Milliy g„oya tarixi va nazariyasi



Download 1,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/87
Sana18.01.2022
Hajmi1,4 Mb.
#391565
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87
Bog'liq
Milliy g„oya tarixi va nazariyasi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
O‟zbekistonning xalqaro mavqeini mustahkamlashda 
milliy g‟oyaning o‟rni 
Reja
:
 
1.       O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga to‘laqonli a‘zo bo‘lishi –  
 
 
Istiqlolning sharofati.  
2. 
Davlat mustaqilligining BMT tomonidan tan olinishi.  
3. 
Yurtimizning xalqaro tashkilotlarga a‘zoligi.  
 
O‘zbekistonning  mustaqil  rivojlanishidagi  o‘tgan  qisqa  tarixiy  davrda 
respublikani  suveren  davlat  sifatida  qaror  toptirish  yuzasidan  ulkan  ishlar  amalga 
oshirildi.  Hozir  O‘zbekistonni  165  davlat  tan  olgan.  Dunyodagi  140  dan  ortiq 
mamlakat bilan rasmiy diplomatiya munosabatlari o‘rnatilgan. Toshkentda 80 dan 
ortiq mamlakat o‘z elchixonasini ochgan. 
Bugungi  kunda  O‘zbekiston  to‘la  huquqli  asosda  eng  obro‘li  va  nufuzli 
xalqaro tashkilotlar tarkibiga kirgan bo‘lib, barcha qit‘alardagi o‘nlab mamlakatlar 
bilan  do‘stona  aloqalarni  rivojlantirib  bormoqda.  Eng  yirik  bank  va  moliya 
organlari, nodavlat va nohukumat tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. 
Respublikada  88  ta  chet  davlat  vakolatxonalari  royxatdan  o‘tgan,  24  ta 
hukumatlararo tashkilot va 13 ta nohukumat tashkiloti ishlab turibdi. O‘tgan yillar 
mobaynida respublika ko‘plab juda muhim xalqaro konventsiyalarga qo‘shildi. 
Tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarni shakllantirishda O‘zbekiston o‘z 
mustaqilligining  dastlabki  yillaridayoq  ishlab  chiqilgan  quyidagi  asosiy 
tamoyillarga amal qilmoqda. 
Birinchidan,  o‘zaro  manfaatlarni  har  tomonlama  hisobga  olgan  holda  davlat 
milliy manfaatlarining ustunligi; 
Ikkinchidan,  teng  huquqlilik  va  o‘zaro  manfaatdorlik,  boshqa  davlatlarning 
ichki ishlariga aralashmaslik; 
Uchinchidan, mafkuraviy qarashlardan qat‘i nazar hamkorlik uchun ochiqlik, 
umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik; 
To‘rtinchidan,  xalqaro  huquq  normalarining  davlat  ichki  normalaridan 
ustuvorligi; 
Beshinchidan,  tashqi  aloqalarni  ham  ikki  tomonlama,  ham  ko‘p  tomonlama 
kelishuvlar asosida rivojlantirish. 
Biz  tashqi  aloqalarni  xalqaro  munosabatlarning  turli  yo‘nalishlari  boyicha 
muvaffaqiyatli  rivojlantirishni  xavfsizlik  va  barqarorlikning  kafolati  deb  bilamiz. 
O‘zbekiston  dunyo  uchun  ochiq.  Biz  ham  dunyoning  O‘zbekistonga  juda  katta 
qiziqish  bilan  qarayotganligini  his  etmoqdamiz.  Bu  esa  O‘zbekistonning  barqaror 
rivojlanishi  uchun  eng  yaxshi  kafolatdir.  Buni  biz  O‘zbekiston  kapital  sarflash 
nuqtai  nazaridan  ham,  dunyo  miqyosidagi  keng  qamrovli  xavfsizlikning  tarkibiy 
qismi sifatida mintaqada barqarorlikni ta‘minlash nuqtai nazaridan ham borgan sari 
e‘tiborga sazovor bo‘lib borayotganligining dalili deb bilamiz. 
Biz  jahon  hamjamiyati  bilan  keng  ko‘lamda  integratsiyalashgan  zamonaviy 
demokratik  davlatni  qurishdan  iborat  strategik  vazifani  hal  qilar  ekanmiz,  jahon 
hamjamiyatining  o‘zi  bugungi  kunda  serqirra  bo‘lib  borayotganligini  juda  yaxshi 


tushunamiz.  XX  asr  oxirida  dunyoda  jo‘Qrofiy-siyosiy  ahamiyati  va  ko‘lami 
jihatidan noyob o‘zgarishlar roy bermoqda. Bu o‘zgarishlar betakror. Ular nafaqat 
mamlakatlar  o‘rtasidagi  o‘zaro  munosabatlarda  vujudga  kelgan  qarashlar  va 
ularning  mexanizmlarini  chuqur  oylab  ko‘rishni,  balki  ko‘p  jihatdan  qayta 
baholashni  ham  talab  qiladi.  "Sovuq  urush"  davrida  xalqaro  munosabatlarga  asos 
bo‘lgan  ko‘p  qoidalar,  tamoyil  va  G‘oyalarni  tubdan  qayta  ko‘rib  chiqish  talab 
qilinmoqda. Butun dunyo yaxlit va bir-biriga boQliq tizim bo‘lib bormoqda, unda 
o‘zi-o‘zidan  qanoatlanishga  va  mahdudlikka  o‘rin  yo‘q.  Bu  hol  hozirgi  xalqaro 
munosabatlarni  shakllantirganda,  xalqaro  tuzilmalar  bilan  o‘zaro  aloqalarda  va 
ularning  faoliyatida  ishtirok  etganda  mutlaqo  yangicha  yondashuvlarni  ishlab 
chiqishni zarur qilib qoymoqda. 
XXI  asr,  shubhasiz,  xalqaro  munosabatlarda  butun  dunyo  qamrab  olinadigan 
asr  bo‘ladi.  Bunday  sharoitda  integratsiya  jarayonini,  xalqaro  institutlar  va 
tashkilotlarda  suveren  davlatlarning  ishtirok  etishini  kengaytirish  jarayonini  faqat 
tarix  taqozosi  deb  emas,  balki  ayrim  mintaqalar  ko‘lamida  ham,  shuningdek, 
umuman  -  butun  sayyoramiz  ko‘lamida  ham  sobitqadamlik,  barqarorlikning 
qudratli omili deb hisoblamoq zarur. 
Bu  holda  masala  xalqaro  integratsiya  jarayonlarida  qatnashish  yoki 
qatnashmaslik  tarzida  qoyilmaydi.  Yangi  mustaqil  davlat  bo‘lgan  O‘zbekiston 
uchun,  eng  avvalo,  tashqi  siyosatning  oqilona  maqbullikka  hamda  davlatimiz, 
jamiyat  va  insonning  uzoqni  ko‘zlovchi  manfaatlariga  asoslanadigan  eng  muhim 
tamoyillariga qat‘iy rioya etish ulkan ahamiyat kasb etmoqda. 
Biz uchun mustaqillik - o‘z erkinligimizni anglashgina emas, balki avvalo o‘z 
hayotimizni o‘z irodamiz bilan va milliy manfaatlarimizni ko‘zlagan holda tashkil 
etish, o‘z kelajagimizni  o‘z qo‘limiz bilan qurish huquqidir. Shu bois o‘z-o‘zidan 
ayonki,  agar  integratsiya  mamlakatimizning  ozodligi,  mustaqilligi  va  hududiy 
yaxlitligini  cheklab  qoysa  yoki  qandaydir  mafkuraviy  majburiyatlar  bilan 
boQlansa,  u  holda  chetdan  olib  kelinadigan  har  qanday  integratsiya  biz  uchun 
nomaqbul. 
Integratsiya  haqida  gapirar  ekanmiz,  manfaatlar  birikuvining  xilma-xil 
mexanizmlari  va  shakllari  hamda  integratsiya  turlari  mavjudligiga  asoslanamiz. 
Bunga  sherikchilik  va  hamkorlik  qilishga  intilayotgan  mamlakatlarning 
boshlanQich shart-sharoitlari turlichaligi sababdir. O‘zbekiston bir vaqtning o‘zida 
turli  darajalarda  -  dunyo  miqyosida  va  mintaqa  ko‘lamida  -  integratsiya 
jarayonlarida qatnashsa-da, ammo bir muhim qoidaga: bir davlat bilan yaqinlashish 
hisobiga  boshqasidan  uzoqlashmaslikka  amal  qiladi.  Biz  bir  sub‘ekt  bilan 
sherikchilikning mustahkamlanishi boshqalar bilan sherikchilik munosabatlarining 
zaiflashuviga  olib  kelishiga  qarshimiz.  Shu  sababli  O‘zbekistonning  jahon 
hamjamiyatidagi integratsiyalashuvi serqirra jarayondir. 
Biz  mamlakatimiz  iqtisodiy  jihatdan  rivojlangan  bozor  tizimiga  ega  bo‘lgan 
demokratik  davlat  haqidagi  hozirgi  zamon  tushunchalariga  mos  kelgan 
taqdirdagina  jahon  hamjamiyatiga  kirishimiz  mumkinligiga  asoslanamiz.  Ayni 
choQda  mamlakat  jahon  hamjamiyati  bilan  hamkorlik  o‘rnatgan  taqdirdagina, 
ya‘ni xalqaro mehnat taqsimotida o‘zining munosib o‘rnini topganda, mintaqa va 


butun  dunyo  xavfsizlik  tizimlarini  barpo  etishda  faol  ishtirok  etgandagina  uni 
zamonaviylashtirish mumkin bo‘ladi. 
O‘zbekistonning  xalqaro  munosabatlarning  turli  sub‘ektlari  bilan  aloqalari 
qanchalik  chuqur  va  keng  bo‘lsa,  ular  bilan  munosabatlarda  noaniqliklar, 
yotsirashlar, muammolar va hal qilinmagan masalalar, kutilmagan voqea-hodisalar 
shunchalik  kam  bo‘ladi.  Xuddi  shu  narsa  xavfsizlikka  solinayotgan  tahdidlarni 
bartaraf etish va barqaror rivojlanishni ta‘minlashning zarur shartidir. 
Qolaversa,  biz  mamlakatlar  va  davlatlarning  xavfsizlik  darajasi  ularning 
integratsiya  jarayonlarida  qatnashish  darajasiga  bevosita  boQliq  deb  hisoblaymiz. 
Mamlakat  qanchalik  integratsiya  aloqalari  bilan  boQlangan  bo‘lsa,  uning 
xavfsizligiga tahdid shunchalik kam bo‘ladi. 
Biz  jahon  hamjamiyatidagi  integratsiyalashuv  haqida    gapirganimizda,  eng 
avvalo,  Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  faoliyatida  ishtirok  etishimizni  nazarda 
tutamiz. 1997 yil 2 martda O‘zbekiston BMTga a‘zo bo‘lganligiga besh yil to‘ldi. 
Biz o‘zimizning bunday obro‘li xalqaro tashkilot ishidagi ishtirokimizni Markaziy 
Osiyo  mintaqasida  xavfsizlik,  tinchlik  va  totuvlikni  ta‘minlashning  keskin 
muammolariga  jahon  jamoatchiligi  e‘tiborini  qaratish  imkoniyati  deb  bilamiz. 
O‘ozirgi  paytda  umumiy  xavfsizlik  muammosiga  aloqador  bo‘lgan  xalqaro 
tashkilotlar  G‘oyat  xilma-xil  bo‘lishiga  qaramay,  faqat  BMTgina  xavfsizlikni 
saqlash  va  ta‘minlashga  xizmat  qiladigan  -  oldini  olishga  qaratilgan 
diplomatiyadan  tortib  to  tinchlik  o‘rnatishga  qaratilgan  operatsiyalarda 
qatnashishgacha bo‘lgan vositalarning hammasiga ega. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish