dunyodagi о‗rnini aniq-ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va
ertangi kun о‗rtasida о‗ziga xos kо‗prik bо‗lishga qodir g‗oyani men jamiyat
mafkurasi deb bilaman‖.
1
Sodda qilib aytganda, jamiyatimizning mafkurasi shu jamiyatning fikriy-
g‗oyaviy tayanchi bо‗lishi, oddiy inson va uning manfaatlarini ifoda etishi,
xalqimizning bexatar, tinch – omon, farovon, badavlat turmushga erishishi uchun
kuch - g‗ayrat manbai bо‗lishi lozim.
Milliy mafkura,
birinchidan,
о‗zligimizga, muqaddas an‘analarimizni
anglash tuyg‗ularini, xalqimizning kо‗p asrlar davomida shakllangan ezgu
orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qо‗yilgan oliy maqsad va vazifalarni qamrab
olishi shart.
Ikkinchidan,
jamiyatimizda bugun mavjud bо‗lgan xilma – xil fikrlar,
ziddiyatlar va g‗oyalar, erkin qarashlar, har qanday toifalar va guruhlarning
intilishlari va umidlaridan, har qanday insonning e‘tiqodi va dunyoqarashidan
qat‘iy nazar, ularning barchasini yagona bayroq atrofida birlashtiradigan, xalqimiz
va davlatimizning daxlsizligini asraydigan, el – yurtimizni eng buyuk maqsadlar
sari chorlaydigan yagona g‗oya – mafkura bо‗lishi kerak.
Uchinchidan,
milliy mafkuramiz har qanday millatchilik va shunga
о‗xshagan unsurlardan, boshqa elat va xalqlarni mensimaslik, ularni kamsitish
kayfiyati va qarashlaridan mutlaqo xoli bо‗lib, qо‗shni davlat va xalqlar, umuman
jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda о‗zimizga munosib hurmat va izzat
qozonishda poydevor va rahnamo bо‗lishi darkor. Milliy mafkura vositasida el –
yurt birlashadi, о‗z oldiga buyuk maqsadlar qо‗yadi va ularni ado etishga qodir
bо‗ladi. Millat, xalqning hamjihatligi esa har qanday taraqqiyotning garovidir.
Binobarin, milliy mafkura har qanday xalqni – xalq, millatni – millat
qiladigan, uning yо‗li va maqsadlarini aniq – ravshan kо‗rsatib beradigan fandir.
Mustaqillik yillarida jamiyatimiz a‘zolarining dunyoqarashi, fikrlash tarzida
teran о‗zgarishlar rо‗y berdi. Xalqimizni birlashtiradigan, bunyodkorlik faoliyatiga
safarbar etadigan, uning ezgu maqsadlari va hayotiy manfaatlarini о‗zida
ifodalaydigan milliy g‗oya va mafkurani yaratish ijtimoiy – siyosiy va ma‘naviy
taraqqiyotimizning muhim sharti bо‗lib qoldi. Prezident Islom Karimov
ta‘kidlaganidek: ―Oldimizga qо‗ygan olijanob maqsad – muddaolarimizga yetish,
eski mafkuraviy asoratlardan batamom xalos bо‗lish, g‗oyaviy bо‗shliq paydo
bо‗lishiga yо‗l qо‗ymaslik, begona va yot g‗oyalarning xurujidan himoyalanish,
bunday tajovuzlarga qarshi tura oladigan har tomonlama barkamol insonlarni
voyaga yetkazish zarurati xalqimiz va jamiyatimiz manfaatlariga mos yangi
mafkurani shakllantirishni taqozo etmoqda‖.
Do'stlaringiz bilan baham: