Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti


F.Engelsning fanlarni tasniflash tamoyillari



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/266
Sana18.01.2022
Hajmi3,26 Mb.
#386759
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   266
Bog'liq
ilmiytadqiqotmetodologiyasipdf

F.Engelsning fanlarni tasniflash tamoyillari.
 1873 yilda Engels materiya harakat 
shakllarining  tasnifini  yaratishga  kirishganida,  ilmiy  davralarda  fanlar  tasnifiga 
nisbatan  kontcha  yondashuv  tarqalgan  edi.  Har  bir  fan  predmetini  materiya 
harakatining alohida shakli tashkil etishi, turli fanlarning ob’ektlari esa bir-biridan 
qat’iy ajratilgani (matematika | fizika | kimyo | biologiya | sotsiologiya) pozitivizm 
asoschisi O.Kontning ishonchi komil edi. Bunday muvofiqlik fanlarning 
muvofiqlik 
tamoyili  deb  nomlandi.  Engels  turli  fanlar  o‘rganuvchi  ob’ektlar  o‘zaro  qanday 
bog‘langani  va  bir-biriga  o‘tishiga  e’tiborni  qaratdi.  ¤sib  boruvchi  chiziq  bo‘ylab 
quyidan  oliyga,  soddadan  murakkabga  tomon  borayotgan  harakatlanuvchi 
materiyaning  progressiv  rivojlanish  jarayonini  aks  ettirish  g‘oyasi  tug‘ildi. 
Mexanika fizika bilan bog‘lanib, unga o‘tishi, fizika kimyoga, kimyo – biologiya va 
ijtimoiy  fanlarga o‘tishi  (mexanika...  fizika...  kimyo...  biologiya...  ijtimoiy  fanlar) 
subordinatsiya
 tamoyili degan nom oldi. Darhaqiqat, qaerga nazar tashlamaylik, bir 
harakat shakli boshqa harakat shakli bilan bog‘lanishini ko‘ramiz, har yerda va har 
qachon  bir  harakat  shaklining  boshqa  harakat  shakliga  aylanish  jarayonlarigina 
mavjud.  Materiyaning  harakat  shakllari  bir-biriga  aylanish  uzluksiz-uzlukli 
jarayonida  mavjuddir. «Har  biri  materiya  harakatining  ayrim  shaklini  yoki  o‘zaro 
bog‘langan va bir-biriga o‘tuvchi ba’zi bir shakllarini tahlil qiluvchi fanlar tasnifi 
ayni  vaqtda  bu  harakat  shakllarining  tasnifi,  ularni  ichki  izchilligiga  xos  ravishda 
joylashtirish bo‘lib, uning ahamiyati ayni shundadir»
7
, deb qayd etadi Engels.  
F.Engels «Tabiat dialektikasi» asari ustida ish boshlaganida, fanda noorganika – 
jonsiz tabiat sohasiga tatbiq etilgan energiya tushunchasi e’tirof etilgan edi. Biroq 
jonli va jonsiz tabiat o‘rtasida mutlaq chegara bo‘lishi mumkin emasligi tobora aniq 
bo‘lib borardi. O‘tuvchi shakl va jonli qarama-qarshilik – virus buning yorqin misoli 
bo‘ldi.  Organik  muhitga  tushgach,  u  o‘zini  jonli  jism  kabi  tutardi.  Vaholanki, 
noorganik muhitda u o‘zini bunday namoyon etmasdi. Engels materiya harakatining 
bir  shakli  boshqasiga  o‘tishini  bashorat  qildi  deb  aytish  mumkin,  chunki  uning 
konsepsiyasi  vujudga  kelgan  paytgacha  fanda  faqat  mexanik  shakllar  va  issiqlik 
shakllari  o‘rtasidagi  o‘tishlar  o‘rganilgan  edi.  Yaqin  kelajakda  eng  buyuk 
kashfiyotlar  fanlar  tutashgan  joyda,  chegaradosh  sohalarda  yuz  berishi  haqidagi 
taxmin  ham  qiziqish  uyg‘otardi.  Engels  tabiat  va  jamiyatni  bog‘lovchi  shunday 
chegaradosh sohalardan birini o‘rganishga kirishib, 
antroposotsiogenez
 – inson va 
kishilik  jamiyati  kelib  chiqishining 
mehnat  nazariyasi
ni  taklif  qildi.  O‘z  vaqtida 
Ch.Darvin (1809-1882) inson va maymunlarni anatomik jihatdan qiyosiy o‘rganib, 
inson hayvondan tarqalgan, degan xulosaga kelgan edi. U raqobatning ikki shaklini: 
                                                 
6
 Культурология. ХХ век. – М., 1995. – 71-б.  
7
 Маркс К., Энгельс Ф. Сочинения. 2-е изд. Т. 20. – 564-565-б.  


turlar  ichidagi  va  turlar  o‘rtasidagi  raqobatni  farqladi.  Turlar  ichidagi  raqobat 
hayotga yaxshi moslashmagan shakllar qirilib ketishiga sabab bo‘lar, hayotga yaxshi 
moslashgan  shakllarning  yashab  qolishini  ta’minlardi.  Bu  qoida  tabiiy  tanlanish 
nazariyasiga asos bo‘ldi. Engels esa antroposotsiogenez jarayonida ijtimoiy omillar 
rolini,  xususan  mehnatning  alohida  rolini  baholadi.  XX  asrda  aynan  fanlar 
chegarasida  yangi  fanlarning  eng  istiqbolli  sohalari:  biokimyo,  psixolingvistika, 
informatika paydo bo‘ldi
8
.  
Shunday qilib, fanlarning dastlabki tasniflarida inson jonining tabiiy qobiliyatlari 
(xotira, tasavvur va sh.k.) asos sifatida amal qilgan bo‘lsa, Engels tasnifining farqi 
shunda ediki, «fanlarni ajratish uchun u fanlar o‘rtasidagi farqlar ular o‘rganuvchi 
ob’ektlar o‘rtasidagi farqlar bilan belgilanadi, degan ob’ektivlik tamoyilini asos qilib 
oldi»
9
.  Shu  tariqa  fanlar  tasnifi  mustahkam  ontologik  zamin  –  tabiatning  sifat 
jihatidan rang-barangligi, materiya harakatining har xil shakllariga ega bo‘ladi.  
Yangi  ma’lumotlar  olinishi  munosabati  bilan  Engels  ishlab  chiqqan  materiya 
harakat shakllarining besh a’zoli tasnifiga jiddiy aniqliklar kiritildi. B.Kedrov taklif 
qilgan 

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish