-
vatanparvarlik
1
kabilardir.
Ko‘rinib turibdiki, ularda milliy g‘oya tamoyillari umuminsoniy qadriyatlar
bilan o‘zaro uyg‘unlashib ketgan.
Ana shu negizlar asosida milliy g‘oyamizning asosiy tamoyillari
shakllanadi. Xo‘sh tamoyil nima? Tamoyil biror bir ta‘limot, dunyoqarash yoki
faoliyatning qat‘i amal qiladigan qoidasi va meyorini anglatuvchi tushuncha
hisoblanadi.
Shu ma‘noda ham milliy g‘oyaning o‘ziga xos tamoyillari mavjud bo‘lib,
ular asosida milliy rivojlanishning dolzarb vazifalari amalga oshirilmoqda.
Milliy g‘oyaning asosiy tamoyillarini quyidagilar tashkil qiladi:
-milliy
ong, milliy tafakkurning va milliy o‘zlikni shakllantirishga
yo‘naltirilganligi;
-millatni birlashtirishga qaratilganligi;
-millat manfaatini ifodalashi;
-milliy
urf-odatlar,
an‘analar va qadriyatlarning mustaxkamlanishi va
rivojlanishiga asos bo‘lishi;
-milliy g‘urur, iftixor va ma‘suliyatning shakllanishi va mustaxkamlanishiga zamin
bo‘lishi;
-ko‘p millatli mamlakatimiz aholisida yagona Vatan ruhiyatining shakllanishiga
asos bo‘lishi;
-milliy meros, tarixiy xotirani asrash, o‘zlashtirish va keyingi avlodga
yetkazishning ma‘naviy-ruhiy manbasi bo‘lishi;
-yoshlarimizda Vatanparvarlik, millatparvarlik, xalqparvarlik va umuminsoniylik
ma‘naviy, ruhiy salohiyatining shakllantirishga qaratilganligi;
-millatimizning mustaqil sub‘ekt sifatida maqomini aks ettirish;
-millatimizning ozodligi, mustaqilligi va taraqqiyotiga ma‘naviy-ruhiy salohiyat
bo‘lish;
-millatimizning o‘zi bilan yonma-yon yashayotgan millat va elatlar vakillarini o‘z
atrofiga uyushtirish, ular bilan tinch-totuv yashash, ularga xurmat, ehtirom bilan
qarash, yordam ko‘rsatish, xamkorlikni mustaxkamlash va ular asosida yagona
o‘zbekiston xalqi tuyg‘ularining shakllanishiga manba bo‘lishi;
-millatimizning zamonaviy tsivilizatsiyalariga munosib hissa qo‘shishiga
ma‘naviy-ruhiy, kuch- qudrat va ilhom bag‘ishlashi;
-O‘zbekiston xalqida milliy xavfsizlik va milliy taraqqiyot ruhiyatini shakllantirish
va mustaxkamlashning nazariy asosi bo‘lish;
-komil inson g‘oyasini o‘zida aks ettirish kabilarni tashkil qiladi.
Milliy g‘oya milliy ong va tafakkur mahsuli hisoblanadi. Ularning
rivojlanishi natijasida milliy o‘zlikni anglash yuzaga keladi. Milliy tafakkur millat
hayot tarzi, xususiyatlari va faoliyati, uning maqsadlari va manfaatlari
negizlarining milliy ongida namoyon bo‘lishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: