143
qilindi. Qarorda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi amaldagi yakka tartibdagi va
idoraviy smeta me’yorlarini, ularning maqsadga muvofiqligini, asoslanganligini
hamda qo‘mitaning me’yoriy hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligini
aniqlash maqsadida to‘liq xatlovdan o‘tkazilishi hamda xatlovdan o‘tkazish uchun
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi ekspert komissiyalari tashkil etilishi hamda idoraviy
smeta me’yorlarini keskin qisqartirish chora-tadbirlari belgilab berildi.
Shuningdek, joriy shartnomaviy narxlarni belgilash uchun idoraviy smeta
me’yorlari faqat ular “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi bilan belgilangan tartibda
majburiy ravishda kelishib olingan taqdirda kuchga ega bo‘lishi qayd etilgan. Kapital
qurilish sohasida tovarlar, ishlar va xizmatlar haridining yagona tizimini yaratish,
tanlov savdolarini tashkil etish va o‘tkazish mexanizmini yanada takomillashtirish
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 3 iyuldagi
“Kapital qurilishda tanlov savdolari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 302-sonli Qarori qabul qilinib, unda:
– markazlashtirilgan manbalar, davlat boshqaruv organlari va davlat korxonalari
mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan kapital qurilish bilan bog‘liq tovarlar,
ishlar va xizmatlar haridi faqat tanlov savdolari natijalari bo‘yicha amalga oshirishi;
– kapital qurilish bilan bog‘liq tovarlar, ishlar va xizmatlarni harid qilishda
tanlov savdolari majburiy o‘tkazilishi uchun buyurtmachilar, tanlov savdolarini
o‘tkazishning belgilangan tartibiga rioya qilinishi uchun qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan tartibda tanlov savdolari tashkilotchilari javob berishlari;
– sifatli bajarilgan ishlar va xizmatlarni o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirish
yuzasidan shartnoma shartlari bajarilmaganligi uchun shartnoma shartlariga muvofiq
buyurtmachi moddiy javob berishi, shuningdek, ko‘rsatib o‘tilgan sabablar natijasida
soliq organlari tomonidan hisoblangan, ularga to‘langan jarimalar va penyani
pudratchiga to‘liq qoplashi;
– tanlov savdolari natijalari bo‘yicha tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan
shartlarning o‘zgarishi, buyurtmachi bilan pudratchi o‘rtasida kelishuv mavjudligidan
qat’iy nazar, faqat ular belgilangan tartibda tanlov komissiyasi tomonidan ko‘rib
chiqilgandan va tasdiqlangandan keyin qabul qilingan, deb hisoblanishi;
– qurilishning amaldagi qiymatini tanlov savdolari natijalari bo‘yicha
shartnomada belgilangan shartnomaviy narxga nisbatan kamaytirish natijasida
tejalgan mablag‘lar pudrat tashkilotining tasarrufida qolishi belgilab qo‘yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: