3 – savol bayoni.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida lizing xizmati
korxonalarning ishlab chiqarish quvvatini modernizatsiya qilish, xususiy
tadbirkorlikni kengaytirish va buning natijasida raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab
chiqarishga investitsiya kiritishning samarali mexanizmi sifatida tobora rivojlanib
bormoqda. O‘zbekiston Respublikasining “Lizing to‘g‘risida”gi qonuniga asosan
iste’mol qilinmaydigan, tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan har qanday
ashyolar lizing ob’ekti bo‘lishi mumkin, yer uchastkalari va boshqa tabiat ob’ektlari
bundan mustasno. Kelajakda lizing oluvchiga lizing bo‘yicha topshirish maqsadida
mol-mulkni o‘ziga mulk qilib oluvchi shaxs lizing beruvchi deb tan olinadi. Egalik
qilish va foydalanish uchun lizing ob’ektini oladigan shaxs lizing oluvchi deb
hisoblanadi. Lizing beruvchi lizing ob’ektini kimdan olayotgan bo‘lsa, shu shaxs
sotuvchi deb e’tirof etiladi. Lizing beruvchi mol-mulkni bo‘lajak foydalanuvchidan
sotib olgan taqdirda yoxud lizing beruvchi kelajakda mol-mulkni sotuvchiga lizing
bo‘yicha topshirish uchun undan shu mol-mulkni sotib olish maqsadida uni mablag‘
bilan ta’minlagan taqdirda bir shaxsning o‘zi ham lizing oluvchi, ham sotuvchi
bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Lizing xizmatlari yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlarga lizingga beruvchilar tomonidan lizing mol-mulkini sotib olish uchun
moliyalashtirilgan mablag‘larning to‘lanishi muddatliligi ta’minlanganligi va
qaytarilishi shartlarida taqdim etiladi. Lizingda taraflar roziligiga ko‘ra qonunlarda
belgilangan me’yorlarda lizing ob’ektini jadal amortizatsiya qilinishini qo‘llashga
ruhsat etiladi. Lizing shartnomasiga bog‘liq ravishda sarflangan mablag‘lar
qaytarilishining kafolati sifatida lizingga oluvchidan garov ta’minoti, bank kafolati
yoki uchinchi shaxs kafilligi ko‘rinishidagi ta’minlash berilishini hamda kafilning
moliyaviy ahvoli to‘g‘risidagi moliyaviy hujjatlarni ham taqdim etilishi talab etiladi.
Lizingga oluvchi lizing buyicha olingan (olinayotgan) mol-mulkni yong‘in, bo‘ron,
dovul, jala, portlash, ko‘chki, tuprokni cho‘kishi, yemirilishi, sel, yashin urishi,
zilzila, yo‘l-transport xodisalari, o‘g‘rilik, olib kochish, bosqinchilik, uchinchi shaxs
tomonidan ataylab kilingan xatti-harakat natijasida shikastlanish va yo‘qotish bilan
bog‘liq bo‘lgan tarzdagi har kanday yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarardan lizingga
beruvchi foydasiga sug‘urtalashni amalga oshiradi va sug‘urta polisini lizingga
beruvchiga takdim etadi. Lizingni amalga oshirish quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:
-
mol-mulkni lizingga olish bo‘yicha lizingga oluvchi tomonidan lizingga
beruvchiga lizing obektining rusumi, soni va sotuvchi (ishlab chiqaruvchi)sini
qursatgan xolda buyurtma xat bilan murojaat qilinishi;
-
lizingga oluvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida uning tulov
qobiliyatini o‘rganilishi va lizingning butun muddati uchun lizing tulovlarining
qoplanishi prognozini ko‘rsatuvchi biznes-reja, loyihasini ekspertizadan o‘tkazilishi
hamda natijasi buyicha Ekspert xulosasining chiqarilishi;
-
chiqarilgan Ekspert hulosasining ko‘rib chiqilishi va mol-mulkni lizingga
berish, berishni rad etish masalasida yakuniy qaror qabul qilinishi;
-
Ekspert kengashi yig‘lishida mol-mulkni lizingga berishni rad etish to‘g‘risida
qaror qabul qilingan taqdirda, bu xaqda Buyurtma bergan xo‘jalikka sababi
qo‘rsatilgan holda xabarnoma yuborilishi;
208
-
Ekspert kengashi yig‘ilishida ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, lizingga
oluvchi va lizingga beruvchi o‘rtasida lizing shartnomasini tuzilishi;
-
lizing ob’ekti uchun lizingga beruvchi va sotuvchi o‘rtasida oldi-sotdi
shartnomasini tuzilishi;
-
lizingga oluvchi tomonidan lizing ob’ektini sug‘urtalashni amalga oshirilishi va
sug‘urta polisini lizingga beruvchiga taqdim etilishi;
-
lizingga oluvchi tomonidan lizingga beruvchiga ta’minot (garov, bank qafolati
yoki uchinchi shaxs qafilligi shartnomasi) taqdim etilishi;
-
lizing shartnomasida belgilangan miqdordagi avans to‘lovlarini lizingga
oluvchi tomonidan to‘lab berilishi;
-
lizingga beruvchi tomonidan qarz (yoki qredit) mablag‘larini shartnoma
asosida lizing loyihasiga jalb etilishi;
-
oldi-sotdi va lizing shartnomalarida nazarda tutilgan muddatlarda, lizing
ob’ektini o‘rnatilgan tartibda sotuvchidan lizingga beruvchiga va lizingga
beruvchidan lizingga oluvchiga rasmiylashtirib berilishi;
-
lizing shartnomasida nazarda tutilgan tartibda lizingga oluvchi tomonidan
lizing ob’ektini davlat ro‘yxatidan o‘tqazilishi hamda yagona nomer belgisi, texnik
pasport va texnik talonni olinishi;
-
lizingga beruvchi va sotuvchi ortasida oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha yaruniy
hisob-kitoblarni amalga oshirilishi;
-
lizingga oluvchi tomonidan lizing shartnomasida belgilangan muddatlarda va
miqdorlarda lizing to‘lovlarini to‘lanishi;
-
lizing shartnomasida nazarda tutilgan tartibda lizingga beruvchi tomonidan
lizingga oluvchining lizing ob’ektidan qanday sharoitlarda va maqsadli
foydalanilayotganligini texnik monitoringdan o‘tkazilishi;
-
lizingga oluvchi tomonidan barcha lizing to‘lovlari (va lizingga beruvchining
lizing shartnomasi bo‘yicha qilgan harajatlari)ni to‘liq to‘lab lizing ob’ektini sotib
olinishi va lizing ob’ektiga bo‘lgan mulq xuquqining tomonlar o‘rtasida
rasmiypashtirilgan “Dalolatnoma” asosida lizingga beruvchidan lizingga oluvchiga
o‘tishi.
Taraflar o‘rtasida lizing shartnomasi tuzilgandan so‘ng, lizingga oluvchi
tomonidan sug‘urta tashkiloti bilan lizingga olinayotgan ob’ektni sug‘urtalash
bo‘yicha sug‘urta shartnomasi tuzilib, ichida lizingni butun muddati uchun lizing
shartnomasida belgilangan muddatda
(masalan, 10 kunlik) sug‘urta polisi olib
lizingga beruvchiga takdim etiladi. Lizingga beruvchi tomonidan sotuvchidan lizing
ob’ekti mulk kilib sotib olinadi va lizing shartnomasida belgilangan shartlarda haq
evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizingga oluvchiga o‘rnatilgan tartibda
rasmiylashtirilib berilganidan keyin lizing operatsiyasi amalga oshirilgan hisoblanadi.
Lizingga beruvchi tomonidan har bir lizingga oluvchi nomiga alohida hujjatlar
yig‘ma jildi tuziladi va unda lizingga oluvchining quyidagi hujjatlari jamlanadi:
-
Lizingga oluvchining Buyurtma xati;
-
Yuridik shaxsning davlat statistika organlaridan ruyxatdan o‘tganligi haqidagi
guvohnomasi nusxasi;
-
Oxirigi hisobot sanasiga hududiy soliq inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan
buxgalteriya balansi (balansdagi 2-shakl, byudjetga to‘lovlar, debitorlik va kreditorlik
qarzlari haqidagi ma’lumotnoma bilan birga);
209
-
Lizingning butun muddati uchun lizing to‘lovlarining koplanishi prognozini
ko‘rsatuvchi Biznes-reja;
-
Lizingga oluvchining ''Biznes rejasi"da bankdan olingan maksadli kreditlardan
lizing to‘lovlarini to‘lash uchun yo‘naltirilishi mumkinligni nazarda tutilgan bo‘limi
(beti)dan ko‘chirma (lizingga oluvchining imzosi va muxri bilan tasdiklangan xolda).
Lizingga beruvchi lizingga oluvchining lizing ob’ektidan kanday sharoitlarda
foydalanayotganligini va uni belgilangan maqsadga muvofiq ishlatayotganligini
lizing shartnomasi shartlariga hamda qonun hujjatlari talablariga muvofiq nazorat
qilishga haqlidir. Nazorat sifatida lizing ob’ekti, lizingga beruvchining vakolatli
vakili yoki lizingga beruvchi tomonidan berilgan vakolatli shaxslar tomonidan texnik
monitoringdan o‘tkaziladi. Texnik monitoring davomida quyidagilar aniqlanadi:
- lizing ob’ektining texnik holati (butligi, sozligi) va lizingga oluvchi
tomonidan
lizingga
beruvchining
ruxsatisiz
uchinchi
shaxslarga
berib
yuborilmaganligi;
- lizingga oluvchining lizing ob’ektidan uning o‘z belgilangan vazifasiga va
ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan belgilab qo‘yilgan texnik talablar me’yorlari
doirasida foydalanilayotganligi;
- belgilangan muddatlarda lizing ob’ektiga texnik servis xizmatlari yoki kapital
ta’mirlash amalga oshirilayotganligi;
- lizing ob’ektining konstruksiyasiga vakolatli organ yoki lizingga
beruvchining ruxsatisiz texnik o‘zgartirishlar kiritilmaganligi;
-
lizing ob’ektidan jadal yemirilishga olib keladigan darajada
foydalanilmayotganligi;
-
lizing
ob’ektidan
moto-hisoblagichni
ataylab
buzgan
holda
foydalanilmayotganligi;
- lizing ob’ektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi va yagona nomer belgisini
olinganligi, agar ushbu rusumdagi texnikalar uchun ro‘yxatdan o‘tkazish va yagona
nomer belgisini olish amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan bo‘lsa;
- lizing ob’ektiga texnik servis xizmatlarini ko‘rsatilishi bo‘yicha respublika
qishloq xo‘jaligi mashinasozligi zavodlarining hududiy (yoki boshqa ta’mirlash)
korxonalari bilan tegishlicha shartnomalarning tuzilganligi, agar ularni tuzish
shartligi lizing shartnomasida nazarda tutilgan bo‘lsa;
- lizing ob’ektini o‘rnatilgan talablar darajasida saqlanayotganligi, agar u
saqlovga qo‘yilgan bo‘lsa;
- lizingga oluvchi tomonidan lizing ob’ektini tegishlicha boshqarish huquqini
beruvchi guvohnomaga ega bo‘lgan shaxsga boshqaruvga berilganligi;
- lizingga oluvchi tomonidan lizing ob’ekti uchun lizing shartnomasida
belgilangan muddatlarda va miqdorlarda lizing to‘lovlarining to‘lanayotganligi.
Lizing shartnomasida taraflarning kelishuviga muvofik texnik monitoring
predmetining boshka yunalishlari ham nazarda tutilishi mumkin.
Lizing to‘lovlarining summasi lizingga beruvchining lizing ob’ektini sotib
olish uchun qilgan harajatlarining hammasi, lizingga beruvchining daromadi,
shuningdek, agar lizing shartnomasida nazarda tutilgan bo‘lsa, lizing ob’ektini
yetkazib berish, belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni yaroqli holga keltirish,
ro‘yxatdan o‘tkazish, texnik servis ko‘rsatish, ta’mirlash bilan bog‘liq bo‘lgan
lizingga beruvchining boshqa harajatlaridan iborat bo‘ladi. Lizing to‘lovlari
shartnomaning butun amal qilish muddatiga taqsimlanadi va bo‘lib-bo‘lib to‘lanadi.
210
Lizing to‘lovlarining miqdorlari va davriyligi lizing shartnomasi bilan belgilanadi.
Lizing to‘lovlari lizingga oluvchi tomonidan lizing shartnomasida ko‘rsatilgan to‘lov
jadvali asosida to‘lanadi. To‘lov jadvali lizing shartnomasining ajralmas tarkibiy
qismi bo‘lib hisoblanadi. Lizing to‘lovlari lizingga oluvchining o‘z xohishiga qarab,
to‘liq yoki qisman shartnomada belgilangan muddatlardan oldin ham to‘lanishi
mumkin. Lizing to‘lovi pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirilganda lizingga oluvchi
lizing to‘lovini amortizatsiya ajratmalari, foizlar, komission va qo‘shimcha
to‘lovlarga alohida ajratib ko‘rsatish orqali aniqlashtirib beradi. Lizingga oluvchi
tomonidan lizing shartnomasining amal qilish muddati tugagunga qadar barcha lizing
to‘lovlari lizingga beruvchining lizing shartnomasi muddati tugagunga qadar qolgan
davrda oladigan daromadi chegirib tashlangan holda to‘langan taqdirda, agar lizing
shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, lizing ob’ektiga bo‘lgan
mulk huquqi lizingga oluvchiga o‘tadi.
Shunday qilib, lizing O‘zbekistonda iqtisodiy rivojlanishning muhim moliyaviy
vositasi hisoblanar ekan, uning ko‘magida korxonalarning, ayniqsa kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining investitsiya imkoniyatlari ancha kengayadi va
yangi sifat pog‘onasiga ko‘tariladi. Amaldagi lizing sohasiga oid qonunchilikda,
buxgalteriya hisobotlari, bojxona tadbirlari va me’yoriy hujjatlarda ba’zi noaniqlik va
ziddiyatlar mavjudligiga qaramay, lizing munosabatlarining rivojlanish dinamikasida
ijobiy tendensiyalar kuzatilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |