Epistemologiyaning muhim muammosi sanalgan haqiqat asoslari muammosi
«haqiqat» tushunchasining etimologiyasini aniqlashga da’vat etadi. U ikki yarim
ming yildan ko‘proq tarixga ega bo‘lsa-da, uning atrofida bahslar hanuz to‘xtagani
yo‘q. Platon haqiqiy bilim –
epistema
ni fikr –
dox
dan farqlashni tavsiya qilgan.
Aristotel haqiqat tushunchasining keyinchalik «klassik» deb nomlangan ta’rifini
taklif qilgan: haqiqat – bu fikr va predmetning, bilim va borliqning muvofiqligidir.
Hozirgi g‘arb adabiyotlarida haqiqatning klassik konsepsiyasi muvofiqlik nazariyasi
deb yuritiladi.
Ayni vaqtda nima nimaga muvofiq bo‘lishi kerak, degan savol tug‘iladi. Gegel
fikriga ko‘ra, borliq mutlaq g‘oyaga muvofiq bo‘lishi lozim. Materialistlar bizning
borliq haqidagi tasavvurlarimizning muvofiqligini, tafakkur va borliqning
ayniyligini isbotlashga harakat qiladilar. Turli falsafiy yo‘nalishlar haqiqat
mezonlari qatoriga har xil belgilarni, chunonchi: umumiylik va zarurat (Kant),
soddalik va aniqlik (Dekart), mantiqan ziddiyatsizlik (Leybnits), umumiy
ahamiyatga moliklik (Bogdanov), shuningdek foydalilik va tejamlilik (Max)ni
kiritadilar. Haqiqatning estetik mezoni mavjud bo‘lib, unga muvofiq haqiqat
nazariyaning ichki barkamolligida, tenglamalarning sodda (chiroyli) shaklida,
dalillarning jozibadorligidadir. Haqiqiylikning mantiqiy mezoniga ko‘ra, hamma
narsa xulosalar va dalillar yordamida asoslangan, ziddiyatsiz va o‘ziga to‘q bo‘lishi
lozim. Ijtimoiy-tarixiy amaliyot haqiqatning universal mezonidir.
Hozirgi zamon ilmiy falsafasida
ob’ektiv haqiqat
deganda mazmuni insonga ham,
insoniyatga ham bog‘liq bo‘lmagan bilim tushuniladi. Bu biluvchi sub’ektning
miyasidan tashqarida ob’ektiv haqiqatni o‘zida mujassamlashtirgan bilim qatlami
mavjud, degan ma’noni anglatmaydi. Bu faqat sub’ektning noto‘g‘ri tasavvuri
haqiqatga hech qanday ta’sir ko‘rsatmasligi, balki tushunib yetilayotgan ob’ektning
o‘zi bilan belgilanishini anglatadi.
Bilish tarixi, Eynshteyn ta’biri bilan aytganda, «g‘oyalar dramasi», eski nazariyalar
o‘rniga ulardan butunlay farq qiluvchi yangi nazariyalar kelishidir. Bilish metafizik
nazariyasining xatosi shundan iborat bo‘lganki, unda haqiqat ob’ektning mukammal
in’ikosiga erishilgan tugallangan holat sifatida qaralgan. Bunday yondashuvda
evolyutsiya va rivojlanishga o‘rin qolmaydi. Bu qarama-qarshilikni ilk bor Gegel
anglab yetdi. U haqiqat qotib qolgan tizim emas, balki predmetning tushunchaga
tobora ko‘proq mos kelishidan iborat izchil, tadrijiy jarayon ekanligini ko‘rsatib
berdi. Shu sababli haqiqatni tushunchaning predmetga, fikr va borliqqa oddiy
muvofiqligi deb emas, balki
Do'stlaringiz bilan baham: