Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти



Download 3,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/258
Sana21.01.2022
Hajmi3,58 Mb.
#394022
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   258
Bog'liq
investitsiya-converted

2 – savol bayoni.
 Milliy iqtisodiyotiing jahon iqgisodiyotiga integratsiyalashuv 
darajasi  bir  mamlakat  boshqa  mamlakatlar  bilan  aloqa  qilmasdan,  yakka,  alohida 
holda  rivojlana  olmaydi.  Shuning  uchun  mamlakatlar  birlashgan  holda  o‘z 
iqgisodiyotini  yuritadi.  Mamlakatlar  maqsadlari  va  imkoniyatlari  bir-biri  bilan 
kesishsa, ular bir-birlari bilan hamkorlik ravshpda ish olib borishadi va bunda ancha 
qulayliklarga  erishiladi.  Bunga  YEIdagi  yagona  valyutaning  kiritilishini  misol 
qilishimiz  mumkin.  Bir  modelning  ikkinchi  modeldan  farqini  keltirib  chiqaruvchi 
elementlar va bog‘liqliklarga quyidagilarni kiritish mumkin:  
- mulk shakllarining nisbatini;  
-  davlatning  roli,  davlat  sektorining  miqyosi,  davlatning  iqtisodiyotga 
aralashish darajasini;  
- davlat harajatlari va ularning YAIMdagi ulushini;  
- iktisodiyotning ochiqlik darajasini; 
-  iqgisodiyotni  moliyalashtirish  manbalari  va  miqyosi,  xorijiy  kapitalning 
iqgisodiyotdagi ulushini;  
- mehnat bozorini;  
- tashqi iqgisodiy aloqalarning harakteri, savdo siyosatini;  
- milliy iqgisodiyotning jahon iqgisodiyotiga integratsiyalashuv darajasi va h.k.  
Mamlakatlar  iqtisodiyogining  rivojlanish  evolyutsiyasi  makroiqgisodiy 
rivojlanishning  kuyidagi  uch  modelini  ajratish  imkonini  berdi:  ya’ni  o‘z-o‘zidan 
rivojlanuvchi  bozor  tizimi  bo‘lib,  u  ilgari  erkin  raqobat  kapitalizmi,  deb  atalardi. 
Ushbu  tizim  asoslari  A.Smit  asarlarida  ta’riflab  berilgan  bo‘lib,  keyinchalik  klassik 
liberal  yo‘nalish  vakillari  tomonidan  keng  rivojlantirildi.  Mamlakatlarning  o‘zaro 
iqtisodiy  birlashuvi  va  milliy  davlatlar  siyosatining  shartnomalari  asosida  amalga 
oshiriladi.  Sub’ektlar  o‘rtasidagi  integratsion  jarayonlarning  borishi  va  rivojlanishi 
asosan  davlatlararo  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  tovarlarning  erkin  harakati  va  xizmat 
ko‘rsatish  sohalarda,  mamlakatlar  o‘rtasidagi  kapital  harakati  va  ishchi  kuchi 
migratsiyasida,  davlatlararo  iqtisodiy  hamkordagi  o‘zaro  kelishuvlarda,  ilmiy-
texnikaviy  va  texnologik  sohalarda,  moliya-kredit  sohalarda,  tashqi  iqtisodiy  va 
ijtimoiy, madaniy, shuningdek mudofaa siyosati va boshqa ko‘plab boshqa sohalarda 
o‘z aksini topmoqda. 


68 
 
Jahon  mamlakatlari  o‘rtasidagi  o‘zaro  aloqadorlikni  ta’minlashda  bir  qator 
qulayliklarni  vujudga  keltirdi,  ular  birinchidan,  xo‘jalik  sub’ektlarini  (tovar  ishlab 
chiqaruvchilarni)  ko‘plab  resurslar  bilan  (mehnat  va  yangi  texnik-texnologik 
materiallar)  ta’minlash  bilan  bir  vaqtda  jahon  bozorlariga  mos,  raqobatbardosh 
mahsulotlar  ishlab  chiqarish  imkonini  beradi.    Ikkinchidan,  xalqaro  iqtisodiy 
integratsion  jarayonlarda  qatnashuvchi  barcha  davlatlarni  iqtisodiy,  ijtimoiy-siyosiy 
va madaniy jihatidan bir-biriga yaqinlashtiradi. A’zo davlatlarni dunyo mamlakatlari 
tomonidan  ruy  berishi  mumkin  bo‘lgan  turli  to‘siq  va  raqobatdan  himoya  qildi. 
Uchinchidan,  xalqaro  iqtisodiy  integratsion  jarayonlarda  ishtirok  etuvchi  davlatlar 
o‘rtasidagi  iqtisodiy,  ijtimoiy-siyosiy  va  madaniy  muammolarni  hal  etish 
imkoniyatini beradi. Shunday qilib, xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlarni borishi 
iqtisodiy  rivojlanish  va  yuksalishdan  orqada  qolayotgan  mintaqalarni,  hududlarni 
rivojlanishiga,  xalqaro  mehnat  bozorlaridagi  ahvolni  yaxshilanishiga,  iqtisodiy  kam 
ta’minlangan aholini esa iqtisodiy ta’minotini yaxshilanishiga imkon tug‘diradi. 
1991  yilning  31  avgustida  O‘zbekiston  Respublikasi  suveren  mustaqillikka 
erishishi  natijasida  respublikaning  iqtisodiy,  ijtimoiy-siyosiy  va  madaniy  hayotida 
rivojlanishning  yangi  davri  boshlandi.  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  Osiyo 
mintaqasining  markaziy  qismida  joylashgan  bo‘lib,  respublikada  O‘rta  Osiyo 
aholisining  45  foizi  yashaydi.  O‘zbekiston  qo‘shni  Qozog‘iston,  Qirg‘iziston, 
Tojikiston,  Turkmaniston  va  Afg‘oniston  bilan  chegaralanib  Yevropa  va  Osiyoning 
bir  qator  mamlakatlari  bilan  transport  va  telekommunikatsiya  aloqalari  orqali 
bog‘lanib turuvchi muhim strategik yo‘lak bo‘lib hisoblanadi. 
Jahon iqtisodiyotida kuzatilayotgan o‘zgarishlar va turli salbiy tendensiyalarga 
qaramasdan,  O‘zbekistonda  olib  borilayotgan  samarali  iqtisodiy  siyosat  hamda 
xalqimizning  fidokorona  mehnati  evaziga  juda  katta  ijobiy  natijalar  qo‘lga 
kiritilmoqda, iqtisodiyotimizda jiddiy tarkibiy va sifat o‘zgarishlariga, ya’ni xalqimiz 
turmush  farovonligining  o‘sishiga,  mamlakatimizning  jahon  hamjamiyatidagi  o‘z 
o‘rni  va  mavqeining  tobora  mustahkamlanib  borishi  uchun  barcha  shart-sharoitlar 
yaratib  borilmoqda.  Markaziy  Osiyo  mintaqasi  doirasida  umummintaqaviy  tartibga 
solish ob’ekti bo‘lishi kerak bo‘lgan davlatlararo integratsiya dasturlarini barpo etish 
va amalga oshirishning alohida muhim roli va ustuvor ahamiyatini ajratib ko‘rsatish 
mumkin. Shu o‘rinda tashqi iqtisodiy foliyat yuritishda diversifikatsion tamoyillarga 
ham  e’tibor  qaratish,  mamlakatimizning  kelajakdagi  istiqbolini  va  kutilmagan 
xavflarni  bartaraf  etish,  shuningdek  bunday  xavflar  paydo  bo‘lgan  taqdirda  ulardan 
keladigan salbiy ta’sirlarni maksimal darajada kamaytirish imkonini beradi.  
Diversifikatsiya
 
–  muayyan  to‘plam  tarkibining  turli-tumanligini  ta’minlash 
chora-tadbirlari.  Diversifikatsiya  darajasi  turli-tumanlilik  darajasi  bilan  belgilanadi. 
Diversifikatsiyalashdan  muhim  investitsiya  konsepsiyasi  tariqasida  foydalaniladi.  U 
investitsiya  portfeli  daromadliligini  pasaytirmagan  holda  uning  riskini  pasaytiradi. 
Diversifikatsiyalashdan  olinadigan  eng  yuqori  samara  bir  turdagi  aktiv  qiymatining 
pasayishi  boshqa  turdagi  aktiv  qiymatining  o‘sishi  hisobiga  qoplanishini 
ta’minlaydigan  tarzda  investitsiya  portfeliga  turli  sinflar,  tarmoqlar,  mintaqalar 
aktivlarini  qo‘shish  orqali  erishiladi.  Ya’ni,  tashqi  iqtisodiy  aloqalarni  o‘rnatishda 
quyidagi diversifikatsion tamoyillarga e’tiborni qaratish lozim: 
-  tashqi  iqtisodiy  aloqalarni  iloji  boricha  ko‘proq  va  mintaqaviy  jihatdan 
turlicha bo‘lgan mamlakatlar bilan o‘rnatishga; 
- eksport tarkibini turlicha mahsulotlar tashkil etishiga; 


69 
 
- bir xil turdagi mahsulot yoki xizmatni bir vaqtning o‘zida jahonning turlicha 
qit’alarida joylashgan davlatlarga eksport qilishga; 
-  iqtisodiyot  uchun  zarur  bo‘lgan  import  mahsulotlari  ham  eksport  siyosatida 
amal qiladigan tamoyil sifatida amalga oshirilishiga; 
-jahon  iqtisodiyotiga  integratsiyalashuv  jarayonini  tashkil  etishda  turli 
mamlakatlar tajribasini o‘zimizni sharoitga moslashtirgan holatda amalga oshirishga.  
Markaziy  Osiyo  mintaqasi  mamlakatlari  integratsiyasi  mintaqadagi  kompleks 
ustuvor muammolarni hal etib ushbu mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi 
kuchayishining  muhim  omiliga  aylanadi.  Iqtisodiy  integratsiyaning  xalqaro  tajribasi 
Markaziy  Osiyo  hamdo‘stligi  doirasidagi  integratsiya  jarayonlarida  foydalanish 
imkonini  berdi.  Bu  esa  O‘zbekiston  Respublikasi  iqtisodiyotining  jahon 
hamjamiyatiga integratsiyalashuvida juda muhimdir.  

Download 3,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish