Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти



Download 3,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/258
Sana21.01.2022
Hajmi3,58 Mb.
#394022
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   258
Bog'liq
investitsiya-converted

uchinchidan 
mintaqaviy  integratsiya  erkin  savdo  zonasini,  so‘ngra  bojxona, 
to‘lov va valyuta ittifoqini tashkil etishga doir kompleks chora-tadbirlar sifatida asta-
sekin, izchil amalga oshiriladigan jarayon ekanligini esda tutish zarur, bunda har bir 
bosqichda qatnashchilardan har birining manfaatlari va xulosalari kelishilishi kerak; 
to‘rtinchidan, 
rivojlangan infratuzilmasi (transport, aloqa, gaz, neft quvurlari, 
oziq-ovqat  tashish  va  boshqa  kommunikatsiyalar)  mavjudligi  mintaqaviy 
integratsiyaning  hal  qiluvchi  sharti  hisoblanadi,  ulardan  integratsiya  hamdo‘stligi 
barcha a’zolarining manfaatlari yo‘lida samarali foydalanish zarur. 
Iqtisodiy integratsiyaning asosiy shakllari quyidagilardan iboratdir: 
1. Erkin savdo hududi
, uning doirasida qatnashuvchi mamlakatlar o‘zaro savdo 
to‘siqlarini  bekor  qiladilar,  lekin  ularning  har  ikkalasi  uchinchi  mamlakatlarga 
nisbatan  savdo  to‘siqlarini  buzmaydi.  Bunday  hududda  qatnashuvchi  mamlakatlar 
chegaralaridagi  bojxona  nazorati  saqlab  qolinishi  kerak.  Uning  maqsadi  –  qo‘shni 
qatnashchi mamlakatlarning sustroq bojxona to‘sig‘i orqali uchinchi mamlakatlardan 
hududga  kirib  keluvchi  import  mollar  uchun  soliq  undirish  yoki  uni  ta’kiklashdan 
iborat  (bu  qoida  uchinchi  mamlakatlarga  mol  eksport  qilishga  ham  taalluqlidir). 
Bunga 1960 yillarda tashkil topgan Yevropa erkin savdo uyushmasi (YEESU) misol 
bo‘la  oladi.  Unga  6  mamlakat  birlashgan  bo‘lib,  uning  asosiy  vazifasi  davlatlararo 
erkin  savdoni  yuritishdan  iboratdir.  YEESU  integratsiyaning  quyi  shakli  bo‘lib 
hisoblanadi,  chunki  u  muntazam  kooperatsion  aloqalarni  bildirmaydi.  MDH 
mamlakatlari  o‘rtasidagi  bitim  erkin  savdo  zonasiga  ikkinchi  bir  misoldir. 
O‘zbekiston  erkin  savdo  o‘rtasida  Ozarbayjon,  Armaniston,  Belarussiya, 
Qozog‘iston,  Moldaviya,  Rossiya  va  Ukraina  bilan  shartnomalar  tuzgan.  Bu 
shartnomalarga  binoan  tomonlar  mazkur  mamlakatlardan  chiqariladigan  va  ular 
hududiga  olib  kiritiladigan  tovarlardan bojxona to‘lovi  olmaslik  majburiyatini qabul 
qilgan.  Shu  asosida  O‘zbekiston  shartnoma  tuzilgan  davlatlardan  chiqariladigan  va 
respublika hududiga olib kiriladigan tovarlardan boj olmaydi. 


70 
 
2.  Bojxonalar  ittifoqi
.  Bunda  qatnashchi  mamlakatlar  o‘zaro  savdoda  barcha 
cheklanishlarni bartaraf etibgina qolmay, tashqi savdo to‘siqlarining yagona tizimini 
ta’sis  etadilar.  Bu  bilan  ichki  chegaralarda  bojxona  xizmatini  saqlash  zaruriyatini 
soqit qiladilar. Yevropa ittifoqi (YEI) bojxona ittifoqiga misoldir. Yevropa ittifoqiga 
1958  yilda  asos  solingan  bo‘lib,  1993  yilga  kelib  u  G‘arbiy  Yevropadagi  12 
mamlakatni  birlashtirdi.  Bu  uyushmaninig  asosiy  vazifasi  ishtirokchi  mamlakatlar 
doirasida  resurslar,  tovarlar  va  xizmatlar  harakatini  milliy  chegaradan  xoli  ravishda 
erkin  ko‘chib  yurishini  ta’minlash,  umummiy  bozorni  vujudga  keltirish,  bozor 
vositasida  tovarlarni  davlatlararo  taqsimlab,  aholi  talab-ehtiyojini  qondirishdir.  YEI 
tarzida G‘arbiy Yevropa bojxona ittifoqining tuzilishi savdo integratsiyasi natijalarini 
amaliy baholash imkonini tug‘diradi. Dunyodagi eng atoqli iqtisodchilarning fikricha, 
YEI doirasida bojxona ittifoqi natijasida savdoning o‘sishi ko‘proq bo‘ladi. 
3.  Umumiy  bozor
.  Uning  doirasidagi  qatnashchilar  savdodan  tashqari  ishlab 
chiqarish  omillarining  barchasini  bemalol  ko‘chirish  (ishchi  kuchi  va  sarmoya 
migratsiyasi)  erkinligiga  ham  ega  bo‘ldilar.  Bunga  yana  o‘sha  Yevropa  iqtisodiy 
ittifoqi yoki Yevropa umumiy bozori misol bo‘la oladi. Uning hozirgi rasmiy nomi - 
Yevropa ittifoqidir. 
4.  To‘la  iqtisodiy  ittifoq
.  Bunda  qatnashchi  mamlakatlar  o‘z  iqtisodiy 
siyosatlarini,  shu  jumladan,  pul,  soliq  va  ijtimoiy  siyosatni,  shuningdek,  savdoga 
hamda ishchi kuchi va sarmoya oqimiga taalluqli siyosatni bir xillashtiradi.  
Dunyoda  davlatlarning  necha  o‘nlab  iqtisodiy  birlashmalari  mavjud.  ASEAN 
(Janubiy  Sharqiy  Osiyo)  mamlakatlari  o‘rtasida  kooperatsiya  aloqalari  faol 
rivojlanmoqda.  MDH  mamlakatlari  doirasidagi  iqtisodiy  hamkorlik  ayniqsa, 
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston o‘rtasida tuzilgan Markaziy Osiyo umumiy 
bozorini tashkil etish haqidagi bitimni ham tilga olib o‘tish kerak. Shimoliy Amerika 
iqtisodiy  ittifoqi  (NAFTA)  to‘g‘risidagi  bitimga  katta  umid  bog‘lanmoqda.  Jahonda 
rivojlanayotgan  yosh  mamlakatlarga  xos,  lekin  barqaror  bo‘lmagan  boshqa 
integratsiya 
uyushmalari 
ham 
bor. 
Ularning 
ishtirokchilari 
o‘tmishdagi 
mustamlakalar  bo‘lib,  iqtisodiyoti  bir  yoqlama,  ya’ni  xom  ashyo  etkazishga 
asoslangan,  shu  sababli  bir-birini  to‘ldirib,  yagona  kompleksni  tashkil  eta  olmaydi. 
Integratsion  aloqalarning  paydo  bo‘lishi  jahon  xo‘jaligiga  xos  voqelik,  ammo  ular 
umumiy tus olish uchun hamma mamlakatlarda sharoit muhayyo bo‘lishi kerak. 
 
 

Download 3,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish