1 – savol bayoni.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya uzoq davom etadigan koʻp
bosqichli jarayon boʻlib, turli shakllarda yuz beradi. Birinchi bosqichda turli
mamlakatlar oʻrtasida erkin savdo-sotiq olib boriladigan, bojxona toʻlovlari, eksport
kvotalari bekor qilingan erkin savdo zonalari tashkil etiladi. Natijada davlatlararo
tovar ayirboshlashda integratsiyalashuv yuz beradi.
Ikkinchi bosqichda erkin iqtisodiy zonalar shakllanib, bu yerda ham bir necha
mamlakatlar birlashadi. Bu bosqichda integratsion aloqalar savdo-sotiq bilan
cheklanmasdan sanoat, bank, sugʻurta ishi va texnologiya sohasida ham yuz beradi.
Bu zonalar ochiq iqtisodiy hududlar hisoblanadi, iqtisodiy aloqalar erkin va koʻp
qirrali boʻlib, barcha iqtisodiyot subyektlari imtiyozlarga ega boʻladilar.
Uchinchi bosqichda umumiy bozor shakllanadi. Umumiy bozorni tashkil etgan
mamlakatlarning milliy bozorlari bir-biri uchun ochiq boʻladi, amalda milliy bozorlar
birlashib, mamlakatlararo umumiy bozor vujudga keladi. Bu bozorda barcha tovarlar
erkin, hech bir cheklovlarsiz koʻchib yuradi. Ish kuchi, kapital va tovarlar bir
mamlakatdan boshqasiga oʻtadi, qaysi mamlakatda resursni ishlatish qulay boʻlsa, u
shu yerga borib joylasha oladi. Umumiy bozorda iqtisodiy chegaralar amalda bekor
qilinadi, bojxona toʻlovlari, eksport kvotalari, tovar sifatiga talab minimal darajaga
keltiriladi. Umumiy bozor dastlab 1957-yildan Yevropada shakllangan.
Toʻrtinchi bosqichda iqtisodiy va valyuta ittifoqi doirasida integratsiya yuz
beradi. Bu yerda integratsion aloqalar savdo-sotiq va ishlab chiqarish bilan
cheklanmay, moliya, pul muomalasi va bank tizimiga ham kirib boradi. Yevropa
Ittifoqiga kirgan 15 mamlakatdan 12 tasida 2000—2001 yillarda umumiy pul —
yevro muomalaga kiritildi, milliy pullar muomaladan asta-sekin chiqarildi, yagona
soliq tizimi joriy etildi, milliy byudjetlar saqlangan holda yagona, umumiy byudjet
ham tuziladigan boʻldi.
21-asr boshlaridagi integratsiyaning eng yuqori shakli boʻlgan iqtisodiy va
valyuta ittifoqi mamlakatlar iqtisodiyotini yuksak darajada birlashtiradi, iqtisodiy
umumiylikka ustuvorlik beradi, ammo ayrim mamlakatlar mustaqilligini maʼlum
darajada cheklaydi.
Iqtisodiy integratsiya – turli korxona va tarmoqlarning, shuningdek,
mamlakatlarning ishlab chiqarish sohasida bir-biriga yaqinlashuvi, ular oʻrtasida
uzviy iqtisodiy aloqalar oʻnatilishi, mamlakatlararo yagona umumiy xoʻjalikning
shakllanishi jarayoni. Iqtisodiy integratsiya butun bir mamlakatlar milliy xoʻjaliklari
darajasida, shuningdek, korxonalar, firmalar, kompaniyalar, korporatsiyalar
63
darajasida ham kuzatiladi. Iqtisodiy integratsiya ishlab chiqarish texnologik
aloqalarning kengayishi va chuqurlashuvida, resurslardan hamkorlikda foydalanish,
kapitallarni birlashtirishda hamda iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish jarayonida
birbiriga qulay sharoitlarni yaratishda, oʻzaro toʻsiklarni olib tashlashda namoyon
boʻladi. Iqtisodiy integratsiya asosida mehnat taqsimoti yotadi. Mehnat taqsimoti
tufayli ayrim mahsulotlar emas, balki detallar ham ixtisoslashgan korxona va
tarmoqlarda ishlab chiqariladi. Shu tariqa korxona va tarmoqlar oʻzaro yaqin va
muntazam iqtisodiy aloqa bogʻlaydi. Avvalo, korxonalar oʻrtasida iqtisodiy
integratsiya yuz beradi va ularning birlashmasi vujudga keladi, soʻngra iqtisodiy
integratsiya tarmoqlararo miqyosda yuz berib, yirik i.ch. majmualari paydo boʻladi.
Bir tarmoq doirasida gorizontal integratsiya, tarmoqlararo esa vertikal iqtisodiy
integratsiya yuz beradi. Vertikal iqtisodiy integratsiyaga agrosanoat majmui misol
boʻladi, u qishloq xo’jaligi, oziq-ovqat, qishloq xo’jaligi mashinasozligi, kimyo
sanoati va boshqalarni oʻz ichiga oladi. Mehnat taqsimoti xalqaro miqyosda amalga
oshishi bilan xoʻjalik hayoti baynalmilallashadi, moddiy mahsulot yaratishda turli
mamlakatlarda korxona va tarmoklar qatnasha boradi, binobarin, mamlakatlararo
iqtisodiy integratsiya yuzaga keladi, buning natijasida mamlakatlar iqtisodiyotida
ixtisoslashish yuz beradi va mamlakatlar bir-birlariga mahsulotlar va xizmatlar
yetkazib beradi. Shu sababli hozirgi davrda xalqaro iqtisodiy integratsiya eng yuqori
darajadagi va yetakchi integratsiya koʻrinishi hisoblanadi. Hozirgi kunda integratsion
jarayonlar to‘g‘risida mutaxassislar orasida yagona qarashlar konsepsiyasi mavjud
emas.
Bir guruh iqtisodchi olimlar integratsiyani jahon mamlakatlari o‘rtasida yangi
tovarlar oqimini shakllantirish orqali "resurslar cheklanganligi" muammosini bartaraf
etish yo‘li deb talqin etishsa bu orqali jahon mamlakatlarida nisbatan serharajat
tovarlar ishlab chiqarishga chek qo‘yilib, texnologik ayirboshlashni kengaytirish
imkoniyatini beradi, ya’ni, NIOKRga harajatlarni kamaytirish imkonini beradi,
boshqa bir guruh olimlar integratsiyani talab etuvchi dastlabki turtki sifatida
noiqtisodiy omillarni ilgari suradi. Masalan, mamlakat mudofaa qobiliyatini
mustahkamlash va boshqalar. Uchinchi bir guruh iqtisodchilar esa integratsiya bu
ishlab chiqarishni barqaror o‘sishi, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy barqarorlik kabi
maqsadlarga yengilroq va tezroq erishish imkoniyatini beradi deb hisoblashadi.
Xullas, u yoki bu nazariy yondashuvlarni umumlashtirgan holda shuni qayd etib
o‘tishimiz mumkinki, integratsiya – bu hududiy miqyosda sifat jihatdan yangi
iqtisodiy muhitni yaratish yo‘li orqali milliy xo‘jalik komplekslarining o‘zaro
yaqinlashishi va bir-biriga kirib borishi jarayonidir.
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida integratsion
jarayonlar asosan ikki ko‘rinishda (mikro – transmilliy korporatsiyalarning tashkil
etilishi orqali, makro – iqtisodiy siyosatni davlatlararo muvofiqlashtirish siyosati
orqali) amalga oshiriladi.
Mikro miqyosdagi integratsion jarayonlar bir-biriga hududiy jihatdan yaqin
joylashgan mamlakatlarning xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning kapitallarini o‘zaro
ta’sir doirasi orqali amalga oshiriladi. Ya’ni, ushbu davlatlar o‘rtasida integratsion
jarayonlar iqtisodiy bitimlar tizimining shakllanishi, kichik shahobchalar, sho‘’ba
korxonalar tashkil etilishi orqali yuz beradi. Tashkil topgan korxona va firmalar
o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy aloqalarning tez rivojlanishi tovar almashuvini, xizmat
sohalarini, kapital va ishchi kuchining mamlakatlararo erkin harakatini ta’minlashga,
64
ijtimoiy – iqtisodiy va ilmiy-texnologik, tashqi iqtisodiy va mudofaa, moliyaviy va
valyuta sohasida yagona siyosatni o‘tkazish zaruriyati tug‘iladi. Yagona valyuta va
moliyaviy fondlar, infratuzilmalar va umumiy davlatlararo boshqaruv organlariga ega
bo‘lgan iqtisodiy majmualar yaratiladi. Iqtisodiyot globallashuvini rivojlantirishni ilk
bosqichida sayyoramizning barcha qit’alarida integratsion jarayonlarning turli
shakllarini ko‘rishimiz mumkin.
Xo‘jalik hayotida integratsiyalashuv jarayonlari kundan – kunga chuqurlashib
bormoqda. Integratsiyalashuv jarayonlari jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy
munosabatlar tizimida xalqaro savdo sohasidan tortib ilmiy – axborot, tovar
ayiraboshlashgacha bo‘lgan turli ko‘rinishlarini bir-biriga qo‘shilib borishini nazarda
tutadi. Jahon xo‘jaligida globallashuvi sharoitida iqtisodiy integratsion jarayonlarning
asosida bir qator ob’ektiv omillar yotadi (5.1 – rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |