Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти


 – mavzu: Kapital qurilishda loyihalashtirish



Download 3,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/258
Sana21.01.2022
Hajmi3,58 Mb.
#394022
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   258
Bog'liq
investitsiya-converted

9.2 – mavzu: Kapital qurilishda loyihalashtirish 
Reja: 
1. 
Buyurtmachi  va  pudratchining  huquq  va  majburiyatlari.  Qurilish-montaj 
ishlarining smeta qiymati tarkibi va tuzilishi 
2. 
Kapital qo‘yilmalar samaradorligini baholash 
 
1  –  savol  bayoni.
  Kapital  qurilish  tizimida  buyurtmachi  va  pudratchilarning 
ma’lum  huquqlar  va  majburiyatlarga  ega.  Buyurtmachi  quyidagi  huquqlarga  ega: 
talabgorning malakasini oldindan aniqlash yoki buningsiz tanlov savdolari o‘tkazish 
to‘g‘risida  qaror  qabul  qilish;  rasmiy  farmoyish  beruvchi  hujjat  chiqargan  holda 
tanlov  savdolarini  o‘tkazish  shakli,  turi  va  sanasini  belgilash;  tanlov  savdolari 
tashkilotchisi  funksiyasini  amalga  oshirish  (ushbu  funksiyalarni  jalb  etiladigan 
tashkilotga  berishi  mumkin);  mustaqil  ravishda  yoki  ixtisoslashtirilgan  tashkilotni 
jalb etgan holda tanlov savdolari predmetining boshlang‘ich qiymatini belgilash. 
Buyurtmachining majburiyatlari quyidagilardan iborat: 
–  barcha  ishlar  bajarib  bo‘linganidan  keyin  belgilangan  narxning  hammasini 
pudratchiga  to‘lashi  yoki  ishlarning  ayrim  bosqichlari  tugallanganidan  keyin 
narxning tegishli qismini to‘lashi; 


140 
 
–  pudratchidan  olingan  loyiha-smeta  hujjatlaridan  faqat  shartnomada  nazarda 
tutilgan maqsadlarda foydalanishi, loyiha-smeta hujjatlarini pudratchining roziligisiz 
uchinchi shaxslarga bermasligi va undagi ma’lumotlarni oshkor qilmasligi; 
– loyiha va qidiruv ishlarini bajarishda shartnomada nazarda tutilgan hajmda va 
shartlarda pudratchiga xizmat ko‘rsatishi; 
–  tayyor  bo‘lgan  loyiha-smeta  hujjatlarini  tegishli  davlat  organlari  va 
fuqarolarning  o‘zini-o‘zi  boshqarish  organlari  bilan  kelishib  olishda  pudratchi  bilan 
birga qatnashishi; 
–  pudratchiga  bog‘liq  bo‘lmagan  holatlar  tufayli  loyiha  va  qidiruv  ishlarini 
bajarish  uchun  boshlang‘ich  ma’lumotlar  o‘zgarishi  bilan  bog‘liq  qo‘shimcha 
harajatlarni pudratchiga to‘lashi; 
–  tayyorlangan  loyiha-smeta  hujjatlarining  yoki  bajarilgan  qidiruv  ishlarining 
kamchiliklari  borligi  munosabati  bilan  uchinchi  shaxs  tomonidan  buyurtmachiga 
nisbatan  qo‘zg‘atilgan  da’vo  yuzasidan  ishda  qatnashishga  pudratchini  jalb  qilishi 
shart. 
Pudratchining  majburiyatlari.  Loyiha  va  qidiruv  ishlari  pudrat  shartnomasiga 
muvofiq pudratchi: 
– ishlarni loyihalash haqidagi topshiriq va boshqa boshlang‘ich ma’lumotlarga 
muvofiq bajarishi; 
–  tayyor  bo‘lgan  loyiha-smeta  hujjatlarini  buyurtmachi  bilan  kelishib  olishi, 
shuningdek, buyurtmachi bilan birga tegishli davlat organlari va fuqarolarning o‘zini-
o‘zi boshqarish organlari bilan kelishib olishi; 
–  tayyor  bo‘lgan  loyiha-smeta  hujjatlarini  va  qidiruv  ishlari  natijalarini 
shartnomada belgilangan muddatlarda buyurtmachiga topshirishi; 
–  buyurtmachining  roziligisiz  loyiha-smeta  hujjatlarini  uchinchi  shaxslarga 
bermasligi shart. 
Kapital  qurilishda  buyurtmachi  tomonidan  quyidagilar  ta’minlanadi:  yer 
uchastkasini  tanlash  va  ajratish,  birlamchi  ruxsat  beruvchi  hujjatlarni  va  qurilish 
hududini  tayyorlash,  loyiha  oldi  ishlarini  tashkil  etish,  loyihaning,  ish  hujjatlarining 
(ob’ektni  foydalanishga  tayyor  holda  qurish  hollaridan  tashqari)  va  tanlov 
hujjatlarining  tasdiqlanadigan  qismini  kelishish,  ekspertizadan  o‘tkazish  va 
tasdiqlash;  loyihalovchi  va  pudratchini  (bosh  pudratchini)  tanlov  savdolari  orqali 
tanlash; ishlarni bajarish va moliyalashtirish jadvallari bilan birgalikda shartnomalar 
tuzish;  qurilish  ob’ektini  Davlat  arxitektura  qurilish  nazorati  organlarida  ro‘yxatdan 
o‘tkazish;  pudratchiga  qurish  uchun  birlamchi  ruxsat  beruvchi  hujjatlarni  berish; 
buziladigan,  ko‘chiriladigan  yoki  rekonstruksiya  qilinadigan  binolarda,  shuningdek, 
ob’ekt  qurilishi  hududida  yashayotgan  shaxslarni  ko‘chirish;  moliyalashtirish, 
pudratchi tomonidan qabul qilingan shartnoma majburiyatlariga va shartnomada qayd 
etilgan boshqa funksiyalarga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish; texnik kuzatish va 
ob’ekt  qurilishi  ustidan  texnik  nazorat  qilish;  qurilishi  tugallangan  ob’ektni 
belgilangan  tartibda  foydalanish  uchun  qabul  qilish;  kafolatli  davrda  aniqlangan 
nuqsonlar bartaraf etilishi ustidan nazorat qilish. 
Pudratchi tomonidan quyidagilar ta’minlanadi: ish hujjatlarini ishlab chiqish va 
uning  texnologiya  qismini  buyurtmachi  bilan  kelishgan  holda  qurilish  jarayonida 
(ob’ekt  foydalanishga  tayyor  holda  qurilganda)  ekspert  kuzatish;  ish  hujjatlarini 
(ob’ekt  foydalanishga  tayyor  holda  qurilganda)  texnologik  izchillik  va  ob’ekt 
qurilishining  aniq  shartlari  bilan  bog‘liqlikda  hajmlar  va  muddatlarda  ishlab 


141 
 
chiqarishga  berish;  ishlarni  bajarish  jadvaliga  muvofiq  hamda  belgilangan 
standartlarga,  qurilish  me’yorlari  va  qoidalariga  rioya  qilgan  holda  tasdiqlangan 
loyihada  nazarda  tutilgan  ishlarni  bajarish;  shartnomaga  muvofiq  qurilishni  asbob-
uskunalar, konstruksiyalar va qurilish materiallari bilan butlash; 
Buyurtmachi va pudratchi qonun hujjatlariga va shartnoma shartlariga muvofiq 
boshqa  funksiyalarni  ham  bajaradi.  Buyurtmachi  bilan  pudratchi  o‘rtasidagi 
vazifalarni aniq taqsimlash, shuningdek, ularning mulkiy javobgarligi darajasi qonun 
hujjatlariga  va  tanlov  savdosi  shartlariga  muvofiq  aniq  bir  pudrat  shartnomasini 
tuzishda  aniqlashtiriladi.  Ob’ektni  foydalanishga  qabul  qilib  olish  belgilangan  sifat 
standartlari  hisobga  olingan  holda  «Davarxitektqurilish»  qo‘mitasi  organlarining 
xulosasi  asosida  buyurtmachi  tomonidan  ta’minlanadi.  Qurilishning  qiymati  va  uni 
moliyalashtirish  hajmlarini  aniqlash,  shuningdek,  buyurtmachi  va  pudratchi 
o‘rtasidagi  hisob-kitoblarni  amalga  oshirishga  oid  hujjat  smetani  anglatadi  va  u 
tayyor qurilish mahsulotining bahosini ifodalaydi.  
Pudrat  shartnomasida  bajariladigan  ishning  bahosi  yoki  uni  aniqlash  usullari 
ko‘rsatiladi.  Pudrat  shartnomasidagi  ishning  bahosi  pudratchining  chiqimlarini  va 
unga  to‘lanadigan  haqni  o‘z  ichiga  oladi.  Ishning  bahosi  smeta  tuzish  yo‘li  bilan 
aniqlanishi  mumkin.  Ish  pudratchi  tomonidan  tuzilgan  smeta  bo‘yicha  bajarilgan 
taqdirda,  smeta  buyurtmachi  tomonidan  tasdiqlangan  paytdan  boshlab  kuchga  ega 
bo‘ladi  va  pudrat  shartnomasining  bir  qismi  bo‘lib  qoladi.  Ishning  bahosi  (smeta) 
taxminiy  yoki  qat’iy  bo‘lishi  mumkin.  Pudrat  shartnomasida  bunday  ko‘rsatma 
bo‘lmasa,  ishning  bahosi  (smeta)  qat’iy  hisoblanadi.  Qurilish  shartnomasida 
quyidagilar  aks  ettiriladi:  tomonlarning  majburiyatlari,  etkazilgan  zararlarni  qoplash 
tartibi;  mavjud  muammolarni  hal  qilish  yo‘llari,  xo‘jalik  sudiga  da’vo  arizasini 
kiritish tartibi; shartnoma ishtirokchilarining malakasini tasdiqlash. 
Smeta  asosida  qurilish  ishlari  harajatlari:  texnologik,  energetik,  ko‘tarma-
transport  va  boshqa  uskunalar,  korxona  faoliyat  ko‘rsatishi  uchun  zarur  bo‘lgan 
boshqa asboblar va ishlab chiqarish inventarlari haridi harajatlari; ushbu uskunalarni 
o‘rnatish  ishlari  harajatlari;  qurilish  maydonini  o‘zlashtirish  harajatlari;  texnik  va 
mualliflik  nazoratini  amalga  oshirish  harajatlari;  loyiha  hujjatlarini  ishlab  chiqish 
harajatlarini o‘z ichiga oluvchi kapital qo‘yilmalar hajmi aniqlanadi. Qurilish-montaj 
ishlarining  smeta  qiymati  buyurtmachilar  va  pudratchilar,  uskunalar  etkazib 
beruvchilar  bilan  shartnomalar  tuzish  va  shartnoma  bahosini  aniqlash  hamda  ular 
o‘rtasida hisoblashishni amalga oshirish uchun ishlatiladi. 
Smeta  qiymati  ko‘rsatkichlari  ishlab  chiqarish  va  noishlab  chiqarish 
ob’ektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyihaviy echimlar variantlarini 
baholash  va  ulardan  iqtisodiy  jihatdan  maqsadga  muvofig‘ini  tanlash  uchun  zarur 
bo‘ladi.  Bundan  tashqari,  smeta  qiymati  qurilishni  tashkil  etish  va  ishlarni  bajarish 
variantlarini  taqqoslash,  konstruktiv  va  bajariladigan  ishlar  hajmini  aniqlash  hamda 
qurilish materiallari va uskunalarni tanlash uchun ishlatiladi.  
Loyihaning  smeta  qismi  o‘z  tarkibiga  qurilish  bo‘yicha  yig‘ma  smetani  va 
ob’ekt qurilishi bo‘yicha smetani hamda bajarilgan ish  turlarini  qamrab oladi.  Bino 
va  korxona  qurilishi  bo‘yicha  yig‘ma-smeta  qurilishni  moliyalashtirishni  amalga 
oshirishdagi asosiy hujjat hisoblanadi.  
Yig‘ma-smeta  quyidagi  harajat  turlarini  o‘zida  aks  ettirishi  lozim:  qurilish 
maydonini  tayyorlash;  ishlab  chiqarish  ahamiyatiga  oid  asosiy  ob’ektlar;  ishlab 
chiqarish  va  xizmat  ko‘rsatish  ahamiyatiga  oid  yordamchi  ob’ektlar;  transport 


142 
 
xo‘jaligi  va  aloqa  ob’ektlari;  elektroenergetika  ob’ektlari;  kanalizatsiya,  issiqlik  va 
gaz ta’minoti, suv ta’minoti; korxona hududini obodonlashtirish; vaqtinchalik bino va 
inshootlar; loyihaviy va qidiruv ishlari; boshqa ishlar. 
Qurilish uchun yig‘ma-smetada kutilmagan ishlar va harajatlar uchun quyidagi 
miqdorlarda mablag‘lar zaxirasi ko‘zda tutiladi: yakka tartibdagi ob’ektlar qurilishini 
ko‘zda  tutuvchi  sanoat,  qishloq  xo‘jaligi,  transport  inshootlari  va  korxonalarini 
qurishdagi  barcha  harajatlar  umumiy  qiymatining  5  foizi  miqdorida;  barcha  tarmoq 
korxonalarining  namunaviy  loyihalari  bo‘yicha  ob’ektlar  barpo  etilishidagi  barcha 
harajatlar umumiy qiymatining 3 foizi miqdorida. Hozirgi iqtisodiy sharoitda qurilish 
ob’ektlari smeta qiymatini aniqlash bosqichma-bosqich amalga oshiriladi: 
1.
 
TIA  tarkibidagi  loyiha  oldi  bosqichida  TIA  ko‘rsatkichlarining  hisob-
kitoblari natijasida ob’ektlar barpo etilishidagi taxminiy harajatlar aniqlanadi. 
2.
 
Loyiha-smeta  hujjatlarini  ishlab  chiqish  bosqichida  loyihalashtiruvchilar 
amalga  oshirilgan  hisob-kitoblar  va  smeta  me’yorlarini  qo‘llash  natijasida  ob’ekt 
qurilishining  smeta  qiymatini  aniqlaydi,  shu  jumladan,  lokal  smetalari,  alohida 
bajariladigan  ishlar  uchun  harajatlar  qiymati  va  qurilish  qiymatining  yig‘ma-smeta 
hisob-kitobi.  Ob’ektning  smeta  qiymatini  aniqlashda  quyidagi  ko‘rsatkichlar 
qo‘llaniladi: bevosita harajatlar – BX; ustama harajatlar – UX; rejali jamg‘arma – RJ 
(smeta foydasi). Unga ko‘ra, qurilish mahsulotining (ob’ektining) smeta bahosi (SB) 
quyidagi tenglik bilan ifodalandi: 

Download 3,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish