Milliy g„oya tarixi va nazariyasi



Download 1,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/87
Sana18.01.2022
Hajmi1,4 Mb.
#391565
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87
Bog'liq
Milliy g„oya tarixi va nazariyasi



“Milliy g„oya tarixi va nazariyasi” fanining obyekti, predmeti, maqsadi 
va vazifalari 
Reja: 
1.
 
―Milliy g‗oya tarixi va nazariyasi‖ fanining shakllanishi 
2.
 
―Milliy g‗oya tarixi va nazariyasi‖ fanining obyekti va predmeti.  
3.
 
―Milliy g‗oya tarixi va nazariyasi‖ fanining  maqsad va vazifalari 
 
1-masalaning bayoni: 
―Milliy g‗oya tarixi va nazariyasi‖  fani   mustaqillik 
yillarida shakllangan nazariy fanlardan biridir.  Chunki, ―Jamiyat hayotida shunday 
davrlar  bо‗ladiki,  о‗z  umrini  yashab  bо‗lgan  eski  tuzum  qonun-qoidalarini 
yangicha  asosda  о‗zgartirish,  barcha  sohalarda  keng  kо‗lamli  islohotlarni  amalga 
oshirish  zarurati  eng  muhim  ehtiyoj,  kerak  bо‗lsa,  hayot-mamot  masalasi  sifatida 
kun tartibiga chiqadi‖.
1
 О‗zbekiston mustaqillikka erishgandan sо‗ng о‗zbek xalqi 
о‗z  mustaqilligini  saqlab,  milliy  taraqqiyot  yо‗liga  kira  oladimi  yoki  yana 
mustamlakachilikning yangi kо‗rinishlariga xos hayot kechiradimi, degan dilemma 
yuzaga keldi.  
1.
 
Mustaqillikka  erishgandan  keyin  mustabid  tizimning  yakka  hukmron 
bо‗lgan  kommunistik  mafkurasidan  bezib,  zada  bо‗lib  qolgan  xalq  jamiyatning 
barcha sohalarini «mafkuradan xoli qilish» siyosatini qо‗llab-quvvatladi. Natijada, 
mustaqillikning  dastlabki  yillarida  jamiyatda,  ma‘lum  ma‘noda  «mafkurasizlik», 
«mafkuraviy bо‗shliq» paydo bо‗lib, sarosimali va tahlikali vaziyat vujudga keldi, 
mustaqillikning  taqdiriga  jiddiy  xavf  tug‗ildi.  Buni  о‗z  vaqtida  teran  anglagan 
Prezidentimiz  xalqni  birlashtirish,  mustaqillikni  mustahkamlashning  muqobili 
bо‗lmagan bir yо‗li - о‗zbek xalqini uyushtiruvchi, yangi jamiyat qurishga safarbar 
etuvchi  milliy  g‗oyani,  jamiyat  mafkurasini  shakllantirib,  xalq  ishonchi  va 
e‘tiqodiga aylantirish masalasini о‗rtaga tashladi.  
―Mafkura  sohasida  bо‗shliq,  vakkum  bо‗lmaydi.  О‗zbekiston  xalqlarining 
dunyoqarashi,  ma‘naviy  va  siyosiy  madaniyatining  eng  ilg‗or  an‘analari  asosida 
ishlab  chiqilayotgan  milliy  mustaqillik  mafkurasi  individualizmning  vayron 
qiluvchi ta‘siriga qarshilik kо‗rsatishga qodir. Mafkuraviy ish, mustaqillik, yuksak 
ma‘naviyat, axloqiylik, madaniyat g‗oyalarini targ‗ib qilish о‗tkinchi holga aylanib 
ketmasligi kerak‖
2
, deydi Prezidentimiz I.Karimov. 
Davlatimiz  rahbarining  ma‘naviy-mafkuraviy  sohadagi  nazariy  va  amaliy 
masalalar  chuqur  tahlil  etilgan  ―Yuksak  ma‘naviyat  –  yengilmas  kuch‖  asarida 
ham bu masalaga alohida e‘tibor qaratilgan.
3
 
G‗oyalarning  jamiyatga  ta‘sir  yо‗nalishlari  va  xarakterini  belgilash  uchun, 
ularni  maxsus  bilish  obyekti  sifatida  olib  qarashning  ahamiyati  juda  katta. 
Xususan,  g‗oyalarning  mohiyatini  о‗rganishda,  nazariy  bilimlar  va  amaliy 
faoliyatlar samaradorligini oshirish - birinchidan, umuminsoniy va milliy ma‘naviy 
madaniyatning  mushtaraklashgan  ifodasi  bо‗lgan  g‗oyalarni  strukturaviy-
                                                 
1
 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008. –Б. 102. 
2
 
1
 Каримов И.А. Миллий истиқлол мафкураси – халқ этиқоди ва буюк келажакка ишончдир. Озод ва обод 
ватан, эркин ва фаровон ҳаѐт – пировард мақсадимиз. -Т.:Ўзбекистон, 2000. 8.Т. –Б.565-566. 
3
 Қаранг: Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. -Т.: Маънавият, 2008. –Б. 76. 
 


funksional  о‗rganuvchi  maxsus  fan  -  ideologiyani  rivojlantirish;  ikkinchidan, 
g‗oyaviy-mafkuraviy  munosabatlarni  tashkillashtirish,  boshqarish  va  nazorat 
qilishda  ijtimoiy-siyosiy  ideologiyalarning  ilmiy  usullari  hamda  vositalari 
uyg‗unlashuvini  ta‘minlash;  uchinchidan,  g‗oyaviy-mafkuraviy  munosabatlarning 
turli  tarixiy  shakllarini  va  muqobil  yо‗nalishlarini,  ilmiy-nazariy  bilish  asosida 
muvofiqlashtirishga bog‗liq bо‗ladi.  
G‗oya  va  mafkuralar  mazmunini  nazariy  bilish-ijtimoiy  munosabatlarning 
turli  darajalarda:  kundalik  amaliy  urf-odatlar,  an‘analar,  yoki  murakkab  ijtimoiy-
siyosiy  madaniyatga  asoslangan  tizimlar  tarzida  namoyon  bо‗lishini  ilmiy 
izohlashdan  iborat.  Bu  esa,  о‗z  navbatida,  insonning  ijtimoiy,  iqtisodiy,  siyosiy, 
ma‘naviy  munosabatlarini  ilmiy  ideologiya  asosida  tashkil  qilish  uchun: 
birinchidan,  milliy  doiradagi  moddiy  va  ma‘naviy,  nazariy  va  amaliy  faoliyat 
yо‗nalishlarining  umuminsoniy  manfaatlar  asosida  bog‗lanishni;  ikkinchidan, 
ularning  о‗zaro  munosabatlarini  tashkil  qilish  va  boshqarishda  umuminsoniy 
g‗oyalar  majmuasining  milliy  doiradagi  ijtimoiy-siyosiy  jarayonlarga  ta‘sir  rolini 
kо‗rsatishni;  uchinchidan,  milliy  g‗oya
 
rivojlanishiga  differensiallashgan  tarzda 
yondoshgan  holda,  alohida  ta‘sir  kо‗rsatadigan:  ijtimoiy,  iqtisodiy,  siyosiy, 
ma‘muriy omillarning ahamiyatini belgilashni; tо‗rtinchidan, ijtimoiy g‗oyalarning 
milliy va umuminsoniy xususiyatlarini jamiyatning aniq rivojlanish darajalari bilan 
bog‗lab ifodalash lozim.  
Milliy g‗oya
 
va mafkuralarning rivojlanish darajasi ijtimoiy munosabatlarni, 
muayyan  mafaatlar  doirasida,  uyg‗unlashtirishdan  iborat  mafkuraviy  faoliyatni 
(nazariy  hamda  amaliy  jihatlardan)  tashkil  etish  xarakteriga  mos  keladi.  Zero, 
uning  pirovard  natijasida,  jamiyat  ijtimoiy-siyosiy  munosabatlarining  barqaror 
rivojlanishiga  olib  keladigan  yangi  progressiv  g‗oyalarga  asos  bо‗lib,  ularni 
amalga  oshirishning 
muayyan 
shart-sharoitlarini,  uslub 
va 
vositalarini 
ta‘minlaydigan  mafkurani  taqozo  qiladi.  Shu  nuqtai  nazardan,  ideologiyani 
jamiyatning  g‗oyaviy-mafkuraviy  munosabatlarini  о‗rganuvchi  fan  sifatida-
insonning  muayyan  ehtiyojlarini  (umuminsoniyat  manfaatlariga  mos  kelishidan 
qat‘iy  nazar)  qondirish,  maqsadlariga  erishish  yо‗li,  deyish  mumkin.    Ana  shu 
omillar  ―Milliy g‗oya tarixi va nazariyasi‖ning yuzaga kelishiga sabab bо‗ldi. 

Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish