkil qilish to‘g‘risida”gi, 2013 yilning 18 martdagi O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “Jizzax” maxsus industrial zonasini barpo etish to‘g‘risida»gi va 2013
yil 13 apreldagi “Angren” maxsus industrial zonasini barpo etish to‘g‘risida”gi
Farmonlariga asosan “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi tashkil etilgani
qanday natija berayotgani hammamizga ma’lum. Mazkur Farmonlar yuqori
qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni
ta’minlaydigan zamonaviy, yuksak texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish
uchun xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish, bu borada qulay shart-
sharoitlarni shakllantirishga, ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan samarali
foydalanish, shu asosda yangi ish joylarini yaratish va aholi daromadlarini oshirishga
xizmat qilmoqda. Shuni alohida qayd etish lozimki, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil
qilish va ular faoliyatini tartibga solishga qaratilgan milliy qonun hujjatlaridan
tashqari, ushbu munosabatlarni tartibga solishga xalqaro huquqiy hujjatlar ham
bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalqaro tashkilotlar bergan ma’lumotlarga ko‘ra bugungi kunda dunyoda 3,5
mingdan ziyod erkin iqtisodiy zonalar bo‘lib, ular 140 taga yaqin mamlakatda
joylashgan. Butun dunyodagi erkin iqtisodiy zonalarda salkam 70 million kishi
mehnat qiladi. Ularning yillik savdo aylanmasi esa 500 mlrd. dollardan ziyoddir.
Ayni paytda EIZlarning juda ko‘p turlari bo‘lib, iqtisodiy munosabatlarning
rivojlanishi hamda globallashuv jarayonining ta’siri natijasida ular ham miqdor, ham
sifat jihatidan o‘zgarib va ko‘payib bormoqda. Shu tariqa iqtisodiy tizim va
dunyodagi yirik investorlar bilan aynan mamlakat iqtisodiyoti uchun samarali
85
yo‘sinda, ya’ni yuqori qo‘shimcha qiymat yaratuvchi ishlab chiqarish sohalarida
to‘laqonli hamkorlik qila oladigan holga keltirildi. Shunday qilib erkin iqtisodiy zona
deganda muayyan mintaqani jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat
va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etish
maqsadida tuziladigan, aniq belgilangan ma’muriy chegaralari va alohida huquqiy
tartiboti bo‘lgan maxsus ajratilgan hududdir.
Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilish va ular faoliyatining huquqiy asoslarini
shakllantirishga
qaratilgan
chora-tadbirlarning
ishlab
chiqilayotganligi
mamlakatimizni modernizatsiya qilish va aholi bandlik darajasini yanada
oshirishning muhim omili sifatida jahon standartlariga javob beradigan va dunyo
bozorlarida talab qilinadigan mahsulot ishlab chiqarish, xorijiy investitsiyalarni,
birinchi galda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha qulay shart-
sharoit yaratish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Erkin iqtisodiy zonalarni
rivojlantirish va bu boradagi huquqiy asoslar mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada
rivojlantirishda va uning samaradorligini oshirishda, jahon bozoriga tobora
integratsiyalashuviga, to‘g‘ridan – to‘g‘ri investitsiyalarni rag‘batlantirishning o‘ziga
xos va betakror mexanizmini joriy qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. “Navoiy”
erkin sanoat-iqtisodiy hududi (“Navoiy” ESIH) 2008-2009 yillarda Navoiy
shahrining endigina modernizatsiya qilingan halqaro aeroporti qoshida tashkil
qilingan edi. O‘sha paytlarda ko‘pchilik nashrlarda “Navoiy” ESIH tashkil etilishi
mamlakat hukumatining tanazzulga qarshi siyosati choralaridan biri sifatida
baholandi. Navoiy viloyati mamlakatdagi ilk ESIH sifatida tanlab olinganligining
sabablari quyidagilar bo‘lishi mumkin:
1. Rivojlangan transport infrastrukturasi: gap shundaki, Navoiy shahri Xitoy va
Yevropa o‘rtasidagi muhim savdo yo‘llarining chorrahasida joylashgan;
2. Qayta ta’mirlangan Navoiy shahri aeroporti yuk samolyotlarini qabul qilish
imkoniyatiga ega;
3. Keng xom-ashyo salohiyati;
4. Juda qulay hududiy joylashuv: shahar O‘zbekiston Respublikasining
geografik jihatdan qoq o‘rtasida joylashgan, ya’ni qo‘shni mamlakatlar
hududlarigacha deyarli bir xil masofa mavjud.
Loyihani amalga oshirishga Janubiy Koreya, Xitoy, Hindiston, Birlashgan
Arab Amirliklari, Turkiya va Singapur kabi mamlaktlarning yetakchi kompaniyalari
birlamchi sarmoyadorlar sifatida ishtirok etishgan. 2009 yilning yanvarida shahar
aeroporti Korean Air aviakompaniyasiga boshqaruviga bu yerda halqaro intermodal
logistika markazi tashkil qilish uchun berildi. EIH/ESIH tashkil etish mamlakatning
iqtisodiy va sanoat salohiyatini to‘ldirishga imkon beradi. Shunday qilib, EIH tashkil
qilayotgan mamlakatimiz birqator afzalliklarga ega bo‘ladi. Ya’ni natijada
O‘zbekiston sifatli raqobatbardosh mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarish, byudjetning
to‘ldirilishi, kadrlarning malakasining oshishi, yangi texnologiyalardan foydalanish
imkoniyati, transport infrastrukturasining rivojlanishi kabi afzalliklarga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston o‘zining taraqqiyoti mobaynida iqtisodiy rivojlanish, investitsion
siyosat, aholi farovonligining oshishi, yalpi ichki mahsulotning ortishi, aholi
bandiligini ta’minlash, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, valyuta barqarorligi va
boshqa bir qator ko‘rsatkichlar bo‘yicha salmoqli natijalarni qo‘lga kiritdi. Qisqa davr
mobaynida O‘zbekiston tomonidan qo‘lga kiritilgan bunday yutuqlar dunyoning
ko‘plab davlatlari va yirik moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlar tomonidan alohida e’tirof
86
etilmoqda. Bugungi kunda iqtisodiy taraqqiyot va biznesni harakatga keltiruvchi
muhim omillardan biri bo‘lgan Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil qilish masalasi
respublikamiz oldida turgan muhim masalalardandir. Xususan, Navoiy erkin iqtisodiy
hududi bugungi kunda mamlakatimizga kirib kelayotgan investitsiyalar hajmi
bo‘yicha qisqa vaqtlarda yuqori ko‘rsatkichlarga erishib kelmoqda. Bugungi kunda
esa bunday hududlar boj to‘lanmaydigan, shuningdek, boshqa iqtisodiy va tashkiliy
tartibga solinganligi tufayli ishlab chiqarish va savdo rag‘batlantiriladigan, tashqi
iqtisodiy faoliyat mohirona olib boriladigan, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish
bo‘yicha katta imkoniyatlar taqdim qiladigan o‘ziga xos hudud sifatida namoyon
bo‘lmoqda. O‘zbekiston ham bu boradagi imkoniyatlarni, xalqaro tajribani chuqur
o‘rgangan holda, iqtisodiy rivojlanish sari tobora chuqur odimlab borayotganligini
ko‘rib turibmiz. Shu nuqtai nazardan ham quyidagi masalalarga alohida ahamiyat
qaratish bugungi kunning muhim masalalardan hisoblanadi:
- global iqtisodiy tizimning rivojlanishi va ushbu jarayonlarda erkin iqtisodiy
hududlarning o‘rni va rolini tadqiq qilishga bo‘lgan ehtiyojning ortib borayotganligi;
- erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etishning asosiy shakllari va tamoyillariga
doir ilmiy qarashlarni tahlil qilishga bo‘lgan zaruratning ortib borayotganligi;
- sanoati taraqqiy etgan mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi jarayonidagi
tajribalarida Erkin iqtisodiy hududlar rivojlanishining va ularning namoyon bo‘lish
shakllarini ilmiy jihatdan tadqiq qilishning ahamiyati ortib borayotganligi;
- bugungi kunda taraqqiyotda tobora yuksak marralarni zabt etayotgan Janubiy-
Sharqiy Osiyo mamlakatlarining Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish borasidagi
bosib o‘tgan yo‘llarini ilmiy tadqiq qilishning zarurati;
- iqtisodiy rivojlanish borasida dunyoda tobora o‘z o‘rniga ega bo‘lib
borayotgan mamlakatimizda erkin iqtisodiy hududlarni rivojlantirish istiqbollarini
tadqiq qilishning ahamiyati yuqoriligi;
- Navoiy erkin industrial iqtisodiy hududining tashkil qilinishi hamda uning
O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyatidagi o‘rni masalalarini tadqiq qilish muhim
vazifalardan biridir.
Shakllanish va rivojlanish jihatdan o‘tgan asrning ikkinchi yarmida jahon
miqyosida tobora kengayib borgan, iqtisodiy va savdo instituti hisoblangan Erkin
iqtisodiy hududlar bugungi kunda taraqqiyot borasida o‘zining nihoyatda yuqori
cho‘qqisiga erishganligiga amin bo‘ldik. Erkin iqtisodiy hududlarga rivojlangan
mamlakatlar tomonidan eksportga mo‘ljallangan ishlab chiqarishni rivojlantiruvchi,
ilg‘or texnologiyalarni joriy etish hamda xorijiy kapitalni jalb qilish imkonini
beradigan yangi iqtisodiy rivojlanish mexanizmi sifatida qaraladi. Mamlakatning
iqtisodiy salohiyatini oshirish va qulay investitsion muhitni yaratishning boshqa
vositalari bilan bir qatorda xorijiy mamlakatlarda turli erkin iqtisodiy hududlarni
shakllantirish metodi qo‘llaniladi. Erkin iqtisodiy zonalar odatda ikki turga ajratiladi:
1) tovarlar va mahsulotlarni ishlab chiqarish, ularni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan
sanoat-ishlab chiqarishga yo‘naltirish;
2) yuqori texnologiyalarni o‘zlashtirishga qaratilgan, texnik joriy qilishga
yo‘naltirilgan hududlar bo‘lib, asosan, ilmiy-texnikaviy mahsulotlarni ishlab
chiqarish va uni sanoatga tatbiq qilishga asoslangan iqtisodiy hududlar.
Bunday hududlarda asosiy sub’ekt sifatida ishtirok etadigan rezidentlar ham
faoliyat yuritadilar va ularning asosiy vazifasi ushbu hududlarda tadbirkorlik
87
faoliyatini olib borish va undan foyda olishga qaratilgan bo‘ladi. Quyida Erkin
iqtisodiy zonalarning asosiy vazifalari keltirib o‘tilgan:
- iqtisodiyotga ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish;
- eksportni rag‘batlantirish va shu orqali valyuta tushumini ta’minlash va
oshirish;
- aholining bandligini ta’minlash;
- zamonaviy infrastrukturani shakllantirish va rivojlantirish;
- taraqqiyotdan ortda qolayotgan hududlarda ham texnik-texnologik
rivojlanishni jadallashtirish;
- boshqaruv va zamonaviy xalqaro tadbirkorlik sohasidagi ilg‘or xalqaro
tajribaga ega bo‘lish;
- hududlarni xo‘jalik yuritishning yangi usullarini sinov maydoniga, milliy
xo‘jalik rivojlanishining qutbiga aylantirish.
Koreya va Xitoyda erkin iqtisodiy hudulardan unumli foydalanilishi oqibati
o‘tgan asrning 80-90 yillarida ushbu davlatlar iqtisodi katta yutuqlarga erishdi.
Natijada Xitoy YAIM hajmi bo‘yicha dunyoda ikkinchi (AQShdan keyin) o‘ringa
chiqib oldi. Koreya esa iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida, ya’ni sanoat,
mashinasozlik, kemasozlik va elektronikada dunyoda yetakchi mamlakatlarning
biriga aylandi. Bu ko‘rsatkichlarga erishish uchun Koreya va Xitoyda tashkil etilgan
erkin iqtisodiy hududlarning roli katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Shu bois ham hozirgi
sharoitda erkin iqtisodiy zonalarni yanada rivojlantirishda quyidagi tadbirlarni
amalga oshirish muhim bo‘lib hisoblanadi:
-
infratuzilmani rivojlantirish va “Navoiy” erkin iqtisodiy industrial hududining
raqobatbardoshlik ustunliklarini oshirishda uning boshqa kompleks ob’ektlari,
Navoiy shahri va viloyatidagi infratuzilma inshootlari bilan o‘zaro bog‘liq ravishda
rivojlantirish;
-
menedjment va sifat ustidan nazorat hamda xalqaro standartlarga muvofiq
infratuzilma va ishlab chiqarish omillarini doimiy rivojlantirish, yangilash va
kengaytirish;
-
yashash uchun muhim ijtimoiy shart-sharoitlarni ta’minlash va rivojlantirish;
-
yuqori malakali kadrlar va o‘rta darajadagi texnika yo‘nalishidagi
mutaxassislarni uzluksiz ravishda tayyorlash.
-
investitsiyalarni jalb qilish hamda investitsion loyihalarni amalga oshirishda
esa sanoatning asosiy tarmoqlarida samarali loyihalar sonini ko‘paytirish orqali
xorijiy investitsiyalar hajmini sezilarli darajada oshirish;
-
jalb qilinayotgan investitsiyalar va amalga oshirilayotgan loyihalarning sifat
ko‘rsatkichlarini yaxshilash (yuqori texnologiyalar, eksport yo‘naltirilgan, ishga
yollash sifati va darajasini oshirish va boshqalar);
-
jalb qilinayotgan investitsiyalarni mutanosib va maqsadli rivojlantirish;
-
EIZga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini jalb qilish maqsadida
ular uchun qulay investitsion muhit va huquqiy baza yaratish eng ustuvor
maqsadlarimizdan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |