15.2 – mavzu: Xalqaro moliyaviy lizingning iqtisodiyotni
modernizatsiyalashdagi o‘rni
Reja:
1.
Xalqaro moliyaviy lizingning iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi o‘rni
2.
Lizing to‘lovlari summasini aniqlash
1 – savol bayoni.
Xalqaro lizing operatsiyalarining jahon iqtisodiyotida tutgan
o’rni va ahamiyati bekiyosdir. Yirik xalqaro lizing tashkilotlari xalqaro lizing
bo’yicha keng ko’lamda xizmatlar taklif qiladilar. Jahonda eng yirik xalqaro lizing
tashkilotlaridan “Ebikliz”ni va Milliy lizing assotsiatsiyalarining Yevropa
federatsiyasi – “Lizyurop”ni alohida ajratib ko’rsatish mumkin. “Ebikliz” tashkiloti
Gollandiya, Italiya, Germaniya, Avstriya, Buyuk Britaniya, Belgiya va Frantsiya
davlatlaridagi lizing kompaniyalarini o’zida mujassamlashtirgan. Bu tashkilot,
ko’pchilik hollarda, xalqaro lizing bitimlarini amalga oshirishda vositachi vazifasini
bajaradi. “Lizyurop” 1979 yilda tashkil etilgan bo’lib, hozirgi kunda 17 ta
mamlakatning 700 ta lizing kompaniyasini birlashtiradi. Uning tarkibiga Avstriya,
Belgiya, Buyuk Britaniya, Bolgariya, Shveytsariya, Germaniya, Daniya, Ispaniya,
Frantsiya, Italiya, Irlandiya, Lyuksemburg, Norvegiya, Portugaliya, Shvetsiya,
Gollandiya, Finlandiya davlatlarining lizing kompaniyalari kiradi. Hozirgi kunda,
amalga oshiriladigan xalqaro lizing operatsiyalarining teng yarmi AQSH hissasiga
to’g’ri keladi. AQSHda lizing yuksak sur’atlarda rivojlanishining muhim
sabablaridan biri - investitsiyaviy soliq imtiyozining mavjudligidir.Xalqaro lizing
biznesi ichki lizingga nisbatan ancha kech rivojlana boshlagan. Xalqaro lizing
operatsiyalrini rivojlanishiga quyidagi omillar ta’sir etgan: ko‘pchilik mamlakatlarda
kredit olish shartlarining og‘irligi, banklar tomonidan foiz stavkalarining oshirilishi,
moliyaviy inqirozlar, ba’zi mamlakatlar soliq tizimining beqarorligi va boshqalar.
211
Xalqaro lizing operatsiyalarini amalga oshirishdagi qiyinchiliklar shundan iboratki,
ular hamkor mamlakat hukumatining valyuta, bojxona va boshqa tartibga solish
qoidalari ta’siri ostida bo‘ladi. Xalqaro lizing taraqqiyoti oldidagi to‘siqlarni yo‘q
qilish, undan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida turli mamlakat va
xalqaro tashkilotlar mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan Xalqaro moliyaviy
lizing bo‘yicha Ottava Konvensiyasi 1988 yilning may oyida qabul qilingan. Jahon
amaliyotida lizingning taraqqiyoti ko‘p jihatdan davlatlarning qonunchiligida mavjud
to‘siqlar va shart-sharoitlar asosida shakllanib kelmoqda. Bugungi kunda yirik
xalqaro lizing tashkilotlaridan “Xalqaro moliya va lizing assotsiatsiyasi” va milliy
lizing assotsiatsiyalarining Yevropa federatsiyasi (Leaseurope)ni alohida ajratib
ko‘rsatish mumkin. Xalqaro lizing tashkilotlarining asosiy vazifalari quyidagilardan
iborat:
a) a’zo mamlakatlar milliy qonunchiligini o‘rganish va taqqoslash;
b) barcha xuquqiy, soliq va moliyaviy masalalarni hal etishda ko‘maklashish;
c) lizing bitimlarining shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish;
d) lizing firmalarini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni o‘rganish.
80-yillar oxirlariga kelib jahonning 60 ta mamlakatiga tegishli lizing
kompaniyalar 150 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritgan. 1965 yilda “Xalqaro
moliya va lizing assotsiatsiyasi” (IFLA) tashkil topgan bo‘lib keyinchalik uning
tarkibiga ko‘plab moliya va lizing tashkilotlari birikishni boshlashgan. Bugungi
kunda uning a’zolari soni 25 ta
91
lizing tashkilotlaridan iborat bo‘lib, har bir davlat
faqat bitta lizing tashkiloti bilan a’zolikka qabul qilinishi mumkin. IFLA a’zolari
muhim bo‘lgan xalqaro kredit institutlari bilan uzviy aloqalarga ham ega bo‘lishadi.
“Xalqaro moliya va lizing assotsiatsiyasi” (IFLA)ga a’zo bo‘lish uchun quyidagi
talablarni bajarishi lozim:
- lizing tashkiloti kredit va lizing asosida moliyalashtirishga yo‘naltirilgan
bo‘lishlari lozim;
- barqaror moliyaviy tizimga ega bo‘lishi;
- lizing tashkilotlari o‘z faoliyati, kuch g‘ayrati bilan assotsiatsiya faoliyatini
rivojlantirishga ko‘maklashishi talab qilinadi.
“Xalqaro moliya va lizing assotsiatsiyasi” (IFLA) o‘zining asosiy maqsadi
sifatida, a’zolari o‘rtasida forumlar tashkil etish va bu bilan ular o‘rtasida o‘zaro
g‘oyalar, bilimlar, malaka va ma’lumotlar almashinuviga zamin yaratishga qaratgan.
Bunday o‘zaro almashinuvlar tomonlar manfaatlariga xizmat qilishga yo‘naltirilgan.
Assotsiatsiya o‘z faoliyati doirasida a’zolari faoliyat doirasi, ularning moliyaviy
natijalari va shu kabi boshqa ma’lumotlarni o‘rganib boradi va o‘z a’zolari faoliyatini
qiyosiy baxolaydi. Bugungi kunda yirik lizing markazlaridan yana biri bu Yevropa
lizing bozori bo‘lib uning 78 foizi 8 ta (Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya,
Italiya, Ispaniya, Niderlandiya, Polsha va Shvesiya) mamlakat ulushiga to‘g‘ri keladi,
91
Immorent Aktiengesellschaft, Австрия. KBC Lease Group, Бельгия. Китай Лизинг Бизнес Ассоциации
Китайской ассоциации предприятий с иностранными инвестициями Предприятия, Китай. CSOB Лизинг как,
Чешская Республика. Nordania лизинга, Дания. Piraeus Египет лизинговая компания, Египет. Nordea Finance
Финляндии Limited, Финляндия. Ergo, Исландия. Сундарам Finance Limited, Индия. Промышленность и шахты
лизинговая компания, Иран. Iccrea Bancalmpresa, Италия. ABN AMRO NV аренды, Нидерланды. DNB Bank
ASA, Финанс, Норвегия. Europejski Fundusz Leasingowy SA, Польша. Caixa Лизинг электронной факторинг,
Португалия. Лизинговая компания УРАЛСИБ, Россия. BCR Лизинг IFN SA, Румыния. Swedbank Финанс AB,
Швеция. Tunisie лизинга, Тунис. Турецкие Финансовая Лизинговая Ассоциация, Турция. УФНА Американская
ассоциация финансовых услуг, Соединенные Штаты Америки. HSBC Bank, Великобритания. Лизинг
оборудования и финансам ассоциации (ELFA), Соединенные Штаты Америки.
212
bundan tashqari bu mamlakatlar Yevropa ittifoqi xududida ishlab chiqarish
sohasining 78 foizlik ulishiga ega hisoblanadilar. Yevropa ittifoqi (YEI) xududida
faoliyat yuritayotgan firmalarni doimiy kuzatuv tahlil jarayoni bilan Yevropa
markaziy banki (YEMB) shug‘ullanib boradi.
Bugungi kunda Yevropa lizing bozorining yirik ishtirokchisi bu “Leaseurope”
bo‘lib unga 1972 yilda asos solingan. “Leaseurope” hozirgi kunda Yevropa
davlatlarining 44 ta assotsiatsiyalarini o‘zida birlashtirgan federatsiya hisoblanadi va
Yevropa lizing bozorini 93 foizini egallagan. Bugungi kunda “Leaseurope” Yevropa
davlatlaridan tashqari AQSH, Kanada, Avstraliya va Yaponiya kabi davlatlarining
lizing assotsiatsiyalari bilan hamkorlik munosabatlarini o‘rnatgan. Yevropa
mamlakatlarida 2015 yilda lizing portfelining hajmi 15.1-rasmda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |