Milliy g‟oya – O‟zbekiston xalqining ishonch-e‟tiqodi manbai
Reja:
1. Jamiyatni erkinlashtirish va davlat qurilishini demokratlashtirishda milliy
g‘oyaning roli.
2. Demokratiya tamoyillari tizimida mafkuraviy plyuralizmning ahamiyati.
G‘oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni qonuniy-huquqiy boshqarish masalalari.
3. ―Vatanni sevmoq iymondandir‖ g‘oyasining mazmuni va ahamiyati.
Mustaqillik yillarida shakllanish yо‗liga kirgan milliy istiqlol mafkurasi
xalqimizning asriy an‘ana va qadriyatlarini, milliy о‗zligimizni о‗zida
mujassamlashtirib, ularni umuminsoniy qadriyatlar, dunyo sivilizatsiyasi yutuqlari
hamda ilg‗or, taraqqiyparvar g‗oyalar bilan boyitib, mamlakatimiz о‗z oldiga
qо‗ygan ezgu maqsad va vazifalarni aniq-ravshan aks ettiradi. Uning vositasida har
bir vatandoshimiz biz qanday jamiyat,qanday davlat, qanday tuzum barpo
etmoqdamiz, uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma‘naviy asoslari nimalardan iborat,
degan savollarga javob topa oladi.
Davlatimiz rahbari Islom Karimovning «О‗zbekistonning о‗z istiqlol va
taraqqiyot yо‗li», «О‗zbekiston buyuk kelajak sari», «О‗zbekiston XXI asrga
intilmoqda» kabi asarlarida hamda kо‗plab ma‘ruza va nutqlarida О‗zbekiston xaqi
qanday maqsad sari intilayotgani, qanday jamiyat barpo etgani ilmiy asosda keng
va atroflicha yoritib berilgan.
Ayniqsa, Prezidentimizning «О‗zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarida
mustaqil taraqqiyot yillarida orttirilgan tajribalarga tayangan holda, sobiq sovet
tuzumining og‗ir asoratlariga qaramay, yurtimiz katta rivojlanish yо‗li,
О‗zbekiston yangi asrga qanday rejalar bilan kirib borayotgani asoslanadi.
Yurtimizda ma‘no-mohiyatiga kо‗ra butunlay yangi jamiyat barpo etish va XXI
asrning dastlabki yillariga mо‗ljallangan taraqqiyot strategiyasining ustuvor
yо‗nalishlari kо‗rsatib berilgan.
Ma‘lumki, biz qanday jamiyat barpo etmoqdamiz, degan masala mustaqillikka
erishganimizdan buyon dolzarb ahamiyat kasb etib kelmoqda. Bu masala
Prezidentimizning mazkur asarida ayniqsa о‗zining tugal va mukammal ifodasini
topdi. Unda qurilajak yangi jamiyatning ilmiy-falsafiy konsepsiyasi, jamiyat
hayotini tubdan isloh etishning navbatdagi strategik vazifalari asoslab berilgan.
Ana shu masalalarni bajarish milliy istiqlol g‗oyasining pirovard maqsadlarini
belgilaydi va bu maqsadlarga yetishga xizmat qiladi.
Bizning bosh strategik maqsadimiz – ozod va obod Vatan, erkin va farovon
hayot, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etishdir.
Bozor iqtisodiyoti, eng avvalo, kо‗pmulkchilikka va ular о‗rtasidagi raqobatga
tayanadi. Unda mulkning barcha qonuniy shakllari teng huquqqa ega bо‗lib, bu
huquq davlat tomonidan kafolatlanadi. Iqtisodiy taraqqiyotni bozordagi talab va
taklif yо‗lga soladi va boshqara boshlaydi. Uni markazdan turib boshqarishga,
mablag‗ va fondlarni rejali taqsimlashga hojat qolmaydi. Sobiq sotsialistik
mamlakatlarning tajribasi shuni kо‗rsatadiki, markazdan turib boshqariladigan
rejali iqtisodiyot oxir-oqibatda baribir tanazzulga yuz tutadi.
Kо‗pmulkchilikka asoslangan bozor iqtisodiyotini joriy qilish orqali yurtimizda
yashaydigan barcha insonlar uchun millati, tili va dinidan qat‘i nazar, munosib hayot
sharoiti yaratib berish, rivojlangan demokratik mamlakatlardagi kabi kafolatlangan
turmush darajasi va erkinliklarni ta‘minlash — davlatimiz siyosatining mazmun-
mohiyatini ifodalaydi.
Lekin bozor iqtisodiyoti munosabatlariga о‗tish va ularni amalda joriy qilishning
tayyor andozasi yо‗q. Bu borada biz hatto jahondagi eng yuksak rivojlangan
mamlakatlar tajribasini ham kо‗r-kо‗rona qо‗llay olmas edik. Chunki bizning
mamlakatimiz iqtisodiyotining tarkibiy tuzilishi, qazilma boyliklari va iqlim
sharoiti, tabiiy resurslari, xalqimizning mentaliteti, aholi tarkibi va о‗sishi biror
mamlakatnikiga aynan о‗xshamaydi. Boshqa davlatlarda yaxshigina samara
beradigan taraqqiyot modeli bizda hech qanday natija bermasligi yoki aksincha,
inqirozni yanada chuqurlashtirishi mumkin edi. (Masalan, ayrim Hamdо‗stlik
mamlakatlarining shok terapiyasi usulini qо‗llab, qiyin ahvolga tushib qolganini
eslang).
Shu bois xalqimiz irodasi bilan tanlab olingan va о‗zimizga mos rivojlanish bu
— ijtimoiy larzalarsiz, inqilobiy sakrashlarsiz, tadrijiy tarzda olg‗a borishni taqozo
etadigan yо‗ldir. Milliy istiqlol g‗oyasi ana shu yо‗lda fuqarolarni birlashtiradi,
yakdil va hamfikr bо‗lishlariga xizmat qiladi. Jamiyat taraqqiyotining ustuvor
yо‗nalishlarini qat‘iy belgilab olib, asosiy kuch va imkoniyatlarni bir joyga tо‗plab,
avvalo ana shu ustuvor yо‗nalishlar bо‗yicha taraqqiyotni ta‘minlash, islohotlarni
bosqichma-bosqich amalga oshirish orqali bozor munosabatlariga asoslangan
demokratik odil jamiyat barpo etish О‗zbekiston tanlagan yо‗lning ma‘no-
mazmunini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |