3.
Investitsiya loyihalarini baholashning oddiy va diskont usullari
1 – savol bayoni.
Investitsiya loyihalari samaradorligini baholash juda muhim
jarayon hisoblanib, u o‘z ichiga texnik-iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlarni tahlil
qilish va baholashni qamrab oladi. Investitsiya loyihalari samaradorligini baholash
orqali mablag‘larni samarali joylashtirish yo‘llarining eng optimalini tanlash
mumkin. Har qanday investitsiya loyihasini baholashning mazmuni bugungi
harajatlarni loyihadan olinadigan daromadlar oqlaydimi? degan savolga javob
topishdan iboratdir. Biroq, bu savol shunchalik oddiy bo‘lishiga qaramasdan, agar
diqqat bilan ko‘rib chiqilsa, uning ko‘plab qirralari ochiladiki, ba’zan unga bir xil
ma’nodagi javobni topish juda mushkul.
Investitsiya loyihalari samaradorligini baholash usuli – bu turli ob’ektlarga
uzoq muddatga kapital mablag‘larni qo‘yishning maqsadga muvofiqligini aniqlash
usuli bo‘lib, bunda qo‘yilgan mablag‘lar kelajakda foyda keltirishi va o‘zini to‘liq
qoplashi ko‘zda tutiladi. Har qanday investitsiya loyihasi, garchi u ko‘pgina ijobiy
tavsiflarga ega bo‘lsada, unga qo‘yilgan mablag‘lar, ya’ni qilingan investitsiya
harajatlari loyiha mahsuloti (ish, xizmat) sotishdan kelgan daromadlar bilan
qoplanmasa, ko‘rilgan foyda darajasi ko‘zda tutilgan darajada bo‘lmasa, u amalga
oshirilmay qoladi. Investitsiya loyihalarini tahlil qilish va baholashdan asosiy
maqsad, aynan ko‘zda tutilgan natijalarga erishishni realligini baholashdir.
Iqtisodiyoti rivojlangan malakatlarda turli loyihalarga qo‘yilgan mablag‘larning
foydaliligini (samaradorligini) taqqoslashga asoslangan baholash usullaridan keng
foydalanadilar. Bunda investitsiya loyihalaridan ko‘riladigan samara mablag‘larni
bankka foiz hisobida qo‘yishdan yoki qimmatbaxo qog‘ozlar sotib olishdan keladigan
daromad (foyda) bilan taqqoslanadi.
Investitsiya loyihalari samaradorligini baholashda loyihadan ko‘riladigan
daromadning ko‘pligiga, mehnat resurslarining kam sarflanishiga, loyihaning amalga
oshirish muddatining qisqaligiga, loyiha bo‘yicha ishlab chiqariladigan mahsulotning
sifatiga, bozorda tutgan o‘rniga, shuningdek, harajatlarning to‘g‘ri olib borilishiga
ko‘proq e’tibor beriladi. Shu bilan birga, baholashda pul oqimini to‘g‘ri ishlatilishi va
nazorat qilinishi ham katta ahamiyatga ega. Bunda kapital harajatlarni yerni ijaraga
olish, u yerda bino va inshootlar qurish, mashina va jixozlar yaratish yoki sotib olish,
mutaxassislar tayyorlash kabi ishlarga sarflanishi, joriy harajatlar esa, xom ashyo va
materiallar sotib olish, suv, energiya, mehnat va boshqa resurslarga sarflanishi
e’tiborga olinadi hamda daromadlar asosiy faoliyatdan keladigan daromadlar, ishlab
chiqarish harajatlarini pasaytirish, royalti, davlatning obligatsiyalari orqali keladigan
daromadlarga e’tibor qaratiladi. Investitsiya loyihalarini turli usullar bilan baholash
mumkin, lekin barcha usullarda eng asosiy e’tibor loyihalarning daromadlilik darajasi
hamda ko‘riladigan foydaning xajmini aniqlashga qaratiladi. Investitsiya loyihalari
samaradorligini baholashda aniq natijalarga erishish, ya’ni loyihalashtirishni
yakunlash, bozorga chiqish va undao‘z o‘rnini mustaxkamlash, belgilangan foydaga
erishish, qilingan investitsiya harajatlarini qoplash kabi natijalarga erishish uchun
155
belgilangan muddat ham ayniksa muhimdir. Shuningdek, baholashda ilmiy-tadqiqot
va konstruktorlik ishlarining samaradorligi ham hisobga olinadi. Buning muhimligi
shundan iboratki, tadqiqot va ilmiy izlanish ishlarining qisqa bo‘lishi bir tomondan
mablag‘larning kam sarflanishiga olib kelsa, ikkinchi tomondan nisbatan kam
muddatda loyiha amalga oshirilib, bozorga ertaroq yangi mahsulot olib chiqiladi va
hech bo‘lmaganda, qisqa muddat ichida korxona ushbu mahsuloti bilan bozorda
monopol mavqega ega bo‘lishi mumkin.
Shuni alohida qayd etish kerakki, har bir loyiha mamlakatda mavjud bo‘lgan
siyosiy va ijtimoiy sharoitlarni va ularning o‘zgarishini hisobga olgan holda
baholanishi lozim. Hozirgi paytda investitsiya loyihalarini tuzish va amalga oshirish
uzluksiz jarayon bo‘lganligi sababli uni tasvirlashda kompyuter texnikasidan keng
foydalanilmoqda. Bunda loyihaning texnik-iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlari
hamda tashqi iqtisodiy muhitni belgilovchi omillar hisobga olinib, loyihaning
matematik modeli tuziladi va shu model asosida loyihaning harajatlar va daromadlar
oqimi aniqlanadi, samaradorlik ko‘rsatkichlari hisoblanadi, ishlab chiqarish
natijalarining yillik balansi tuziladi hamda tashqi va ichki omillar ta’siri tahlil
qilinadi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda yirik ishlab chiqarish va moliya
korporatsiyalari ana shunday modellardan foydalanadilar. Shuningdek, bunday
modellardan investitsiya loyihalarini o‘rganuvchi va samaradorligini aniqlovchi turli
maslahatchi firmalar ham foydalanadilar.
O‘zbekiston Respublikasida Harakatlar strategiyasi asosida ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotida qo‘lga kiritilayotgan yuksak natijalar, eng avvalo, yangidan-yangi
zamonaviy tarmoq va ishlab chiqarish quvvatlarining yo‘lga qo‘yilishi, buning
ta’sirida mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatining sezilarli darajada ortib borayotgani,
yaratilayotgan mahsulot va ko‘rsatilayotgan xizmat turlarining ko‘payib, sifatining
tubdan yaxshilanib borishiga eng muhim va asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Birgina misol, 2008 yilda boshlangan, bugungi kunga qadar salbiy ta’sir va oqibatlari
saqlanib qolayotgan, keyingi yillarda rivojlangan mamlakatlardao‘zining yangi
“xuruji”ni namoyon etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi nafaqat ayrim
mamlakatlar, balki dunyoning deyarli barcha qit’alarida iqtisodiy siyosatning zaif
jihatlarini, ayniqsa, bank-moliya tizimining “mo‘rt” bo‘g‘inlarini oshkor etib qo‘ydi.
Ana shunday murakkab bir sharoitda mamlakatimiz iqtisodiyoti, bizning ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyot modelimiz yana bir bor hayot sinovidan muvaffaqiyatli o‘tib,
o‘zini to‘la oqladi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o‘zgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya
qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun
investitsiyalarni jalb qilish borasida bajarilayotgan ishlar alohida e’tiborga loyiq.
Shuning bilan birga 2019-2021 yillarda respublikamizda investitsiya siyosatini
takomillashtirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha qator ijobiy ishlar
amalga oshirildi. Jalb etilgan xorijiy investitsiyalarning asosiy qismi real sektorga,
yani ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirishga va texnikg‘texnologik qayta
qurollantirishga yo‘naltirildi. Xorijiy investitsiyalarni keng miqyosda jalb etish
natijasida mamlakatimizning eksport salohiyati sezilarli darajada oshdi, ko‘plab yangi
ish o‘rinlari yaratildi, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma tarmoqlari
faoliyatining samaradorligi ortdi.
Shu bilan birga investitsiyalarni jalb etish va ularning samaradorligini oshirish
bo‘yicha hal etilishi lozim bo‘lgan muammolar ham talaygina. Xususan, jalb etilgan
156
investitsiyalar hajmi iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish
uchun yetarli bo‘lmayapti, shuningdek, xorijiy investitsiyalar katta qismining bir
nechta mintaqalarda to‘planib qolganligi respublikamiz mintaqalarida mavjud tabiiy-
iqtisodiy salohiyatdan to‘liq foydalanish imkoniyatlarini cheklab qo‘ymoqda.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi ularning iqtisodiy yuksalishida faol investitsiya
siyosati markaziy o‘rinni egallashini tasdiqlaydi. Shu bois O‘zbekistonning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish maqsadlari uning investitsiya siyosatida to‘liq aks ettirilishini
taqozo etmoqda. Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik
va texnologik qayta jihozlash hamda zamonaviy, yuksak texnologiyalarga asoslangan
yangi ishlab chiqarishni tashkil etishni tezlashtirish borasida O‘zbekistonning o‘ziga
xos taraqqiyot yo‘lini o‘zida mujassam etgan Harakatlar strategiyasining eng muhim
jihatlaridan biri sifatida faol investitsiya siyosati olib borilishi uchun yo‘l ochib
berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |