X MODUL. RIVOJLANTIRISH DAVLAT DASTURLARINI
SHAKLLANTIRISH VA MOLIYALASHTIRISH
Reja:
1.
O‘zbekiston Respublikasining rivojlantirish davlat dasturi, uning mazmuni,
asosiy maqsadi, tamoyillari, shakllantirish tartibi bosqichlari va muddatlari
2.
Muhim investitsiya takliflarining yig‘ma ro‘yxati asosida investitsiya
loyihalari portfelini shakllantirish va tasdiqlash jarayoni. Rivojlantirish
davlat dasturlarini amalga oshirish ustidan nazorat
1 – savol bayoni.
O’zbekiston Respublikasining investitsiya dasturi bu – davlat
tomonidan horijiy investitsiyalarni qo’llab quvvatlash uchun ustuvor va birinchi galda
bajarilishi kerak bo’lgan davlat tomonidan rag’batlantiruvchi yo’nalishlarni ishlab
chiqish vositasida amalga oshiriladigan chora – tadbirlar xamda horijiy investitsiyalar
uchun qulay investitsiya muxitini yaratish va ular kiritgan mablag’larning yuqori
iqtisodiy samaradorligiga erishish uchun mukammal huquqiy baza, tegishli institutlar
yaratish tizimidir.
O’zbekiston Respublikasining investitsiya dasturi – ichki va tashqi siyosatning
umumyi yo’nalishi hisobga olingan ijtimoiy – iqtisodiy va husasiy ho’jalik qarorlari
majmuasi bo’lib, mablag’lardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish
maqsadida ichiga va horijga kiritilgan sarmoyalarning yo’nalishi va joylashuvini
belgilaydi. Ishlab chiqarish salohiyatining o’sishi, iqtisodiy o’sish sur’atlari, moddiy
va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarish hajmi va sifatining ko’tarilishi va butun
infrastrukturaning rivojlanishi ko’p jihatdan investitsiya va investitsiya dasturiga
bog’liq. Investitsiya dasturi davlatning investitsiya mablag’larini mamlakatda moddiy
boyliklar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun safarbar qilish vazifasidan iboratdir.
Tashkiliy – huquqiy jihatdan davlat siyosatining bu sohasi uning tegishli idoralari
tomonidan ushbu siyosatning maqsad va vazifalari amalga oshiriladigan faoliyatdir.
Investitsiya dasturining tashqi tomoni ham bor bo’lib, u iqtisodiyotni zamonaviy
texnika, texnalogiya va ishlab chiqarishni tashkil etish asosida jadal rivojlantirish
vazifasini hal etish uchun iqtisodiyotga chet el investitsiyalarini jalb etishni o’z ichiga
oladi. Bu vazifani qo’shma korhonalar barpo qilish, ya’ni to’g’ridan –to’g’ri xorijiy
hususiy investitsiyalardan foydalanish yo’li bilan hal etish mumkin. Shu munosabat
bilan xorijiy investitsiyalarni huquqiy tartibga solish masalalari dolzarblashadi. Aniq,
samarador va xayotiy rioya qilinadigan qonunlariga ega bo’lgan ochiq va liberal
investitsiya dasturi xorijiy investitsiyalarni jalb etishning qudratli qurolidir. Bynday
siyosatni ishlab chiqish respublikaning asosiy vazifalaridan biri bo’lib qolishi kerak
72
.
Do'stlaringiz bilan baham: |