Islom Karimov.
“
Jamiyatimiz mafkurasi xalqni -xalq, millatni – millat qilishga xizmat etsin”
asaridan).
G‗oya va mafkura tushunchalari, umuman ijtimoiy-siyosiy fanlar, xususan
falsafada muhim о‗rin tutadi, ammo ularning mazmuni maxsus tadqiqot obyekti
sifatida hali yetarli darajada ilmiy tadqiqot qilinmagan, aksariyat hollarda mazkur
tushunchalarga sinfiylik, partiyaviylik nuqtai nazaridan yondoshib kelingan.
Shuning uchun ham hozirgi falsafiy, ijtimoiy-siyosiy adabiyotlarda g‗oya va
mafkura tо‗g‗risida bir-biridan farq qiluvchi turli-tuman ta‘riflarni, tavsiflarni, izoh
va talqinlarni uchratish mumkin. G‗oya va mafkuralar obyektining dinamik
о‗zgarishi, plyuralizm va tolerantlik tamoyillari tobora kо‗proq e‘tirof etib
kelinayotgan hozirgi davrda bu jarayonga «tabiiy hol» sifatida qarash taqozo
etiladi. Zero, shu jarayonda g‗oya va mafkura, milliy g‗oya va milliy mafkura
tushunchalarining turli-tuman qirralari har xil nuqtai nazarlardan tahlil qilinmoqda.
Ma‘lumki, an‘anaviy tarzda, aksariyat hollarda «g‗oya» va «ideya» atamalari
sinonimik tushunchalar sifatida qо‗llanilib kelinadi. Xususan, Platon falsafasi
haqida sо‗z yuritilganda odatda «ideyalar dunyosi» atamasi emas, balki «g‗oyalar
dunyosi» atamasi qо‗llanilib kelinadi. Darhaqiqat, keng ma‘noda ideya yoki g‗oya
deganda muayyan narsa-hodisalarning muhim belgilari majmuasi, asosiy
mazmunini ifodalovchi asosiy fikr nazarda tutiladi.
Umuman, xalqlar, millatlar va davlatlar mavjud ekan, ularning borligini
anglatib turuvchi g‗oyalarning amal qilishi tabiiydir. Insoniyatning taraqqiyoti,
uning kelajagi mavjud mintaqaviy, irqiy va diniy manfaatlarni о‗zida aks ettiruchi
g‗oyalarning mutanosibligini ta‘minlashga bog‗liq. Bunday mutanosiblikning
buzilishi esa dunyoda kо‗plab muammolarning yuzaga kelishiga sabab bо‗lmoqda.
Gnoseologik jihatdan g‗oya va mafkura ruhiy olam, subyektiv reallik, ong
hodisalari sifatida, birinchidan, mavjud obyektiv reallik in‘ikosi va ayni paytda
kelajakning rejasidir; ikkinchidan, о‗z-о‗zining in‘ikosi va rejasidir. Ontologik
jihatdan g‗oya va mafkura subyektiv reallik hodisalari sifatida muayyan narsa-
hodisa, jarayon-voqelikning bizning ongimizdan tashqarida mavjud ekanligini
ifodalovchi mazmunga ega. Ammo, ayni paytda, g‗oya va mafkura inson ichki
dunyosining ham realligidirki, bu reallik inson uchun undan tashqaridagi moddiy
narsalarga nisbatan muhimroq ahamiyatga ega bо‗lishi mumkin. Binobarin, g‗oya
va mafkura tushunchalari obyektiv va subyektiv reallikning in‘ikosi va kelajak
rejasini ifodalovchi belgilarni ham, obyektiv va subyektiv reallikning mavjudligi
va rivojlanishini ifodalovchi belgilarni ham о‗z ichiga oladi. Boshqacha aytganda,
bir tomondan, muayyan g‗oya va mafkura tushunchalarining mazmuni muayyan
voqelikning in‘ikosidir (gnoseologik jihat), ammo ular о‗z-о‗zini emas, balki
mazkur voqelikni ifodalaydi (ontologik jihat), ikkinchi tomondan, bu muayyan
mazmun, ayni vaqtda, subyektiv reallik sifatida mavjud (ontologik jihat) va
mazkur subyektiv reallikning mazmuni sifatida in‘ikos etadi (gnoseologik jihat).
Har qanday g‗oya eng avvalo individual ongda paydo bо‗ladi. Individual
ong esa, ijtimoiy ongga nisbatan faoldir. Ba‘zan ijtimoiy ongning mavqei
mutlaqlashtiriladi va natijada jamiyat ma‘naviy hayotida shaxsning roli
kamsitiladi. Bunday hollarda g‗oyalarning, umuman madaniy qadriyatlarning
birdan-bir yagona ijodkori, aql va tafakkurning, vijdon va ijodiy ruhning yagona
sohibi, mas‘uliyat his qiluvchi jonli konkret inson g‗oyib bо‗ladi, uning qobiliyat
va vakolati u yoki bu mavhum umumiy kuchlar foydasiga begonalashtiriladi.
Vaholanki, ijtimoiy ongda sodir bо‗ladigan har qanday yangiliklarning birdan-bir
yagona manbai individual ongdir. Ijtimoiy ong tarkibidan avval boshda individual
g‗oya bо‗lmagan biron-bir g‗oyani topib bо‗lmaydi. Ijtimoiy mavqe kasb etgan
barcha g‗oyalar individlar tomonidan yaratiladi, rivojlantiriladi va boyitiladi. Biz
keng aholi ommasiga, butun insoniyatga aloqador muammolarni tahlil qilgan
paytlarimizda aksariyat hollarda davr voqeliklarining mualliflari о‗zimiz
ekanligimizni yetarli darajada anglay olmaymiz.
G‗oya va mafkura tushunchalari ham obyektiv reallik in‘ikosini, ham
muayyan maqsad-muddao va ideallarni о‗zida mujassam etadi. Bu ikki tomon bir-
biri bilan uzviy bog‗liq bо‗lib, g‗oya va mafkura tushunchalarining о‗ziga xos
xususiyatlarini va ularning inson ongi harakatidagi о‗rnini belgilaydi. G‗oya va
mafkura tushunchalari voqelik rivojlanishida, insonning amaliy faoliyati
jarayonida yangi, hali mavjud bо‗lmagan reallik shaklini yaratuvchi faol, vositachi
zvenodir. Boshqacha aytganda, g‗oya va mafkura tushunchalari praksiologik
xarakterga egadir. Bu hol - kelajak loyihasi, maqsadga erishishga intilish, hohish-
iroda va ijobiy yaratuvchanlik omillarini ifodalaydiki, psixologiyada bu omillar
yoki xislatlar «xohish», «intilish», «maqsad qо‗yish», «irodaviy kuch», «aqliy
harakat» kabi atamalarda ifodalanadi.
Insoniyat tarixi - g‗oyalar tarixidir, deyishadi. Darhaqiqat, insoniyatning
tarixiy taraqqiyoti davomidagi barcha yirik voqea-hodisalarning tag-zamirida u
yoki bu g‗oya yotadi. Eng buyuk kashfiyotlar yoki tub sotsial о‗zgarishlar avvalo
ular haqidagi orzu-niyatlardan, intilishlardan boshlangan. Muayyan ijtimoiy guruh,
qatlam, millat, xalq, davlat yoki jamiyatning ehtiyojlarini, maqsad-mudaolarni,
orzu-intilishlarin о‗zida mujassam etuvchi g‗oyalar tizimi sifatida namoyon
bо‗ladigan mafkura - istiqbolning yaratuvchisidir. Kecha orzu-niyat bо‗lgan milliy
davlatimizning bugun biz uchun sha‘n va iftixorga aylanganligi buning yaqqol
misolidir.
Milliy g‗oyalar va mafkuraviy qarashlar har bir davlatning mavjudlik belgisi
hisoblanadi. Ayni paytda, ushbu qadriyatlar о‗sha davlat va xalqning ijtimoiy
mо‗ljali hamdir. Yana shu narsaga e‘tibor berish lozimki, davlatlarning ijtimoiy-
siyosiy tuzumlari о‗zgargan paytlarda g‗oyaviy-mafkuraviy qarashlar ham
о‗zgaradi. Umuman, g‗oyaviy-mafkuraviy qarashlar, ular tomonidan himoya
qilinadigan qadriyatlar har bir davlat va xalqning ijtimoiy taraqqiyotida katta
ahamiyat kasb etadi.
Ayni paytda, bir ijtimoiy-siyosiy tuzum davridagi g‗oyaviy-mafkuraviy
qarashlar boshqa tuzum sharoitida tamomila yangicha mohiyat kasb etsada, ammo,
ularning ayrim jihatlari vorislik ahamiyatiga ega bо‗ladi. Davlatlarning ijtimoiy-
siyosiy tuzumidan qat‘iy nazar bu holning mohiyati о‗zgarmasdan qolishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |