Sistemali yondashuv –
umumilmiy bilimning tarmoqlangan sohasi bo‘lib, uning
predmetiga reduksiya, yaxlitlik va kontrreduksiyaning metodologik muammolari
ham kiradi. Bu o‘rinda shuni qayd etib o‘tish kerakki, reduksiya, yaxlitlik va
kontrreduksiya tamoyillari ayni bir ob’ektni har xil darajada ko‘rish imkonini beradi.
Bunda aniqlangan xossalarga, agar ob’ekt rivojlanayotgan Olamning yagona
tizimiga qo‘shilgan yaxlitlik sifatida to‘liq tavsiflangan bo‘lsa, to‘ldiruvchanlik
tamoyili nuqtai nazaridan qarash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |