Tabiat
tuzilishining sifat jihatidan har xil bosqichlari
haqidagi tasavvurlarni ob’ektiv
idealistlar Shelling va Gegel rivojlantirdi. Shelling o‘z oldiga oliy maqsad sari tabiat
rivojlanishining barcha bosqichlarini izchil yoritish, ya’ni tabiatni vazifasi ongni
yaratishdan iborat bo‘lgan maqsadga muvofiq yaxlitlik sifatida o‘rganish vazifasini
qo‘ydi. Gegel qayd etgan tabiat bosqichlari «dunyo ruhi» ijobiy faoliyatining
rivojlanishi va tajassumi sifatida talqin qilinuvchi evolyutsiyaning turli bosqichlari
bilan bog‘landi. Gegelda u mutlaq g‘oya nomini oldi. Gegel mexanik hodisalar
kimyoviy hodisalarga (ximizm) va so‘ngra tabiiy hayot (organizm) va amaliyotga
o‘tishi to‘g‘risida so‘z yuritdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |