2 – savol bayoni.
Monitoring, eng avvalo, loyihani moliyalashtirishga mablag‘
berish bitimiga tegishli barcha hujjatlarni va ularning shartlari bajarilishini, ularning
bank-kredit siyosatiga, qabul qilingan me’yorlar va tartiblarga muvofiqligini davriy
tekshirib borishni o‘z ichiga oladi. Navbatdagi qadam qarzdorning moliyaviy
layoqatini baholash bo‘lib, uning balansini, foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotini
hamda mijozning moliyaviy – xo‘jalik faoliyatini tavsiflovchi boshqa hujjatlarni
tahlil qilish asosida amalga oshiriladi.
Monitoringning yana bir muhim tomoni kreditni qoplashning ikkilamchi
manbai uning qaytarilishining ta’minotini tekshirish hisoblanadi. Bugungi kunda
respublikamizda har yili yuzlab loyihalarni moliyalashtirish amalga oshirilmoqda. Bu
loyihalar davlat byudjeti mablag‘lari, halqaro moliya institutlari kredit liniyalari
mablag‘lari hisobiga, byudjetdan tashqari fondlar, banklar, chet ellik va xususiy
investorlar tomonidan moliyalashtilar ekan, albatta, bu mablag‘larining qaytarilishi
va ma’lum miqdorda ularning foyda bilan ta’minlanishi talab etiladi. Ushbu
mablag‘larning muayyan foydasi bilan qaytishligini aniqlash, tekshirib borish va
tahlil qilib turish uchun kreditorlar tomonidan, shuningdek mol etkazib beruvchilar,
xususan, lizing, sug‘urta kompaniyalari va kafillik beruvchi tashkilotlar tomonidan
loiyhalarning monitoringi olib boriladi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida
ham moliyalashtirilayotgan barcha loyihalar ustidan monitoring olib borishning
umumiy tizimi joriy qilingan. Har bir moliyalashtiruvchi yoki kreditlashni amalga
oshiruvchi tashkilotlar o‘zlarining faoliyat turi va xususiyatlaridan kelib chiqib,
o‘zlariga xos bo‘lgan monitoring o‘tkazish tartibini ishlab chiqadilar va shu asosida
faoliyat yuritadilar.
Monitoringning mazmuni “ko‘zgu” degan ma’noni anglatadi.
151
Monitoringni yuritishda quyidagilar ko‘zda tutiladi:
1. Amalga oshirilmoqchi bo‘lgan loyihada nima ishlab chiqarish ko‘zda
tutilganligi.
2. Ishlab chiqarish jarayonini bilishlik, ya’ni mahsulot ishlab chiqarish
jarayonini boshidan oxirgacha kuzatib borish.
3. Ishlab chiqarish korxonasining tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va
ekologik jihatdan asoslanishi va tashkil etilishi.
4. Loyihani moliyalashtirish manbalarini aniqlash va uni moliyalashtirishni
amalga oshirish.
Monitoring olib borish bosqichlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
- korxonaning moliyaviy – xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
yig‘ish va qayta ishlash;
- olingan ma’lumotlar asosida korxonalarning moliyaviy – xo‘jalik holatini
tahlil etish;
- tahlil natijalari bo‘yicha xulosalar qilish va takliflar berish.
Dasturni amalga oshirilishi monitoringi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Maxkamasining 2000 yil 4 yanvardagi 1 - sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston
Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan
davlat monitoringi to‘g‘risidagi Nizomga va Vazirlar Maxkamasining 2005 yil 15
noyabrdagi 251 – sonli “Investitsiya loyixalarini tasdiqlash va amalga oshirish
monitoringi mexanizmlarini takomillashtirish, muruvvat yordamida yuklarini va
texnik ko‘maklashish mablag‘larini hisobga olish va nazorat qilish chora – tadbirlari
to‘g‘risida” gi Qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Dasturning davlat monitoringi:
-
investitsiya
loyihalarni
va
birinchi
navbatda,
markazlashtirilgan
investitsiyalardan foydalangan holda ro‘yobga chiqarilayotgan investitsiya
loyihalarini o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash;
- loyihalarni belgilangan tartibda tasdiqlangan parametrlarga (texnik-iqtisodiy
asoslar, texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar), tanlov savdolari (tenderlar) shartlariga rioya
qilish;
- amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha axborot bazasini shakllantirish;
- investitsiya loyihalarini amalga oshirishda paydo bo‘ladigan muammoli
masalalarni kuzatib borish;
- investitsiya iqlimini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish
maqsadida amalga oshiriladi.
Monitoring:
vazirliklar, idoralar tomonidan tashabbus ko‘rsatilgan investitsiya
loyihalari va takliflari yuzasidan – Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot – tahlil
departamentlari bilan birgalikda, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi, viloyatlar va toshkent shahar hokimimliklari hamda xorijiy investitsiyalar
jalb etilgan korxonalar tomonidan tashabbus Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda tashqi iqtisodiy
aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan.
Xorijiy invenstitsiyalar ishtirokidagi yirik va strategik muhim investitsiya
loyihalarini amalga oshirish yuzasidan – xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi strategik
muhim
investitsiya
loyihalarini
amalga
oshirish
masalalari
bo‘yicha
Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan amalga oshiriladi.
152
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan
monitoring:
•
investitsiya loyihalari tashabbuskorlari tomonidan tashqi iqtisodiy aloqalar,
investitsiyalar va savdo vazirligiga taqdim etiladigan tasdiqlangan reja –
jadvallarining bajarilishi to‘g‘risidagi vxboratlarni;
•
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika ko‘mitasi tomonidan Davlat
statistika ishlari dasturida belgilangan hajmda va muddatlarda taqdim etiladigan
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha xorijiy investitsiyalar va kreditlar ishtirokidagi
investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi to‘g‘risidagi yig‘ma statistika
axboratini;
•
Mavjud va potensial xorijiy investorlar faoliyatining normativ – huquqiy
bazasini takomillashtirish bo‘yicha ularning takliflarini o‘rganish asosida vaqti –
vaqti bilan tayyorlanadigan investitsiya muhiti sharhini;
•
Manfatdor vazirliklar va idoralar tomonidan taqdim etiladigan tezkor
axborotlarni;
•
Markazlashtirilgan manbalar hisobiga amalga oshiriladigan loyihalarni o‘z
vaqtida mablag‘ bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha axborotlarni tahlil qilish va
umumlashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik va strategik muhim investitsiya
loyihalarining amalga oshirilishi monitoringi Muvofiqlashtiruvchi kengash
tomonidan:
Tasdiqlangan reja – jadvallar bajarilishini, loyihalarni amalga oshirish
yuzasidan zarur ishlar kompleksini olib borishning texnologik izchilligiga rioya
etilishini nazorat qilish;
Texnik – iqtisodiy asoslashlarining asosiy qoidalarini ko‘rib chiqish,
loyihalarni amalga oshirish mumkinligi yuzasidan umumiy qarorlar qabul qilish;
Alohida yirik loyihalar, shu jumladan texnik – iqtisodiy asoslashlar
ko‘rsatkichlariga nisbatan loyihalarning qimmatlashishi yoki arzonlanishishi
mumkinligini hisobga olgan holda bazaviy loyihalashtirishni tasdiqlash;
Markazlashtirilgan manbalar hisobiga ajratiladigan mablag‘larning o‘z vaqtida
moliyalashtirilishini va ulardan samarali foydalanilishini ta’minlash, Xukumat
kafolati ostida jalb etiladigan qarz mablag‘larning o‘z vaqtida qaytarilishi
ta’minlanishini nazorat qilish;
Manfaatdor vazirliklar va buyurtmachi idoralar tomonidan ishlab chiqilgan
ehtiyot qismlar va komponentlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlarini,
shuningdek ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tashqi bozorlarga kirib borishi
bo‘yicha marketing dasturlarini ekspertizadan o‘tkazish;
Ayrim strategik muhim va yirik loyihalarni davlat tomonidan qo‘llab –
quvvatlash chora – tadbirlari, qurilishi amaldagi qonun hujjatlari buzilgan holda
amalga oshirilatgan loyihalarni mablag‘ bilan ta’minlashni to‘xtatib qo‘yish,
shuningdek investitsiya dasturi bajarilishi barbod bo‘lishiga yo‘l qo‘yuvchi vazirlar
va idoralar, korxonalar va buyurtmachi tashkilotlarning rahbarlarini javobgarlikka
tortish yuzasidan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish;
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik va strategik muhim investitsiya
loyihalarini o‘z vaqtida ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashuvi boshqa asosiy masalarni
ko‘rib chiqish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
153
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi va vakolatli banklardan olingan ma’lumotlar asosida investitsiya
dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risida yig‘ma axborot tayyorlaydi, xususan,
investitsiyalashdan oldingi tadqiqotlarning o‘z vaqtida o‘tkazilishi, texnik – iqtisodiy
asoslashlar va loyiha – smeta hujjatlarining ishlab chiqilishi to‘g‘risidagida
investitsiya loyiha – smeta hujjatlarining ishlab chiqilishi to‘g‘risida investitsiya
loyihalari tashabbuskorlarida olingan axborot;
Texnik – iqtisodiy asoslashlar va loyiha – smeta hujjatlari vakolatli ekspertiza
organlari tomonidan ekspertiza qilinganligi to‘g‘risidagi axborot tayyorlaydi.
Dasturning monitoring natijalari Dasturning amalga oshirilishi to‘g‘risidagi har
choraklik axborotlarni tayyorlashda hamda navbatdagi uch yillik davrga dasturni
shakllantirishda foydaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |