4 – savol bayoni.
Bank kredit portfelining monitoringini o’tkazish orqali kredit
portfelini holatiga baho berish mumkin. Bank kredit portfeli monitoringi - bu kredit
resurslarini rasional joylashtirish va undan samarali foydalanish hamda berilgan
kreditlar va ular bo’yicha hisoblangan foizlarni o’z vaqtida undirib olishni
ta’minlashga yo’naltirilgan bilimlar, uslublar va chora-tadbirlar majmuasidan iborat.
Hozirgi paytda iqtisodiyotni rivojlantirishga yo’naltirilayotgan bank kreditlar
hajmi oshishi, bank kreditlaridan foydalanayotgan turli mulkchilik va xo’jalik
yuritish shaklidagi mijozlar miqdori ko’payishi va banklar tomonidan berilayotgan
kreditlarni oqilona joylashtirish va ular samaradorligini oshirish, berilgan kreditlar
hamda ular bo’yicha hisoblangan foizlarni o’z vaqtida undirib olishni ta’minlash
banklar kredit portfeli ustidan doimiy monitoring olib borishni talab etmoqda. Bank
kredit portfeli monitoringi jarayoni to’rt bosqichdan iborat:
- kreditlarni rasmiylashtirishning qonuniyligi va to’g’riligini nazorat etish;
- berilayotgan kreditlarning maqsadga muvofiq ishlatilishini ta’minlash va
nazorat etish;
- qarzdorning va kafolat beruvchining moliyaviy holatini, garovga olingan
mulkning butligini doimiy kuzatib borish hamda kredit va u bo’yicha hisoblangan
foizlarning belgilangan grafik asosida undirilishini nazorat qilish;
- kredit va u bo’yicha hisoblangan foizlarni shartnomada belgilangan
muddatlarda to’liq undirib olishni ta’minlash, o’z vaqtida undirilmagan taqdirda
zudlik bilan keskin chora-tadbirlar belgilash.
Kreditlardan samarali va maqsadli foydalanish ustidan nazorat quyidagi
shakllar va yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
a) to‘lov hujjatlarining ssuda hisob varag‘idan ob’ektning smetasiga va maqsadli
belgilanishiga, ularning muvofiqligini kredit o‘tkazilishi chog‘ida nazorat qilish;
b) kredit shartnomasida ko‘rsatilgan shartlarda qurilish joyiga chiqish bilan
kreditdan maqsadli foydalanishni tekshirish;
v) bajarilgan ishlarning nazorat o‘lchashlarini o‘tkazish va kredit
shartnomasida keltirilgan tartib va muddatlarda harid qilingan uskunani
inventarlash.
Nazorat o‘lchashlari bank krediti hisobidan moliyalanadigan ob’ektlarda ishlab
chiqarish joyining o‘zida amalga oshiriladi. Banklar shartnomaviy va to‘lov asosida
buyurtmachilarning buyurtmanomalari bo‘yicha boshqa manbalar hisobidan
moliyalanadigan qurilishlar bo‘yicha nazorat o‘lchovlarini amalga oshirishlari
199
mumkin. Hajmlar va bajarilgan qurilish-montaj ishlari qiymatining tekshirilishi
ularning naturada o‘lchanishi va buyurtmachidagi hamda pudrat tashkilotining
bajarilgan ishlar hajmlarini hisobga olish ma’lumotlari bilan tegishlicha loyihalash
smeta hujjatlari bilan taqqoslash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Nazorat o‘lchashlari
boshlangunga kadar quyidagilar bilan bog‘liq oshib ketishlarni aniqlash maqsadida
navbatdagi hujjatlashtirilgan tekshirish amalga oshirilishi zarur:
•
alohida narxlar, boshqa xil va limitlashtirilgan harajatlar hajmlari,
qo‘shimcha harajatlar me’yorlari noto‘g‘ri qo‘llanilishi yoki belgilanishi bilan;
•
arifmetik xatolar bilan;
•
bajariladigan
ishlar
qiymatiga
qurilish-montaj
ishlari
tarkibiga
kiritilmaydigan harajatlar, uskunaning sotib olinishi, ko‘p yil ishlaganlik uchun,
xizmat safarlari, ishlarning harakatlanuvchi tusdaligi uchun qo‘shimcha haqlar,
materiallar va konstruksiyalar chiqarish va cheklangan narxlar o‘rtasidagi farqlar
bo‘yicha kiritilishi bilan va boshqalar;
•
loyihalash – smeta hujjatlari mavjud bo‘lmagan ob’ektlarda ishlarning
bajarilishi va harajatlar bilan;
•
uskuna nuqsonlarining bartaraf etilishi bilan.
Ko‘zdan yashirin ishlar hajmlarini (quyilgan poydevorlar, pollar konstruksiyasi,
avtomobil yo‘llari, ularda truba-quvurlar yotqizilgan transheyalar va boshqalar)
tekshirish yashirin ishlarga oid dalolatnomalar asosida amalga oshiriladi. Alohida
baholar tarkibiga kiruvchi ayrim operatsiyalar haqining bo‘lib-bo‘lib to‘lanishiga yo‘l
quyilmaydigan konstruktiv unsurlar va ishlar turlarining tugallanmagan qismlari,
shuningdek, qurilish obektiga olib kelingan va ishga jalb etilmagan materiallar va
konstruksiyalar qiymati bajarilgan ishlar qiymatining ortib ketishiga kiradi.
Nazorat o‘lchashlari natijalari bo‘yicha dalolatnomalar va ishlar qiymatini
qayta
hisob-kitob
qilish
qaydnomalari
tuziladi.
Nazorat o‘lchashlari
dalolatnomalari, ishlar qiymatining qayta hisob-kitob qilish qaydnomalari va
dalolatnomalarga oid yig‘ma qaydnomalar bank, buyurtmachi va pudratchining
vakillari tomonidan imzolanadi. Haqi to‘langan (taqdim etilgan) ishlarning yig‘ma
qaydnomalari nazorat o‘lchashlarining amalga oshirilishi boshlanguniga qadar
imzolanadi. Nazorat o‘lchashlarini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilgan bank
muassasasi rahbari nazorat o‘lchashlar dalolatnomalari, pudratchi va buyurtmachi
e’tirozlarini (agar ular mavjud bo‘lsa) ko‘rib chiqadi va dalolatnomalarni ular
imzolanganidan keyin 10 bank ish kunidan kechiktirmasdan tasdiqlaydilar.
Moliyalovchi bank nazorat o‘lchashining tasdiqlangan dalolatnomasi asosida
belgilangan tartibda kredit shartnomasida keltirilgan miqdorlarda sanksiyalarni
qo‘llaydi.
200
Do'stlaringiz bilan baham: |