Reduksiya tamoyili
–ma’lum yaxlitlik, tizim, «murakkablik»ni uning nisbatan
sodda tarkibiy qismlari, unsurlari orqali bilishdir. Boshqacha qilib aytganda,
reduksiya tamoyili–tadqiq qilinayotgan ob’ektlar (yaxlitliklar, tizimlar)ning ma’lum
integral xossalarini mazkur ob’ektlarning tarkibiy qismlari orqali bilish. Bu tamoyil
jonli va jonsiz tabiatning ma’lum ob’ektlarini, ijtimoiy tizimlarni, ijtimoiy-tabiiy
tizimlarni ilmiy bilishga ko‘proq xos. Masalan, atomning ba’zi bir xossalarini uning
yadrosi va elektronlarining xossalaridan, tirik hujayraning xossalarini uning
tarkibidagi organoidlardan, jamiyatning xossalarini uni tashkil etgan ijtimoiy
tabaqalar, iqtisodiyot, jug‘rofiy-siyosiy holatning xossalaridan keltirib chiqarish
mumkin va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |