Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти



Download 3,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/258
Sana21.01.2022
Hajmi3,58 Mb.
#394022
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   258
Bog'liq
investitsiya-converted

Bevosita  lizing
.  Bunda  lizing  kompaniyasi  mijoz  uchun  uning  buyurtmasi 
asosida  mashina  va  uskunalarni  ularni  ishlab  chiqarayotgan  korxonalardan  sotib 
oladi. 
Qaytariladigan  lizing
  deganda  lizingga  beruvchi  kompaniya  boshqa  bir 
tashkilot  (lizingga  oluvchi)dan  mulkni  sotib  olib,  uni  qaytadan  lizing  shartnomasi 
asosida  shu  tashkilotning  o‘ziga  (lizingga  oluvchiga)  ijaraga  beradi.  Qaytariladigan 
lizing  o‘ziga  xos  lizing  turi  bo‘lib,  unda  lizing  mulkining  sotuvchisi  bir  vaqtning 
o‘zida  lizingga  oluvchi  bo‘lib  hisoblanadi.  Bu  jarayonda  lizingga  beruvchi  va 
lizingga oluvchi (sotuvchi) o‘rtasida bir vaqtning o‘zida ham oldi-sotdi shartnomasi, 
ham  moliyaviy  ijara  shartnomalari  tuziladi.  Bu  shartnomalar  tuzilganidan  so‘ng 
mulkka  egalik  qilish  huquqi  lizingga  beruvchiga  o‘tsada,  mulk  (endi  lizing  ob’ekti) 
lizingga oluvchi ixtiyorida qoldiriladi.  Shartnomaning amal qilish muddati davomida 
lizingga  oluvchi    lizingga  beruvchiga  har  oy  lizing  to‘lovlarini  to‘lab  boradi. 
Shartnoma  muddati  tugashi  bilan  lizing  ob’ekti  yana  lizingga  oluvchi  egaligiga 
o‘tadi.  Agar  lizingga  oluvchi  shartnomada  belgilangan  shartlarga  rioya  qilmasa, 
lizingga beruvchi shartnomani bekor qilib, lizing ob’ektini o‘z egaligida saqlab qolish 
huquqiga ega bo‘ladi.  
Ijaraga  berilayotgan  mulkka  nisbatan  lizing  kuyidagi  turlarga  bo‘linadi:  sof 
lizing.  Bunda  ijaraga  berilayotgan  mulk  va  ularni  ishlatishga  sarflanadigan  barcha 
qo‘shimcha  harajatlar  ijarachi  zimmasiga  yuklatiladi;  to‘liq  lizing
.
  Bu  lizing  turiga 
binoan  ijaraga  berilayotgan  mashina  va  uskunalarga  texnik  xizmat  ko‘rsatish  bilan 
bog‘liq barcha sarf-harajatlar lizing kompaniyasi zimmasiga tushadi. 
Qarzdor  va  qarz  beruvchilar  o‘rtasidagi  o‘zaro  munosabatlarni  tashkil  etish 
xususiyatlari  bo‘yicha  lizingning:  mulkni  ishlab  chikaruvchi  (tayyorlovchi)  yoki 
egalik  kiluvchi  lizing  beruvchi  sifatida  –  bevosita  lizing;  uchinchi  shaxs  ishtirokida 
amalga oshiriladigan – bilvosita turlarga ajratish mumkin. 
Moliyalashtirish  usuliga  ko‘ra:  bir  martalik  lizingni  amalga  oshirish  –  muddatli 
lizing;  lizing  shartnomasi  kelishuvining  birinchi  muddati  tugaganidan  keyin  davom 
etadigan – qayta tiklanadigan (revolverli) lizing turlari mavjud. 
Ko‘pgina  hollarda  lizing  bevosita  emas,  balki  vositachi  orqali  amalga 
oshiriladi. Asosiy lizing beruvchi lizing to‘lovini olish huquqi bo‘yicha imtiyozga ega 
bo‘ladi. Shartnomada, ko‘pincha, agar uchinchi shaxs (vositachi) bankrotlik holatiga 
uchrasa, lizing to‘lovi bevosita lizing beruvchiga to‘lanishi kelishib olinadi. Bunday 
lizing turi “sublizing” deb nomlanadi. 
2017-2021  yillarda  O‘zbekiston  Respublikasini  yanada  rivojlantirishning 
beshta  ustuvor  yo‘nalishi  bo‘yicha  qabul  qilingan  Harakatlar  strategiyasining 
uchinchi  ustuvor  yo‘nalishida  milliy  iqtisodiyotni  modernizatsiyalash  hamda 
makroiqtisodiy  barqarorlikni  yanada  mustahkamlash  va  yuqori  o‘sish  sur’atlarini 
saqlab  qolish  bo‘yicha  moliyaviy  xizmatlar  hajmini  kengaytirish  dolzarb 
masalalardan biri sifatida belgilandi. Shunday ekan, moliyaviy xizmat turlaridan biri 
sifatida  lizing  xizmatini  rivojlantirishga  alohida  e’tibor  qaratish,  uni  amalga 
oshirishning huquqiy asoslarini mustahkamlash muhim ahamiyatga ega.  
O‘zbekiston  Respublikasida  lizing  munosabatlari  1996  yilda  qabul  qilingan 
Fuqarolik  kodeksining  587-599-moddalari  hamda  1999  yil  14  apreldagi  “Lizing 
to‘g‘risida”gi  qonun  normalari  bilan  huquqiy  tartibga  solinadi.  O‘zbekiston 
Respublikasi Fuqarolik kodeksida ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari 
va  burchlarini  vujudga  keltirish,  o‘zgartirish  yoki  bekor  qilish  haqidagi  kelishuvi 


205 
 
shartnoma  deb  e’tirof  etiladi.  O‘zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  587-
moddasida  lizing  shartnomasining  tushunchasi  berilgan  bo‘lib,  unga  ko‘ra  “Lizing 
beruvchi (ijaraga beruvchi) bir taraf lizing oluvchi (ijaraga oluvchi) ikkinchi tarafning 
topshirig‘iga binoan sotuvchi uchunchi  taraf  bilan undan lizing oluvchi uchun  mol-
mulk sotib olish haqida kelishish majburiyatini oladi, lizing oluvchi esa buning uchun 
lizing  beruvchiga  lizing  to‘lovlarini  to‘lash  majburiyatini  oladi”  deb  belgilangan. 
Lizing  munosabatlarini  tartibga  soluvchi  eng  muhim  hujjatlardan  biri  O‘zbekiston 
Respublikasining  “Lizing  to‘g‘risida”gi  qonuni  bo‘lib,  u  25  moddadan  iborat. 
Qonunda lizingga quyidagicha ta’rif berilgan: “Lizing – moliyaviy ijaraning alohida 
turi  bo‘lib,  unda  bir  taraf  (lizing  beruvchi)  ikkinchi  tarafning  (lizing  oluvchining) 
topshirig‘iga  binoan  uchinchi  tarafdan  (sotuvchidan)  lizing  shartnomasida 
shartlashilgan mol-mulkni (lizing ob’ektini) mulk qilib oladi va uni lizing oluvchiga 
shu  shartnomada  belgilangan  shartlarda  haq  evaziga  egalik  qilish  va  foydalanish 
uchun o‘n ikki oydan ortiq muddatga beradi”.  
Qonunda  lizing  munosabatlarining  ishtirokchilari  (lizing  sub’ekti),  ob’ekti, 
shakllari,  lizing  shartnomasi,  uning  o‘ziga  xos  xususiyatlari,  shuningdek,  shartnoma 
ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari o‘z aksini topgan. Bundan tashqari, lizing 
ob’ektiga nisbatan jadal amortizatsiyalashni qo‘llash, ob’ekt bilan bog‘liq risk turlari, 
uni  sug‘urta  qilish,  garov  sifatida  foydalanish  kabi  munosabatlar  ham  o‘z  aksini 
topgan.  Shunisi  muhimki,  lizing  jarayonidagi  eng  muhim  element,  ya’ni  lizing 
to‘lovlari va uning hisoblanishi hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarni hal 
etish  masalalari  ham  qonunda  mustahkamlangan.  Barchamizga  ma’lumki, 
mamlakatimizda  iqtisodiyot  tarmoqlarining  rivoji  ko‘p  jihatdan  qishloq  xo‘jaligiga 
bog‘liqdir. Respublikamiz qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya 
qilish  masalasiga  Prezidentimiz  va  hukumatimiz  tomonidan  alohida  e’tibor  qaratilib 
kelinayotganligi sir emas. Bu borada quyidagi me’yoriy hujjatlar qabul qilindi: 
-
 
O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1999  yil  30  oktyabrda 
qabul  qilingan  486-sonli  “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing”  aksiyadorlik  lizing 
kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori; 
-
 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 2 noyabrda qabul 
qilingan  424-sonli  “Qishloqni  lizing  shartlarida  qishloq  xo‘jaligi  texnikasi  bilan 
ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori; 
-
 
O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2007  yil  12  dekabrdagi 
254-sonli
 
“Qishloqni  lizing  shartlarida  qishloq  xo‘jaligi  texnikasi  bilan  ta’minlash 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”  2000 yil  2  noyabrdagi  424-sonli  qaroriga  o‘zgartirishlar 
kiritish haqida”gi qarori; 
-
 
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2012  yil  21  maydagi  “2012-2016 
yillarda qishloq  xo‘jaligi  ishlab  chiqarishini yanada modernizatsiya qilish,  texnik va 
texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi to‘g‘risida”gi qarori; 
-
 
O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2012  yil  14  iyulda  qabul 
qilingan  “2012-2016  yillarda  qishloq  xo‘jaligi  ishlab  chiqarishini  yanada 
modernizatsiya  qilish,  texnik  va  texnologik  jihatdan  qayta  jihozlash  dasturi  amalga 
oshirilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari va h.k. 
Ushbu me’yoriy hujjatlarga asosan lizing xizmati ko‘rsatayotgan mikrofirmalar 
va  kichik  korxonalar  uchun  foyda  solig‘i  hamda  yagona  soliq  to‘lovi  bo‘yicha  besh 
yilga  imtiyoz  berilgan.  Shuningdek,  O‘zbekiston  Respublikasi  Soliq  kodeksiga 
muvofiq,  lizing  oluvchi  qishloq  xo‘jaligi  korxonalarining  lizing  to‘lovlari  bo‘yicha 


206 
 
qo‘shilgan  qiymat  solig‘idan,  lizing  shartnomasi  amal  qiladigan  muddatga  lizingga 
berilgan mulkka soliq to‘lashdan ozod qilinganligi lizingdan foydalanayotgan barcha 
ishtirokchilar  faoliyatiga  katta  madad  bo‘lmoqda.  Bundan  tashqari,  O‘zbekiston 
Respublikasi  Prezidentining  2016  yil  17  noyabrdagi  “O‘zagrotexsanoatxolding” 
aksiyadorlik  jamiyati  faoliyatini  tashkil  etish  chora-tadbirlari  to‘g‘risidagi  PQ-2658-
sonli  qarorining  qabul  qilinishi  respublikamizda  qishloq  xo‘jaligini  zamonaviy 
texnika  bilan  ta’minlash  mexanizmini  amalga  oshirishda  muhim  o‘rin  tutdi. 
“O‘zagrotexsanoatxolding”  AJ  tarkibiga  qishloq  xo‘jaligi  faoliyatini  ishlab 
chiqarishni  tashkil  etishga  ixtisoslashgan  “O‘zagrotexmash”  AJ,  qishloq  xo‘jaligi 
texnikalarini  lizingga  yetkazib  berishga  ixtisoslashgan  “O‘zagrolizing”  AJ,  qishloq 
xo‘jalik  texnikalariga  servis  xizmatini  ko‘rsatish  va  qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlari 
ishlab 
chiqaruvchilariga 
mexanizatsiyalashgan 
xizmatlarni 
ko‘rsatishga 
ixtisoslashgan “O‘zagroservis” AJ kabi kompaniyalar kiritilgan. Shu bilan birgalikda 
mazkur  kompaniyalar  ham  o‘z  tarkibiga  bir  qator  ishlab  chiqarish  va  xizmat 
ko‘rsatish korxonalarini hamda lizing kompaniyasi filiallarini qamrab olgan.  
Mazkur  tuzilma  faoliyati  zamonaviy  qishloq  xo‘jaligi  texnikalarini  ishlab 
chiqarish,  sotish  hamda  qishloq  xo‘jaligi  texnikalarini  lizingga  yetkazib  berish  va 
ularga  servis  xizmatlarini  ko‘rsatish  tizimini  boshqarish  bo‘yicha  yagona 
majmuaning  samarali  faoliyatini  ta’minlash  va  qishloq  xo‘jaligi  tovar  ishlab 
chiqaruvchilariga  mexanizatsiyalashtirilgan  xizmatlar  ko‘rsatishga  yo‘naltirilgan.  
Shunisi  diqqatga  sazovorki,  mamlakatimizda  qishloq  xo‘jalini  rivojlantirish,  uni 
zamonaviy  texnika  bilan  ta’minlashda  hududlarning  o‘ziga  xos  xususiyati  ham 
e’tiborga  olinib,  bu  borada  ixtisoslashtirilgan  lizing  kompaniyalarining  faoliyatiga 
alohida  urg‘u  berilmoqda.  Jumladan,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017 
yil  21  avgustdagi  “Toshkent  viloyati  qishloq  xo‘jaligining  texnik  jihozlanganligini 
yanada  oshirishning  qo‘shimcha  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  PQ-3228-son  qarori 
qabul  qilindi.  Qarorga  asosan  Toshkent  viloyatining  Oqqo‘rg‘on,  Bekobod,  Bo‘ka, 
Quyi Chirchiq va Chinoz tumanlari
 
fermer xo‘jaliklari va mashina-traktor parklariga 
2017-2019  yillarda  lizing  asosida  qishloq  xo‘jaligi  texnikasini  yetkazib  berishning 
prognoz parametrlari tasdiqlandi.  
Qarorga  asosan,  yetkazib  berish  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  Qishloq 
xo‘jaligi  mahsulotlarining  davlat  haridi  va  qishloq  xo‘jaligini  texnika  bilan 
jihozlashni  maqsadli  moliyalashtirish  jamg‘armasi  mablag‘lari,  tijorat  banklari 
kreditlari  va  qishloq  xo‘jaligi  korxonalarining  o‘z  mablag‘lari  hisobiga  amalga 
oshiriladi.  Lizing  shartnomasi  mavjud  bo‘lganda  va  haqiqatda  avans  to‘lovi  amalga 
oshirilganda  esa  (lizing ob’ekti  qiymatining kamida  20  foizi) Jamg‘arma  tomonidan 
moliyalashtirish  uchun  mablag‘lar  ajratiladi.  Yetkazib  berish  lizing  asosida 
«O‘zagrolizing»  AJ  orqali  yillik  2  foizdan  ko‘p  bo‘lmagan  foiz  stavkasi  bilan 
rejalashtirilgan  hajmda  har  yili  1  dekabrga  qadar  amalga  oshiriladi. “O‘zagrolizing” 
AJ  va  Toshkent  viloyati  lizing  oluvchilari  o‘rtasida  tuziladigan  shartnomalarda 
Jamg‘arma  mablag‘lari  hisobiga  moliyalashtirishda  lizingning  quyidagi  muddatlari 
ko‘zda tutiladi: 
-
 
fermer xo‘jaliklari uchun - 12 yilgacha; 
-
 
“Toshkent Agroservis MTP” MCHJ uchun – 10 yilgacha. 
Bu  boradagi  ishlarni  yanada  jadallashtirish  maqsadida  2018  yil  10  mayda 
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “Qishloq  xo‘jaligini  o‘z  vaqtida  qishloq 


207 
 
xo‘jaligi  texnikasi  bilan  ta’minlash  mexanizmlarini  yanada  takomillashtirish  chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3712-sonli Qarori qabul qilindi. 
 

Download 3,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish