15.2-rasm
Jahon miqyosda amalga oshirilgan lizing operatsiyalari hajmi (mlrd. $)
93
Xalqaro miqyosda jadal rivojlanayotgan lizing bozorlaridan biri bu Rossiya
lizing bozori bo‘lib, 2018 yil yakunlariga ko‘ra uning hajmi 1,35 trln. rubldan
oshgan. Lizing kompaniyalari tomonidan amalga oshirilgan yangi lizing
operatsiyalari hajmi esa 1276 mlrd. rublni tashkil qilgan. Rossiya lizing bozori mana
ikkinchi yildirki, o‘zining eng yuqori cho‘qqisini namoyon qilmoqda. Lizing
bozorining bunday o‘sishi temir yo‘l texnikasi va avtolizing hisobiga ta’minlangan
bo‘lib, ularning yangi lizing operatsiyalari hajmidagi jami ulushi 61,1 foizni tashkil
qilgan. Lizing bozoridagi o‘sishni ta’minlashga xizmat qilgan eng faol 10 ta davlat
lizing kompaniyalarining lizing bozoridagi jami ulushi 80 foizga yetgan
94
.
Do'stlaringiz bilan baham: |