1
Каримов И. А. Жамиятимиз мафкураси халқни – халқ, миллатни – миллат қилишга
хизмат этсин. – Т.: «Ўзбекистон», 1998. – Б. 11.
Milliy g‟oyaning umummafkuraviy jarayonlar bilan bog‟liqligi
Reja:
1.
Milliy g‘oya va umummafkuraviy jarayonlar tushunchalarining o‘zaro
munosabati, mazmun-mohiyati.
2.
Mafkuraviy jarayonlarning turli xil ijtimoiy guruhlar, qatlamlar
manfaatlari bilan bog‘liqligi, uni anglash darajalari.
3.
Dunyodagi mafkuraviy jarayonlar. Mafkuraviy jarayonlar va
mafkuraviy
kurashlar.
Siyosiy-ijtimoiy,
iqtisodiy,
geosiyosiy
maqsadlar.
Prezidentimiz ―Tafakkur‖ jurnali bosh muharriri bilan bо‗lgan suhbatda
mafkuraga, xususan, milliy mafkuraga bо‗lgan munosabatini konsepsiya sifatida
shunday ifodalaydi: ―Odamlarning, ming yillar davomida shakllangan
dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning
kelajagini kо‗zlagan va uning dunyodagi о‗rnini aniq-ravshan belgilab berishga
xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kun о‗rtasida о‗ziga xos kо‗prik bо‗lishga
qodir g‗oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman‖.
1
Darhaqiqat, mafkura о‗tmish, bugungi va ertangi kun о‗rtasida о‗ziga xos
tafakkur kо‗prigi va millatni birlashtiruvchi bayroqdir. О‗zbekistonda bir yuz
о‗ttizdan oshiq millat, elat va etnik guruhlar bir mamlakat hududida yashar ekan,
ularning bir maqsadni kо‗zlashi, о‗zaro uyg‗unlikka ega bо‗lishi, milliy birlikni
vujudga keltirish uchun, albatta, о‗zaro о‗ziga xos bir milliy mafkurasi bо‗lishi
hayotiy zaruriyatdir. Shuning uchun ham, mafkura bugungi kunimizda kо‗p
millatli xalqimizni bir davlat miqyosida, bir yurt xalqini bir hududda
birlashtiruvchi asosiy kuch sifatida ham maydonga kelishi mustaqil taraqqiyot
talabi hisoblanadi.
Milliy g‗oya kabi milliy va umuminsoniy qadriyatlar tushunchalari ham
mavhum narsalar emas. Umuman inson degan shaxs bо‗lmaganidek, milliy
qadriyatlarsiz umuminsoniy qadriyatlar ham bо‗lmaydi. Umuminsoniy qadriyatlar
milliy qadriyatlarning о‗ziga xos majmuasidir. Masalan, har bir millat, xalqning asl
fuqarosi о‗z vatanini obod, xalqini farovon kо‗rishni istaydi. Ma‘lumki, bu milliy
istiqlol g‗oyasining bosh maqsadidir. Shu bois milliy va ma‘naviy umuminsoniy
qadriyatlar fuqarolik jamiyatining muhim zaminini tashkil qiladi. Umuminsoniy
qadriyatlar о‗zining mazmuni, mohiyati, keng miqyosda amal qilish, dunyodagi
kо‗plab xalqlar, elatlar, millatlarning о‗tmishdagi, hozirgi davrdagi va istiqboldagi
taraqqiyoti bilan uzviy aloqadorlikda ekanligi, о‗zida jahon sivilizatsiyasining
yaxlit va bir butunligini ifodalaganligi bilan mintaqaviy, milliy qadriyatlardan
tubdan farq qiladi.
Aytish joizki, milliy va umuminsoniy qadriyatlar bir – biri bilan bevosita
bog‗liq. Ularning har ikkalasi bir – biriga ta‘sir etadi, biri ikkinchisini tо‗ldiradi,
mazmunan va mohiyatan boyitadi Umuminsoniy qadriyatlar barcha millatlar,
elatlar va xalqlar-ning maqsad, intilishlarining yaxlitligi, umumiyligini ifodalay-di.
1
Каримов И. А. Жамиятимиз мафкураси халқни – халқ, миллатни – миллат қилишга
хизмат этсин. – Т.: «Ўзбекистон», 1998. – Б. 11.
Milliy qadriyatlarni umuminsoniy qadriyatlardan ajratib olib, о‗z millatini
maqtash, uning tarixi, madaniyatini ideallashtirish boshqa millat vakillarining
milliy tuyg‗ulari va nafsoniyatlariga birmuncha tegib ketadi. Bu milliy tuyg‗ular
millatchilik va ―shovinistik‖ tuyg‗ulariga aylanib ketishi mumkin. Shuning uchun
ham, bu masalada hushyorlik, nazokat, insof, diyonat, kamtarlik, meyordan chiqib
ketmaslik, о‗zga millat kishilari tili, madaniyati, tarixi, an‘ana va udumlarini
astoydil hurmat qi-lish talab qilinadi. Zero, mamlakatimizda bironta ham xalq va
mil-lat о‗zidan boshqa xalqlar, millatlardan, umumiy jahon siviliza-siyasidan
ajralgan holdagi tarixga ega emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |