Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/266
Sana18.01.2022
Hajmi3,26 Mb.
#386759
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   266
Bog'liq
ilmiytadqiqotmetodologiyasipdf

nomotetik  va  ideografik
  fanlarga 
ajratadi.  Nomotetik  fanlar  narsalar  va  hodisalarning  umumiy  qonunlari,  ularning 
muntazamligini aniqlashni nazarda tutadi. Ideografik fanlarning vazifasi individual 
hodisalar va voqealarni o‘rganishdan iborat
4
.  
Biroq  tabiat  va  ruhning  tashqi  ziddiyati  fanlarning  butun  rang-barangligini  to‘la 
asoslashga  qodir  emas.  Genrix  Rikkert  (1863-1936)  Vindelband  ilgari  surgan 
nomotetik  va  ideografik  fanlarni  ajratish  g‘oyasini  rivojlantirib,  tafovut  empirik 
ma’lumotlarni  tanlash  va  tartibga  solishning  har  xil  tamoyillaridan  kelib  chiqadi, 
degan  xulosaga  keladi.  Fanlarni  tabiat  haqidagi  fanlarga  va  madaniyat  haqidagi 
fanlarga  ajratish  olimlarni  ikki  lagerga  ajratuvchi  manfaatlarning  qarama-
qarshiligini juda yaxshi ifodalaydi
5
.  
Bilish  jarayonida  aniqlangan  borliq  ongga  immanentdir,  degan  g‘oyani  Rikkert 
bosh  g‘oya  deb  qabul  qiladi.  Shaxssiz  ong  tabiat  (tabiatshunoslik)  va  madaniyat 
(madaniyat  haqidagi  fanlar)ni  farqlaydi.  Tabiatshunoslik  Rikkert  aqlning  aprior 
qoidalari  deb  talqin  qiluvchi  umumiy  qoidalarni  aniqlashni  nazarda  tutadi.  Tarix 
betakror  ayrim  hodisalar  bilan  shug‘ullanadi.  Tabiatshunoslik  qadriyatlardan xoli, 
madaniyat  va  tarixning  individuallashtiruvchi  talqini  qadriyatlar  saltanatidir. 
Qadriyatga ishora juda muhim. Rikkert uch saltanat: borliq, qadriyat, ma’noni qayd 
etadi; ularga bilishning uch metodi: tushuntirish, tushunish, talqin qilish muvofiqdir.  
Nomotetik  va  ideografik  metodlarning  taklif  qilinishi  fanlarni  tasniflash  ishida, 
hech  shubhasiz,  muhim  voqea  bo‘ldi.  Umuman  olganda,  nomotetik  metod 
(yunoncha  nomothetike  –  «qonunchilik  san’ati»)  qonunlarni  umumlashtirish  va 
belgilashga  qaratilgan  bo‘lib,  tabiatshunoslikda  namoyon  bo‘ladi.  Tabiat  va 
madaniyatning  farqlanishiga  ko‘ra,  umumiy  qonunlar  o‘ziga  xos  va  ayrim 
mavjudlikka  nisbatan  tatbiq  etilishi  mumkin  emas,  chunki  unda  ikkala  tushuncha 
yordamida  ifodalab  bo‘lmaydigan  narsalar  doimo  mavjuddir.  Bundan  nomotetik 
metod  bilishning  universal  metodi  emas  va  ayrim  mavjudlikni  bilish  uchun 
ideografik metod qo‘llanilishi lozim, degan xulosa kelib chiqadi.  
Ideografik metodning nomi (yunoncha idios – «alohida», grapho – «yozaman») u 
madaniyat haqidagi tarixiy fanlar metodi ekanligini ko‘rsatadi. Uning vazifasi ayrim 
voqealarni  ularning  ahamiyatini  baholash  yo‘li  bilan  tavsiflashdan  iborat.  Ayrim 
                                                 
4
 Қаранг: Виндельбанд В. Избранное. Дух истории. – М., 1995.  
5
 Қаранг: Риккерт Г. Науки о природе и науки о культуре. – СПб., 1911.  


voqealar orasida muhimlari qayd etilishi mumkin, biroq ularning yagona qonuniyati 
hech qachon kuzatilmaydi. Shu tariqa tarixiy jarayon o‘ziga xos va betakror voqealar 
to‘plami sifatida namoyon bo‘ladi.   
Rikkert fikriga ko‘ra, madaniyat haqidagi fanlar din, huquq, davlat va hatto xo‘jalik 
jabhalarida tarqalgan. «Texnik ixtirolar (binobarin, ulardan kelib chiquvchi xo‘jalik 
faoliyati ham) odatda tabiiy fanlar yordamida amalga oshiriladi, biroq ularning o‘zi 
tabiiy ilmiy tadqiqot ob’ektlari qatoriga kirmaydi»
6
, deb qayd etadi Rikkert.  

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish