investitsiyani qoplash davri deb ataladi. Bu ko‘rsatkich
iqtisodning ishlab chiqarish sohasiga qo‘yilgan kapital qo‘yilmaning samaradorligini
ko‘rsatadi. Investitsiyani qoplash davri kichik biznes sohasida 2-3 yil, uzoq muddatli
qo‘yilmalar esa 10-15 yilgacha davom etadi. Kapital qo‘yilmalarni qoplash davrining
me’yorlari degan tushuncha mavjud bo‘lib, bu xalq xo‘jaligi yoki tarmoqlarda
qo‘yilgan kapital qo‘yilmalarning qoplash davrining o‘rtacha miqdori deb
158
tushuniladi. O‘rta hisobda investitsiyani qoplash davri qilib iqtisodda 6-8 yil deb
qabul qilingan.
Investitsiyaning milliy daromaddagi hissasi