ilmiy tadqiqot
jarayonida real ob’ektlarni eng muhim xossalari cheklangan ob’ektlar shaklida
(mavhumlashtirish) ifoda etish, shuningdek ularning aniq belgilangan xossalari
(«ideal gaz», «moddiy nuqta», «mutlaqo qora jism»)ga tayanib, xayoliy
obrazlarini yaratish qulaydir. Mazkur ob’ektlarning xossalarini va ularni o‘z
ramz, belgilari shaklida ifodalash, ya’ni formallashtirish juda oson. Bu ularning
xayoliy obrazlari va matematik timsollarini boshqarish (matematik formalizmdan
foydalanish)ni ancha yengillashtiradi.
Mantiq metodlari: tahlil, induksiya va deduksiya –
ob’ektni tadqiq qilish
jarayonida uning tarkibiy qismlarini ajratish, alohida faktlarga asoslanib umumiy
161
Кант И. Пролегомены ко всякой будущей метафизики, могущей возникнуть в смысле
науки. М.: 1993. -С 210.
162
Вяльцев А.Н. Открытие элементарных частиц. М.: 1984. -С 272.
mulohaza yuritish, ma’lum umumiy qoidalarga asosan xususiy xulosalar chiqarish
(Bu haqda mantiqning bilish imkoniyatlariga bag‘ishlangan bo‘limda mufassal so‘z
yuritilgan).
Metodologik tamoyillar va yondashuvlarning tabiati har xildir. Masalan, reduksiya,
yaxlitlik, kontrreduksiya tamoyillari tadqiqotning tabiiy ob’ektlari tabiatini:
verifikatsiya, falsifikatsiya tamoyili, mantiq qonunlari esa bilish va fikrlash
faoliyatining shakllarini: to‘ldiruvchanlik, tarixiylik tamoyillari va sistemali
yondashuv esa tadqiqot ob’ektlari hamda bilish va fikrlash faoliyatining xossalarini
ifoda etadi.
Metodologik tamoyillar ro‘yxati ochiq xususiyatga ega bo‘lib, ko‘payishda davom
etmoqda. So‘nggi davrda tez-tez tilga olinayotgan «antrop tamoyili»da tabiatni ilmiy
bilish metodologiyasi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan narsani ko‘rmadik. Uni
maxsus ajratish, balki, qadimiyatga borib taqaluvchi turli antropotsentrik
ta’limotlarni birlashtirish uchun foydali bo‘lishi mumkin. Antrop tamoyilning asosiy
g‘oyasi, mohiyat-e’tibori bilan, Olamda mavjud bo‘lgan barcha ob’ektlar o‘z
mavjudligi bilan ana shu Olamda mavjud bo‘lgan boshqa ob’ektlarga zid kelmasligi
kerak, degan siyqasi chiqqan qarashga asoslanadi. Bu nuqtai nazardan antrop
tamoyili o‘rniga, aytaylik, «elektron tamoyili» yoki «timsoh tamoyili» to‘g‘risida
ham so‘z yuritish mumkin.
Normativ metodologiya, aniq ta’riflangan tamoyillardan tashqari, «yarim
normativ» shaklda, ayni paytda «yarim deskriptiv» shaklda ilmiy bilishning ideallari
va normalari, fanlarning o‘zaro ta’siri, ilmiy nazariyalarning shakllanishi va
asoslanishi haqidagi ta’limotlarda, eksperimental faoliyat tamoyillarida, bilimlarni
birlashtirish va sintez qilish muammolarida, ilmiy bilishning imkoniyatlari va
chegaralari, ilmiy bilishning tilida ham bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, maxsus
metodologiyaning o‘ziga xos xususiyatlari alohida fan sohalari: matematika, fizika,
kimyo, biologiya, texnika va texnologiya, evolyutsiya jarayonlari, ekologiya va
hokazolarning muayyan tarzda ishlab chiqilgan metodologiyalarida o‘z aksini
topadi.
Ilmiy bilish tizimida metodologiyaning tutgan o‘rni, vazifalari haqida bildirilgan
fikrlarga shuni qo‘shimcha qilish kerakki, metodologiyaning operatsional-amaliy
ahamiyatidan tashqari, uning inson aqliy va bilish faoliyatining ayrim
mexanizmlarini ochib beruvchi bilim tizimi sifatidagi ahamiyati to‘g‘risida so‘z
yuritish mumkin. Zotan, bu inson o‘z-o‘zini anglashi uchun ham, «sun’iy intellekt»
tizimlarini yaratish uchun ham muhimdir. Bundan tashqari, har qanday ilmiy bilish
faoliyati doimo muayyan metodga va u haqdagi qarashlarga (ya’ni ma’lum
protometodologiyaga yoki aniq bo‘lmagan metodologiyaga) asoslanishini ham
tushunish kerak. Ammo barcha tadqiqotchilar ham metodologiya muammolarini
maxsus o‘rganavermaydi va ishlab chiqavermaydi. Bu metodologiya har qanday
ilmiy bilish faoliyatining ajralmas qismi ekanligini tushunib yetish uchun muhimdir.
Tabiiy ob’ektlar xossalarining to‘rt turi – barcha tabiiy ob’ektlarga xos bo‘lgan
xossalarning turlarini aniqlash fan metodologiyasining muhim vazifasidir. Tabiiy
ob’ektlar, deganda kelib chiqishi insonning ongli ijodi bilan bog‘liq bo‘lmagan har
qanday yaxlit ob’ektlar: atomlar, molekulalar, tirik organizmlar, tabiiy til, jamiyat
va shu kabilar tushuniladi. Turli sohadagi ilmiy bilimlarning katta hajmini va
muayyan fanlardagi shaxsiy ish tajribasini anglab yetish natijasida har qanday tabiiy
ob’ektga xos bo‘lgan turli-tuman xossalarning to‘rt turini ajratdik.
Sub’ektiv yaxlit xossalar - ontologik maqomi immanent, noemerjentdir.
Epistemologik maqomi–tarkibiy qismlarining xossalariga nisbatan reduksiyalanadi,
boshqacha qilib aytganda, butunning xossalarini belgilashi mumkin bo‘lgan
qismlarning xossalari.
Sub’ektiv yaxlit xossalarga misollar: og‘irlik, jismlarning elektr zaryadi, gapning
so‘z (birikma)lar ma’nosi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan qisman ma’nosi. Bilish
usuli: reduksiya tamoyili.
Yaxlit xossalar – ontologik maqomi immanent, emerjentdir.
Epistemologik
maqomi
tarkibiy
qismlarining
xossalariga
nisbatan
reduksiyalanmaydi, ya’ni qismlarining xossalariga bog‘lash mumkin emas. Mazkur
xossalar butunning tabiatdagi boshqa ob’ektlar–yaxlitliklar bilan o‘zaro
munosabatlarida individ sifatidagi maqomini belgilaydi.
Yaxlit xossalarga misollar: boshqa organizmlar bilan o‘zaro munosabatlarda va
atrof muhit bilan nomuvoziy holatda tirik organizmlarning yaxlit mavjud bo‘lish
qobiliyati, tabiiy tilda gaplarning aynan yaxlit ma’nosi, xalq, millat, etnos psixikasi.
Bilish usuli: yaxlitlik tamoyili (xolistik yondashuv).
Do'stlaringiz bilan baham: |