Milliy g‟oyada ma‟naviy va moddiy hayot uyg‟unligi
Reja:
1.
Ma‘naviy va moddiy hayot tushunchalari ma‘no mazmuni. Milliy
g‘oyaning ma‘naviy va moddiy hayot uyg‘unligiga asoslanishi.
2.
Moddiy ehtiyojlarni insonning ruhiy olamiga qarama-qarshi qoyish,
ularning biriga ustunlik berishning samarasiz ekanligi.
3.
Moddiy va ma‘naviy omillarni o‘zaro uyg‘unlashtirish, shu asosda
inson, davlat va jamiyat hayotini yuksaltirish masalasi.
Inson oziq-ovqat, kiyim-kechak, yashash joyga muxtoj. Hayvonot dunyosi ham
oziq-ovqatga muxtojlik sezadi. Inson ishlab chiqarish orqali о‗z ehtiyojlarini
qondiradi, hayvonlar esa hech nima ishlab chiqarmaydilar. Insonlarning moddiy
ishlab chiqarish jarayonlari va bu borada yuzaga keladigan munosabatlarni
iqtisodiyot fani о‗rganadi.
Iqtisod va ma‘naviyat о‗zaro chambarchas bog‗liq. Ma‘naviyatsiz iqtisod va
iqtisodiyotsiz ma‘naviyat yuksak bosqichga kо‗tarila olmaydi.
Oldin iqtisodiy masalalarni, vazifalarni hal qilib, sо‗ng ma‘naviyat bilan
shug‗ullanish lozim deguvchilar qattiq adashadi va aldanadilar. Bunday yо‗l, usul
xato va notо‗g‗ridir.
Iqtisodiyotning siyosatdan ustivorligini yurtboshimiz Islom Karimov bozor
munosabatlariga о‗tishning asosiy tamoyillaridan biri ekanligini qayta-qayta
uqtirib kelmoqdalar. Bundan ayrim kishilar bizga mafkura, siyosat kerak emas,
degan notо‗g‗ri xulosaga kelib ijtimoiy fanlarga nisbatan notо‗g‗ri munosabat
bildira boshlagan davrlar ham bо‗ldi. Bu nо‗noq, uzoqni kо‗ra bilmaydigan
odamlar fikri. Oldingi ma‘ruzalarimizda aytganimizdek, ma‘naviyatsiz jamiyat
bо‗lishi mumkin emas. Har qanday iqtisodiy masalalarni ma‘lum ma‘naviyat va
ma‘rifat sohiblari hal etadilar. Mamlakat qanchalik iqtisodiy rivojlangan bо‗lsa, bu
mamlakatda ma‘naviyat va ma‘rifat shuncha yuksak bо‗ladi. Yuksak ma‘naviyat
va ma‘rifatga ega bо‗lgan mamlakatning iqtisodiy kuch-qudrati ham yuqori
bо‗ladi. Demakki, ma‘naviyati va ma‘rifati yuksak inson yurt, mamlakat, xalqi
oldida о‗ziga yuklatilgan mas‘uliyatni chuqur his etadi. Shu yurt, mamlakat, xalq
uchun halol, fidokorona yaratuvchilik, bunyodkorlik mehnati bilan uning
yuksaklikka parvozi uchun о‗z hissasini qо‗shishi kerakligini teran his etadi.
Shunday qilib, yuksak ma‘naviyat va ma‘rifat yuksak iqtisod, yuksak iqtisod esa
yuksak ma‘naviyat va ma‘rifat bilan bog‗lanib ketadi.
Ayrim kishilar erkin bozor iqtisodi sharoitida ma‘naviy-ma‘rifiy va axloqiy
qadriyatlarning qiymati tushib ketadi, madaniyat ikkinchi darajali narsaga
aylanadi, ma‘naviy qashshoqlik avj oladi, deb da‘vo qiladilar. Erkin bozor
iqtisodiyoti bilan ma‘naviyatni bunday qarama-qarshi qо‗yish mutlaqo о‗rinsiz,
aksincha yuqorida aytganimizdek ular bir-birlarini tо‗ldiradi, chunki faqat
ma‘naviy sog‗lom, kuchli jamiyatgina islohatlarga tayyor bо‗lishi mumkin.
Demak, ma‘naviyat va iqtisod bir-birini inkor etmaydi, balki bir-birini
quvvatlab, о‗zaro ta‘sirlanib, rivojlanib boradi. Hozirda iqtisodiy islohotlarning
yangi, yuqori bosqichiga о‗tayotgan ekanmiz, demak ishlab chiqarish tarmoqlari
ishga tushib, iqtisodiy yuksalish yuz beradi. Bu esa fan, madaniyat va ma‘naviyat
taraqqiyotiga ijobiy ta‘sir qiladi.
Yurtboshimiz Islom Karimov aytganidek, О‗zbekiston о‗z yer osti boyliklari
bilan haqli suratda fahrlanadi. Bu yerda mashhur Mendeleyev davriy sistemasining
deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2700 dan ziyod turli foydali
qazilma konlari istiqbolli joylar aniqlangan. Ularning birgalikdagi qiymati
mamlakatimiz va xorijiy mutaxassislar bahosiga kо‗ra 3,3 trillion AQSH
dollaridan ortiqroq baholanayotir.
Har yili respublika konlaridan taxminan 5,5 milliard dollarlik miqdorda foydali
qazilmalar olinmoqda.
Bir qator foydali qazilmalar, chunonchi, oltin, uran, mis, tabiiy gaz, volfram,
kaliy tuzlari, fosforitlar, kaolinlar bо‗yicha О‗zbekiston dunyoda yetakchi
о‗rinlardan birini egallaydi. Masalan, oltin zahiralari bо‗yicha О‗zbekiston
dunyoda 4-о‗rinda, qazib olish bо‗yicha 7-о‗rinda, mis zahiralari bо‗yicha 10-11-
о‗rinda, uran zahirasi bо‗yicha 7-8-о‗rinda turadi.
О‗zbekiston noyob yoqilg‗i-energetika resurslariga ega ekanligi bilan ham
ajralib turadi. Qidirib topilgan gaz zahiralari 2 trillion kub metrga yaqin, kо‗mir -
2 milliard tonnadan ortiq, 350 million tonnaga yaqin neft zahiralari mavjud.
О‗zbekistonning yirik sanoati 200 tarmoqni о‗z ichiga oladi. 2000 dan ziyod
zavod va fabrikalarda juda kо‗p sohada qо‗llaniladigan mahsulotlar ishlab
chiqariladi.
Respublika rivojlangan ichki transport va aloqa tizimiga egaligi bilan ham
ajralib turadi. Chunonchi, temir yо‗llar tarmog‗i uzunligi 6700 km, avtomobil
yо‗llarining uzunligi 80 ming kilometr.
О‗zbekiston qudratli ilmiy-ma‘naviy potensialga ham egadir. Respublika
hududida Fanlar akademiyasi, 120 dan ziyod ilmiy tadqiqot institutlari, 60 dan ortiq
Oliy о‗quv yurtlari mavjud. Ilmiy xodimlar soni 100 mingdan ortiq bо‗lib, ular
orasida 200 dan ortiq akademik, 2200 ga yaqin fan doktorlari va professorlar,
14600 dan ziyod fan nomzodlari va dotsentlar bor.
О‗zbekiston rivojlangan, kо‗p tarmoqli qishloq xо‗jaligiga egadir. О‗zbekiston
qimmatbaho xom ashyo - paxta yetishtiradigan jahondagi eng yirik о‗lkalardan biri
hisoblanadi. О‗zbekiston bu ekinni yetishtiradigan mamlakatlar orasida jahonda
tо‗rtinchi о‗rinni va paxta mahsulotlarini eksport qiladigan mamlakatlar ichida
ikkinchi о‗rinni egallaydi. Har yili mamlakat dalalarida, bog‗larida 5 million
tonnagacha meva va sabzavotlar yetishtiriladi.
О‗zbekistonning mehnatsevar, iste‘dodli va mehmondо‗st xalqi Respublikaning
chinakam boyligidir. О‗rta Osiyodagi barcha mehnat resurslarining 40% ga yaqini
О‗zbekiston hissasiga tо‗g‗ri keladi.
Mustaqillik yillari О‗zbekistonda barqarorlik va tinchlik, fuqarolar osoyishtaligi
va millatlararo totuvlik saqlanib turibdi. Yaxshi qо‗shnichilik va insonparvarlik
о‗zbeklar tabiatidagi tug‗ma milliy va diniy fazilat hisoblanadi. Barcha zamonlarda
О‗zbekiston kо‗p millatli davlat bо‗lib kelgan va kelajakda ham shunday davlat
bо‗lib qoladi.
Xullas, yuqorida kо‗rganimizdek juda katta boyliklar mavjudligi, qudratli sanoat
bazasi, ilmiy va intellektual salohiyat, davlat suvereniteti yangi jamiyat barpo etish,
О‗zbekistonni rivojlangan, gullab yashnayotgan davlatga aylantirish uchun zarur
bо‗lgan iqtisodiy, ijtimoiy, ma‘naviy, ma‘rifiy asos bо‗lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |