Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти



Download 3,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/258
Sana21.01.2022
Hajmi3,58 Mb.
#394022
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   258
Bog'liq
investitsiya-converted

 
Investitsiya  dasturi
  (keyingi  o‘rinlarda  dastur  deb  ataladi)  –  bu  Respublika 
iqtisodiyotini  barqaror  va  tadrijiy  rivojlantirishga  erishishga,  tabiiy,  mineral  xom-
ashyo,  moliyaviy,    moddiy  va  mehnat  resurslaridan  oqilona  foydalanish  yo‘li  bilan 
Respublikaning  ayrim  tarmoqlari  va  mintaqalarini  tarkibiy  o‘zgartirishning  asosiy 
ustuvorliklarini  va  strategik  vazifalarini  amalga  oshirishga  yo‘naltirilgan  bir  –  biri 
bilan o‘zaro bog‘langan chora – tabdirlar kompleksidir. 
 “O‘zbekistonning  2020–2022  yillarga  mo‘ljallangan  Investitsiya  dasturini 
amalga  oshirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  Prezident  qarori  (PQ-4563-son, 
 
72
 
Yo.Q.Qorayeva.  I.U.Nematov  “Xorijiy  investitsiyalar”  fani  bo’yicha  ta’lim  texnologiyasi./  “Iqtisodiy  ta’limdagi 
o’qitish texnologiyasi” seriyasidan. – T.: TDIU, 2008, 162 – bet
 


147 
 
09.01.2020  y.)  qabul  qilindi.  Qaror  bilan  O‘zbekistonning  2020–2022  yillarga 
mo‘ljallangan  Investitsiya  dasturi  tasdiqlandi.  Dasturda,  jumladan,  quyidagilar 
nazarda tutilgan: 
-
 
850,5  trln  so‘m  investitsiyalar,  shu  jumladan  35,5  mlrd.  AQSH  dollari 
miqdoridagi xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish; 
-
 
206  ta  yangi  ishlab  chiqarish  quvvatlari  va  31  mingdan  ziyod  ish  o‘rinlari 
yaratish. 
Qarorga  ko‘ra,  O‘zbekiston  nomidan  yoki  kafolati  ostida  tashqi  qarzni  jalb 
etish  bo‘yicha  2020  yilda  yangi  imzolanadigan  shartnomalar  doirasidagi  loyihalar 
“2020  yil  uchun  O‘zbekistonning  Davlat  byudjeti  to‘g‘risida”gi  Qonun  bilan 
belgilangan  chegaraviy  hajmlar  doirasida  aniqlanadi.  Shuningdek,  qiymati  50  mln. 
AQSH dollaridan oshadigan va xorijiy investorning ulushi 50 foizdan kam bo‘lmagan 
investitsiya loyihalari doirasida ishlab chiqarish maydonidan tashqaridagi zarur tashqi 
muhandislik-kommunikatsiya 
tarmoqlarini 
byudjet 
mablag‘lari 
hamda 
moliyalashtirishning  boshqa  ichki  manbalari  hisobidan  qurish  tartibi  mazkur 
investitsiya loyihalari quyidagi talablarga mos kelgan taqdirda qo‘llaniladi: 
-
 
loyihaning iqtisodiy samaradorligi mavjudligi; 
-
 
urbanizatsiya 
agentligining 
loyihani 
so‘ralayotgan  yer  uchastkasida 
joylashtirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi mavjudligi; 
-
 
loyihaning  loyihaoldi  hujjatiga  davlat  ekologiya  ekspertizasining  ijobiy 
xulosasi mavjudligi (zarur hollarda). 
Investitsiyalarning  miqdoriy  o’sishi  ichki  investitsiya  dasturi  (  mablag’larni 
noishlab  chiqarish  xarajatlarini  qisqartirish  hisobiga  safarbar  qilish)  vositasida 
ta’minlanadi. Investitsiyalar sifatining o’sishi ichki ( fan va texnika yutuqlarini tadbiq 
qilish) va tegishli tashqi investitsiya dasturi ( xorijiy investitsiyalar –texnik tarkibi va 
xususiyatiga  ko’ra  yuqoriroq  bo’lganlarini  jalb  etish)  vositasida  ta’minlanadi.  Ichki 
investitsiya 
dasturi 
ham 
tashqi 
investitsiya 
dasturi 
ham,har 
ikkalasi 
investitsiyalashning  turli  manbalaridan  turli  shakillardagi  investitsiyalarni  jalb  etish 
zaruriyatini  nazarda  tutadi.  Investitsiya  dasturining  mohiyati  va  mazmuni  eng  qulay 
huquqiy  vositalarni  topish  –  investitsiya  jarayoni  va  investitsiyani  huquqiy  tartibga 
solishdan  iborat.  Ratsional  investitsiya  dasturini  amalga  oshirayotgan  davlat 
ixtiyorida  huquqiy  tartibga  solishning  ikki  vositasi  mavjud:  milliy  –  huquqiy  va 
halqaro  –  huquqiy.  Davlatning  tashqi  investitsiya  dasturi  huquqiy  nuqtai  nazardan 
xorijiy investitsiyalar uchun qulay huquqiy muhit yaratishdan iborat bo’lib, bu milliy 
huquqiy  tartibod,  milliy  huquqiy  shakillar  va  normalardan  (qonunlar  va  boshqa 
me’yoriy  aktlar)  xamda  xalqaro  huquqiy  tartibod,  xalqaro  –  huquqiy  shakl  va 
normalardan  (ikki  va  ko’p  tomonlama  shartnomalar  va  bitimlar)  foydalanishni 
nazarda  tutadi.  Bularning  barchasi  ham  ichki  ham  tashqi  investitsiya  siyosatlari 
hisobga olinishi shart. Investitsiya dasturining aniq maqsadga yo’naltirilgan ba ilmiy 
asoslangan  asosiy  vazifasi  davlatning  jamiyatda  moddiy  va  ma’naviy  boyliklarni 
ishlab  chiqarishni  tashkil  etish  uchun  investitsiya  mablag’larini  safarbar  qilish 
bo’yicha faoliyat yuritishidan iborat. Investitsiya faoliyati (ingl. Investmen activity) – 
bu investitsiya kiritish va investitsiyalarni amalga oshirish bo’yicha olib boriladigan 
amaliy  harakatlarning  yig’indisidir.  Investitsiya  dasturi  alohida  davlatlar  tomonidan 
investitsiya  munosabatlari  sub’ektlarining  (davlatlar,  yuridik  va  jismoniy  shaxslar, 
shu jumladan xorijiy) investitsiya faoliyatini kuchaytirish maqsadida choralar tizimini 


148 
 
nazarda tutadi. Investitsiya faoliyati esa uning sub’ektlarining investitsiyani amalgam 
oshirish bilan bog’liq faoliyatlari yig’indisidir. 
Investitsiya  dasturini  shakllantirishning  asosiy  tamoyillari  bo‘lib  quyidagilar 
hisoblanadi:  
-  investitsiya  jarayonlarini  boshqarish  sohasida  davlat  siyosatini  amalga 
oshirish,  maqbul  shartlarda  xorijiy  investitsiyalarni  va  kreditlarni  jalb  etish, 
shuningdek loyihalarni tanlab olish va ularning amalga oshirilishi monitoringini olib 
borish asosida ulardan samarali foydalanish mexanizmini yaratish;  
- belgilangan davlat ustuvorliklari asosida eng muhim tarmoqlarini va faoliyat 
sohalarni qo‘llab quvvatlash;  
- ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tarmoqlarni (ta’lim, soliqni saqlash) birinchi 
navbatda, moliyalashtirish;  
-  mineral  xom-ashyo  resurslarini  va  qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlarini  chuqur 
qayta  ishlashni,  tayyor  mahsulotni  tashqi  bozorda  raqobatbardoshligigi  darajaga 
yetkazishga  yo‘naltirilgan  ishlab  chiqarishni  jadal  rivojlantirishga  qaratilgan 
investitsiya loyihalarini qo‘llab quvvatlash;  
- transport infratuzilmasini rivojlantirish va takomillashtirish;  
-  tarkibiy  o‘zgarishlar  vazifalari  va  amalga  oshirilayotgan  investitsiya 
siyosatiga  muvofiq  mablag‘  qo‘yishning  o‘zaro  manfaatliligi  asosida  xorijiy 
sarmoyalarni  jalb  qilish,  tomonlarning  investitsiya  majburiyatlari  asosida 
shartnomalar tuzish amaliyotini joriy etish;  
-  investitsiya  loyihalarni  investitsiya  dasturining  aniq  ro‘yxatiga  oldindan 
belgilangan mezonlar asosida kiritish;  

ilgari  boshlangan  ob’ektlarni  tugallash  uchun  markazlashtirilgan 
investitsiyalarni, birinchi navbatda, ajratish.  
Loyihalarni tanlab olishda ularning samaradorligi, respublika iqtisodiyoti ayrim 
tarmoqlarini  va  mintaqalarini  rivojlantirish  ustuvorliklari,  mahsulot  sotish 
ko‘rsatkichlari,  shu  jumladan  eksportga  yo‘naltirilganlik,  butlovchi  buyumlar  va 
kompanentlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishda qatnashish va shu kabilar asosiy 
mezonlar hisoblanadi.  
Investitsiya dasturida loyihaning baholash qiymati, tugallanmagan qurilishi va 
qurilishni  tugallash  hamda  foydalanishga  topshirish  uchun  yillar  bo‘yicha  joriy 
narxlarda  moliyalashtirishga  ehtiyoj,  moliyalashtirishning  tasdiqlangan  manbalari 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Investitsiya dasturini ishlab chiqishda yirik va 
o‘ta  muhim loyixalar  alohida,  katta bo‘lmagan  bir tipdagi loyihalar yaxlit kiritilishi 
mumkin (masalan: maktablar, qishloq, vrachlik punktlari qurilishi va boshqalar).  
Investitsiya  dasturini  ishlab  chiqish  va  amalga  oshirishi  bo‘yicha  barcha 
ishlarni  O‘zbekiston  Respublikasi  iqtisodiyot  vazirligi  muvofiqlashtirib  boradi. 
Investitsiya  dasturi  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  tegishli  qarori  bilan 
tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturida nazarda tutilgan kapital 
qurilishni  mablag‘  bilan  ta’minlash  va  uni  kreditlash  ishlari,  O‘zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  Maxkamasining  Kapital  qurilishda  xo‘jalik  munosabatlari 
mexanizmini  takomillashtirish  chora  –  tadbirlari  to‘g‘risidagi  qarorida  ko‘rsatilgan 
tartibda  asosan  amalga  oshiriladi.  Unga  muvofiq  investitsiya  loyihasini 
markazlashtirilgan  manbalar  hisobiga  mablag‘  bilan  ta’minlash  har  qaysi  ob’ekt 
bo‘yicha  ajratilgan  kapital  quyilmalar  limitlar  doirasida  qat’iy  amal  qilgan  holda 
O‘zbekiston  Respublikasi  Iqtisodiyot  vazirligi  va  Moliya  vazirligi  bilan  kelishilgan 


149 
 
qurilishlarning  aniq  mo‘ljalli  ro‘yxati  va  qurilishlarning  belgilangan  tartibda 
tasdiqlangan  titul  ro‘yxati  asosida  amalga  oshiriladi.  O‘zbekiston  Respublikasining 
investitsiya  dasturi  bu  davlat  tomonidan  xorijiy  investitsiyalarni  qo‘llab  quvvatlash 
uchun  ustuvor  va  birinchi  galda  bajarilishi  kerak  bo‘lgan  davlat  tomonidan 
rag‘batlantiriluvchi  yo‘nalishlarni  ishlab  chiqish  vositasida  amalga  oshiriladigan 
chora – tadbirlar hamda xorijiy investorlar uchun qulay investitsiya muhitini yaratish 
va  ular  kiritgan  mablag‘larning  yuqori  iqtisodiy  samaradorligiga  erishish  uchun 
mukammal xuquqiy baza, tegishli institutlar yaratish tizimidir.  
Iqtisodiyotni  rivojlantirishda  davlat  investitsiya  dasturini  shakllantirish  orqali 
yo‘naltirilayotgan  investitsiyalarning  barcha  shakllarini  faol  jalb  qilishda: 
mamlakatning  hududiy  va  tarmoq  tizimini  takomillashtirish  nuqtai-nazardan 
investitsiyalashga ta’sir etuvchi omillarni muvofiqlashtirgan holda qulay investitsion 
muhitni yaratish; chet el investitsiyasini jalb etuvchi hamda shu asosda tovar eksport 
qilishni  ko‘paytiruvchi  korxonalar  uchun  imtiyozlarni  kengaytirish;  investitsiya 
loyihalarini  iqtisodiyotning  makro  va  mikro  darajasidagi  ehtiyoj  va  imkoniyatlarni 
hisobga  olib,  ishlab  chiqish  asosida  xorijiy  kredit  liniyalarining  investitsiyalaridan 
oqilona foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Download 3,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish