Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти


XV BOB. INVESTITSIYALARNI MOLIYALASHTIRISHNING LIZING



Download 3,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/258
Sana21.01.2022
Hajmi3,58 Mb.
#394022
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   258
Bog'liq
investitsiya-converted

XV BOB. INVESTITSIYALARNI MOLIYALASHTIRISHNING LIZING 
MEXANIZMI 
15.1 – mavzu: Lizingning iqtisodiy mazmuni 
Reja:  
1. 
Lizingning iqtisodiy tabiati, mazmuni va mohiyati 
2. 
Lizing turlari 
3. 
Lizing munosabatlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi 
 
1 – savol bayoni.
 Lizing mоhiyatini quyidagi ibоra оrqali ifоda etsak bo‘ladi: 
“Bоylik,  mоl-mulkka  egalik  qilishdan  emas,  balki  undan  fоydalanishdan  ibоrat 
bo‘ladi”.  Mazkur  jumla  lizingning  asоsiy  g‘оyasini  to‘liq  namоyon  etadi.  Kоrхоna 
yoki  tadbirkоrga  ishlash  va  darоmad  tоpish  uchun  mоl-mulkka  egalik  qilish  shart 
emas,  balki  muayyan  muddat  davоmida  undan  fоydalanishning  o‘zi  kifоyadir.  Bu 
ayniqsa  asbоb-uskunani  mulk  qilib  sоtib  оlish  mоliyaviy  imkоniyatlar  chеklangan 
kоrхоnalar uchun muhim. Lizing mеxanizmi bunday kоrхоnalarga asbоb-uskunadan 
muayyan muddat davоmida maqbul miqdоrdagi lizing to‘lоvlari evaziga fоydalanish 
huquqini  qo‘lga  kiritish  imkоniyatini  bеradi.  Shuningdеk,  ushbu  asbоb-uskunadan 
fоydalanish muddati tugagandan so‘ng uni kоrхоnaning mulkiga o‘tkazish imkоniyati 
ham  mavjud.  Moliyaviy  xizmatlar  bozorida  lizing  iqtisodiy  tushuncha  sifatida 
investitsion  faoliyat  turlaridan  biri  sifatida  e’tirof  etilib,  u  rivojlangan  bozor 
iqtisodiyotining mahsuli va turkumlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekiston uchun 
tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirishning yangi usulini keng joriy qilish, shu bilan 
birga  xorijiy  mamlakatlar  lizing  biznesidan  foydalanish  uchun  avvalo  lizing 
munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy tabiatini oydinlashtirib olish lozim.  
Tadbirkorlik  faoliyatini  rivojlantirish  vositasi  hisoblangan  lizing  raqobat 
natijasida  paydo  bo‘lgan  va  uning  muayyan  afzalliklari  bo‘lgan.  Tadbirkorlik 
faoliyati  uchun  investitsiya  resurslarini  qidirib  topish  yoki  mulkni  qo‘lga  kiritish, 
unga  egalik  qilish  hamda  undan  foydalanish  huquqini  olishning  boshqa  usullariga 
nisbatan  lizingning  u  yoki  bu  afzalliklari  turli  huquqiy  va  iqtisodiy  makonlarda 
turlicha  namoyon  bo‘ladi.  Ya’ni,  lizing  mol-mulkidan  tadbirkorlik  maqsadlarida 
foydalanish imkoniyatini olish vositasi sifatida lizingdan ko‘riladigan manfaatlar yoki 
zararlar,  uning  afzalliklari  yoki  kamchiliklari  iqtisodiy,  shu  jumladan,  huquqiy, 
moliya-kredit  munosabatlarining  darajasi  bilan  belgilanadi
85
.  Ba’zi  adabiyotlarda 
lizing  ijarani  moliyalashtirish  deb  hisoblanadi  va  lizing  usulida  moliyalashtirish 
bankning texnika yoki mashinalarni sotib olib, ularni o‘z mijozlariga ijaraga berishini 
nazarda  tutadi  deb,  ta’kidlanadi
86
.  Haqiqatda  esa  bank  mulkchilik  huquqini  sotib 
olmaydi,  balki  moliyalashtiradi,  to‘g‘rirog‘i,  ijarachining  ijara  munosabatlari 
vositasida  va  lizing  shartnomalarida  ko‘rsatilgan  muddatlarda  mol-mulkni  qo‘lga 
kiritish niyatida bo‘lg‘usi huquqini moliyalashtiradi.  
Bank  va  lizingning  moliyaviy  muassasa  sifatida  tub  farqi  ham  shundadir. 
Bunga  qo‘shimcha  ravishda  shuni  ham  ta’kidlash  kerakki,  lizing  texnologiyalar  va 
texnikalar sotib olish va samarali qo‘llash uchun lizing beruvchi va lizing oluvchilar 
o‘zaro  maqbul  kredit  munosabatlariga  kirishishining  shaklidir.  Ayrim  iqtisodchilar, 
lizingni  vaqtincha  bo‘sh  turgan  yoki  jalb  etilgan  moliyaviy  mablag‘larni 
investitsiyalashga  qaratilgan  tadbirkorlik  faoliyatining  bir  turi  deb  ta’riflaydilar. 
 
85
 Газибеков Д.Г., Собиров О.Ш. «Лизинг и его развитие в Узбекистане», - Т.: Молия, 2001   132 с. 
86
 Роуз Питер С. Банковский менеджмент. — Пер. с анг., 2-го изд.- М.: Дело Лтд. 1995. 173 с. 


201 
 
Lizing kompaniyalarining bo‘sh moliyaviy resurslarni jalb etish imkoniyatlari ularda 
salmoqli  o‘z  kapitallarining  borligi  bilan  izohlanadi.  Lizing  institutlari  endigina 
paydo 
bo‘layotgan  O‘zbekiston  kabi  rivojlanayotgan  mamlakatda  bozor 
munosabatlarining 
qonunchilik 
negizini 
shakllantirish 
bilan 
birga 
lizing 
tadbirkorlikning  alohida  turiga  aylangani  yo‘q.  Shu  sababli,  bizning  nazarimizda 
lizing  –  investitsiyalarni  moliyalashtirish  shakllari  yoki  usullaridan  biridir,  deb 
hisoblayotgan mualliflarning fikrini qo‘llab-quvvatlash mumkin
87
.  
Bizning  fikrimizcha,  lizing  munosabatlari  qarz  olish-berish  asosida  vujudga 
keladigan  iqtisodiy  va  huquqiy  munosabatlarning  yaxlit  tizimi  deb  qabul  qilinmog‘i 
zarur.  Lizing  rivojlanishining  tarixidan  ma’lumki,  uning  paydo  bo‘lishiga  ob’ektiv 
sharoitlar va tegishli shartlar ko‘maklashib kelgan. Bu shart-sharoitlar bir tomondan, 
lizing  mulkini  taklif  qilish,  ikkinchi  tomondan,  unga  bo‘lgan  talabni  shakllantirish, 
uchinchi  tomondan  esa  lizing  munosabatlarini  amalga  oshirish  uchun,  bo‘sh  turgan 
moliyaviy  resurslarni  jalb  qilish  imkonini  bergan.  Umuman,  lizing  munosabatlari 
o‘zining  iqtisodiy  mazmuniga  ko‘ra,  bizning  nazarimizda,  avvalo  qarz  olish 
munosabatlarini,  lizing  beruvchi  va  mulk  yetkazib  beruvchi  bilan,  davlat  va  milliy 
iqtisodiyotning  norezidentlari  (xorijiy  davlatlar,  xalqaro  moliya  institutlari,  chet  el 
investorlari va boshqalar) bilan mulkiy, huquqiy, taqsimot va boshqa uyg‘unlashgan 
munosabatlarini  ifodalaydi.  Har  qanday  holatda  ham  lizing  munosabatlari  o‘z 
mazmuniga  ko‘ra  makon  va  zamonda  qarz  olish,  ya’ni  taqsimot,  mulkiy 
munosabatlarni,  lizing  ob’ektiga  egalik  qilish  huquqi  va  undan  foydalanish 
huquqlarini  ifodalaydi  va  o‘z  navbatida  iqtisodiy  jarayondagi  qayta  taqsimot 
munosabatlarini shakllantiradi.  
Yuqoridagi  fikrlarni  umumlashtirsak,  zamonaviy  lizingning  yana  bir  muhim 
jihati  bo‘lgan  –  uchinchi  (vositachi)  shaxsning,  ya’ni  lizing  kompaniyalarining 
vujudga  kelishi  uchun  poydevor  qurilganligini  kuzatishimiz  mumkin.  Shulardan 
xulosa  qilib,  lizingga  ta’rif  bersak.  Xalkaro  moliya  korporatsiyasi  mutaxassislari 
tomonidan  lizing  quyidagicha  talqin  qilingan:  “

Download 3,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish