Po‘latlarga termik ishlov berishda uchraydigan
nuqsonlar
Po‘latlarga
termik ishlov berishda uning markasiga, shakliga va
o‘lchamlariga qarab ishlov rejimi belgilanib, texnologik krita qayd etiladi. Bu
rejimga qat’iy rioya etish lozim, aks holda sirt yuzalarining oksidlanishi,
uglerodsizlanishi, donlarining yiriklashishi, chala toblanishi, tob tashlashi,
ba’zan darz ketish hollari yuz berishi mumkin. Masalan, alangali pechlarda
buyumlarga termik ishlov berishda pech bo‘shlig‘idagi havo kislorodi
hisobiga sirt yuzasining oksidlanishi sodir bo‘ladi. Toblangan buyumlardagi
ichki zo‘riqish kuchlanishining (termik va strukturali) katta bo‘lishi
deformatsiyalanishga, ba’zan darz ketishga olib keladi. Shu boisdan ularni
kamaytirish maqsadida termik ishlovlarda tehnologik kartada ko‘rsatilgan shart
va rejimlarga alohida e’tibor berilmog‘i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |