202
Tuxsanovlar o‘zlarining asarlarida lizingga quyidagicha ta’rif berib o‘tishgan:
“Lizing deganda bir taraf (lizing beruvchi) boshqa bir tarafning (lizing oluvchining)
topshirig‘iga muvofiq lizing ob’ekti bo‘lgan mulkni o‘z mulki qilib sotib olib, uni
lizing oluvchiga haq evaziga lizing shartnomasida belgilangan shartlar bilan
vaqtinchalik foydalanish va egalik qilish uchun hamda shartnoma tugagandan so‘ng
lizing ob’ektini sotib olish huquqi bilan beriladigan mulkiy munosabatlar
majmuidir”
88
. Ushbu ta’rifda lizingning o‘ziga xos xususiyati, ya’ni bu
munosabatlarda uch sub’ektning ishtirok etishi hamda mulkchilik huquqining
o‘zgarishiga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Xorijiy adabiyotlarda mutaxassislar lizingga
ta’rif berishda uning lug‘aviy ma’nosiga ham e’tibor berishgan (inglizcha “to lease”
fe’lidan olingan bo‘lib, “mulkni ijaraga berish” yoki “mulkni ijaraga olish”
ma’nolarini anglatadi).
Ba’zi manbalarda ta’kidlanishicha, mashina, jixoz, transport vositalari va
boshqa ishlab chiqarishga taalluqli harakatlanuvchi mulkni uzoq muddatli ijaraga
olish lizing sifatida e’tirof etilgan
89
. Bu ta’riflarda lizingga asosan ijara munosabati
sifatida yondashilib, uning o‘ziga xos xususiyatlariga e’tibor berilmagan. M.I.
Leshenko tomonidan lizingga berilgan ta’riflar yuqoridagilardan bir muncha farq
qiladi. Uning fikricha lizing – bu shunday tovar kreditiki, u lizingga beruvchidan
lizingga oluvchiga turli shakldagi mulk (qurilma, uskuna, mashina, kema va
hokazo)ni foydalanishga berilishi bilan an’anaviy bank ssudasidan farq qiladi.
Lizingga beruvchi ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)dan mulkni to‘liq qiymati bo‘yicha
egaligiga olib moliyaviy xizmat ko‘rsatadi, lizingga oluvchi esa ushbu qiymatni
davriy ravishda to‘lov (badal)lar hamda kreditdan foydalanganlik uchun foizlarni
birgalikda to‘lab qoplaydi
90
. Bu yerda lizingning o‘ziga xos xususiyati mulkka egalik
qilish huquqida namoyon bo‘ladi. Mulkka egalik qilish huquqi lizing muddati
mobaynida to‘liqligicha lizingga beruvchida bo‘ladi. Bu huquq lizingga oluvchiga
faqatgina shartnomada ko‘rsatilgan muddatda kelishilgan to‘lovlar butunlay
to‘langandan keyingina o‘tadi. Bularning barchasi lizing operatsiyalarining lizing
bozori ishtirokchilari uchun naqadar foydali ekanligidan dalolat berib turibdi.
Yuqorida keltirilgan fikrlarni umumlashtirib, lizingga quyidagicha ta’rif berib
o‘tamiz: “Lizing – bu vaqtinchalik bo‘sh turgan yoki jalb qilingan moliyaviy
vositalarni investitsiyalashni o‘zida aks ettirib, bunda lizingga beruvchi ma’lum bir
sotuvchidan mulkiy shartnomada kelishilgan mol-mulkka egalik qilish va ushbu mol-
mulkni vaqtinchalik foydalanganlik uchun to‘lov asosida oxirida harid qilish huquqi
bo‘yicha lizingga oluvchiga taqdim etish majburiyatini oladi”.
Do'stlaringiz bilan baham: