J
a
h
o
n
x
o‘
ja
li
gi
ni
i
nteg
ra
ts
io
n
ja
ra
yo
n
lari
n
i
ob’
ekti
v
o
m
il
la
ri
Xo‘jalik xayotining yanada baynalminallashuvi
Xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi
Umumjahon ahamiyatiga ega bo‘lgan ilmiy-texnika inqilobi
Milliy iqtisodiyotda ochiqlik darajasini kuchchayishi va boshqalar
65
chiqarish sohasini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishda muhim rol
o‘ynamoqda. ITI tashqi iqtisodiy aloqalarning ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi
rolini oshishini ta’minlovchi muhim omildir. Xullas, ITIning rivojlanishi u yoki bu
mamlakatda alohida bir ajralgan holda to‘laqonli rivojlanib bora olmaydi.
Jahon xo‘jaligida mamlakatlarning iqtisodiy aloqalarga yanada chuqurroq kirib
borishida milliy davlatlar iqtisodiyotining ochiqlik darajasi muhim rol o‘ynamoqda.
Turli mamlakatlarga tegishli firmalarning kooperatsiyalashuvi natijasida ishlab
chiqarish va investitsiyalar sohasida yirik xalqaro muammolar kelib chiqmoqda.
Milliy davlatlarda ochiq iqtisodiyotning shakllanishida eksportga yo‘naltirilgan ishlab
chiqarishini rag‘batlantirish ishlari bo‘yicha olib borilayotgan tashqi iqtisodiy
strategiyasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunda, albatta xorijiy mamlakatlardan
kapital va ilmiy - texnologiyalar, malakali kadrlarning kirib kelishiga imkon beruvchi
xuquqiy asoslarni yaratilishi ham katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Jahon iqtisodiyotida hozirgi kunda 20 dan ortiq xalqaro iqtisodiy integratsion
birlashmalar (uyushmalar) mavjud. Jahon xo‘jaligining yalpi ichki mahsulotida
(YAIM) tovar aylanmaning 2/3 qismi va investitsiyalarning asosiy qismi ana shu
birlashmalar ulushiga to‘g‘ri keladi. Bunda biz xalqaro iqtisodiy integratsion
markazlar ichida uchtasini (G‘arbiy Yevropa, Shimoliy Amerika, Osiyo - Tinch
okeani mintaqasi kabi integratsion markazlarni) alohida ajratib ko‘rsatishimiz
mumkin. Jahon iqtisodiyotida 50 - yillardan so‘ng G‘arbiy Yevropada ikkita yirik
integratsion guruhni - Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati (YEIH) va Yevropa Erkin
Savdo Assotsiatsiyasini (YEESA) vujudga kelishi natijasida integratsion jarayonlar
ushbu mintaqada katta tezlikda rivojlanib bordi. 90 – yillarning o‘rtalariga kelib
YEIH (1995 yildan boshlab Yevropa Ittifoqi (YEI) deb atala boshlandi) davlatlari
tashkiloti deyarli YEESAni tugashiga sabab bo‘ldi (YEESA o‘z tarkibida Islandiya,
Lixtenshteyn, Norvegiya va Shvesariya davlatlarini saqlab qoldi xalos). Jahon
iqtisodiyotida YEESA o‘zining faoliyatida bojxona ittifoqini (BI) yaratishdan nariga
o‘tmadi, uning tuzilmasi millatlararo yirik zamonaviy tashkilotlar va uyushmalar
bilan mustahkamlanmadi
28
. 1990 yilda YEI va YEESAga a’zo davlatlar Yevropa
iqtisodiy makonini yaratish to‘g‘risida kelishib olishdi. Ushbu makon doirasida
YEESAsi a’zolarining ishlab chiqaruvchilari YEI a’zolari kompaniyalari bilan bir
qatorda
preferensial
(imtiyoz, rag‘batlantirish) bojxona rejimidan foydalanishdi.
Sharqiy Yevropada sobiq sotsialistik rejali davlatlardagi demokratik qayta
qurishlar 1949 yillardan beri mavjud bo‘lib kelgan O‘zaro Iqtisodiy Yordam
Kengashining (O‘IYOK) tarqalib ketishiga sabab bo‘ldi. Sharqiy Yevropa davlatlari
o‘zlarining iqtisodiy yo‘nalishlarini G‘arbiy Yevropa bozorlariga qaratib, yangi
birlashmalarni tashkil etishga intilmoqda. Aytish joizki, 1992 yilda erkin savdo
to‘g‘risida Markaziy Yevropa kelishuvi imzolanib, unga Vengriya, Polsha, Chexiya
va Slovakiya a’zo bo‘lib kirdi. Sobiq SSSR tarkibida bo‘lgan respublikalar (Rossiya,
Ukraina, Belorus, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston) esa 1991-1993
yillarda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) doirasida Iqtisodiy Ittifoqni
shakllantirdi
29
.
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida ahamiyati
jihatidan ikkinchi o‘rinda turuvchi yirik xalqaro iqtisodiy integratsion markaz
28
Tojiyev R.R. Jahon iqtisodiyotida mintaqaviy integratsiya shakllarining qiyosiy tahlili. “Iqtisodiyot va innovatsion
texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 2, mart-aprel, 2016 yil
29
O‘sha yerda
66
Shimoliy Amerika hududi hisoblanadi. Ushbu hududda 1994 yilning 1 yanvaridan
Shimoliy Amerika Erkin Savdo Assotsiatsiyasi (NAFTA tashkiloti) kuchga kirdi.
Ushbu mintaqaviy tashkilot o‘z tarkibiga AQSH, Kanada va Meksika davlatlarini
birlashtirgan. NAFTA davlatlari kelishuvida asosan tovar va xizmatlar savdosida
cheklashlarni olib tashlash, savdo-iqtisodiy munosabatlarda ro‘y berib turgan
kelishmovchiliklarni hal etish mexanizmlarini ishlab chiqish, bir-biriga nisbatan
investitsion muhitni erkinlashtirish masalalari nazarda tutilgan. NAFTAning YEIga
nisbatan o‘ziga xos rivojlanish xususiyati integratsion jarayonlarning simmetrik
emasligidir. Kanada va Meksika davlatlari integratsiyalashuv jarayonida AQShga
o‘zaro iqtisodiy bog‘liqdir.
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida uchunchi
integratsion markaz Osiyo Tinch okeani mintaqasi hisoblanadi. Ushbu markaz
boshqa iqtisodiy integratsion markazlarga nisbatan hududi, aholisi va resurslarining
miqdori bo‘yicha ancha ustundir. Biroq, integratsiyalashuv yo‘lida Osiyo – Tinch
okeani mintaqasida juda ko‘p to‘siqlar (iqtisodiy rivojlanish darajasidagi keskin
tafovutlar, etnik va madaniy farqlar, siyosiy davolar, hududiy to‘qnashuvlar va
boshqalar) mavjud. Osiyo-Tinch okeani mintaqasida bir necha yirik subhududiy
iqtisodiy guruhlar Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari Assotsiatsiyasi ASEAN, Janubiy
Xitoy forumi, Avstraliya va Yangi Zelandiya erkin savdo hududi, Shanxay guruhi
davlatlari xalqaro iqtisodiy uyushmasi va boshqalar mavjud bo‘lib, ular okean
sohillarida joylashgan davlatlarning umumiy tashkilotlarini shakllanishiga xalaqit
bermoqda.
Osiyo Tinch okeani mintaqasi davlatlarining iqtisodiy hamkorligi tashkiloti
1989 yilda tashkil topdi. Ushbu tashkilot turli darajada iqtisodiy rivojlangan va
xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida turli mavqeilarga ega bo‘lgan 20 dan ortiq
davlatni o‘z tarkibiga birlashtirgan. 1995 yilda bu tashkilotning Osaka shahrida
ma’qullagan harakat Dasturi 2010-2020 yillargacha savdo va investitsiyalashni Jahon
savdo tashkiloti (JST) standart talablariga muvofiq erkinlashtirishga yo‘naltirilgan.
Xullas, hozirgi kunda ushbu integratsion guruh rivojlanish yo‘lining eng yuqori
cho‘qqisida turibdi. Muvofiqlashtiruvchi hujjatlar ushbu tashkilotda mavjud bo‘lsada,
unga a’zo mamlakatlar bojxona tariflari, transport va boshqa sohalardagi
muammolarni hal etish uchun ko‘p tadbiriy ishlarni amalga oshirishlari lozim.
Jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvni belgilovchi omillar. Birlashish
jarayonlari barqaror iqtisodiy o‘zaro aloqalarning o‘sishi jarayonini (birinchi
navbatda xalqaro mehnat taqsimoti asosidagi) hamda ishlab chiqarishning milliy
xo‘jalik doirasidan chiqishini taqozo etadi. Birlashish jarayonining rivojlanishida
transmilliy korporatsiyalar (TMK) faol ravishda xizmat ko‘rsatmoqdalar.
Integratsion jarayonlarning o‘sishiga sabab bo‘luvchi boshqa omillar xalqaro
mehnat taqsimoti tuzilishining chuqurroq siljib borishidir (birinchi navbatda, ilmiy-
texnika tarraqqiyoti ta’sirida). “Xalqaro mehnat taqsimoti” atamasi, bir tarafdan,
odatdagidek,
millatlararo
ishlab
chiqarish
majburiyatlariga
ko‘ra, ayrim
mamlakatlarning belgilangan turdagi mahsulotni chiqarishga ixtisoslashishini,
taqsimlash jarayonini nazarda tutadi. Boshqa tarafdan esa, ishlab chiqarish
majburiyatlari rejali tarzda ichkarida va firmalar o‘rtasida taqsim qilinadi. Ichki soha
ixtisosligi keng ko‘lam topmoqda.
Ilmiy-texnik tarraqqiyotning hozirgi bosqichi integratsion jarayonlarni turli
mamlakatlarda ITT tarqalishi notekis bo‘lgan taqdirda ham bozorni, ham ishlab
67
chiqarishni sifatli yangi darajaga olib kelmoqda, turli mamlakatlarda ITT mustaqil
omil bo‘lib, hozirgi zamon ijtimoiy ishlab chiqarishidagi tashqi iqtisodiy aloqalarda
katta rol o‘ynaydi. U yoki bu mamlakatdagi fan va texnikaning rivojlanish
muvaffaqiyatlarini davlatlararo aloqalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Turli
mamlakatlarning firmalari o‘rtasida kooperatsiya asosida tashkil etilishning shiddat
bilan rivojlanishi ulkan xalqaro ishlab chiqarish-investitsiya komplekslarini barpo
etishga olib keladi, bularni tashkil etishga ko‘pincha TNK boshchilik qiladi. Ular
uchun firma ichidagi mehnat taqsimoti milliy chegaradan chiqib, xalqaro miqyosga
aylangan. Xuddi shu asosda ochiq milliy iqtisodiyot darajasi oshadi. Ochiq
iqtisodiyot mamlakatlarning xo‘jaliklararo aloqalariga to‘la kirib borishi asosida
shakllanadi. Rivojlangan mamlakatlarda ochiq iqtisodiyotni barpo etishda
mamlakatlarning tashqi iqtisodiy strategiyasi katta rol o‘ynagan holda, eksport ishlab
chiqarishni rag‘batlantiradi, kooperatsiyalarning chet el firmalari bilan ishlashiga
ko‘maklashadi va huquqiy asos tashkil etib, chetdan mablag‘, texnologiya, malakali
kadrlar kirib kelishiga yo‘l ochib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |