Verifikatsiya tamoyili
– mohiyat-e’tibori bilan formal mantiqni yetarli asoslash
tamoyilining o‘xshashi. Uning asosiy mazmuni juda sodda–ilmiy bilim tizimiga
kiritiladigan qoidalar asoslangan bo‘lishi kerak. Ammo haqiqiy yoki asoslangan
ilmiy bilimning umum e’tirof etilgan mezonlarini tanlash muammosi haqida bunday
deyish mushkul. Afsuski, bu yerda olimlar o‘rtasida yakdillik yo‘q. Mantiqiy
pozitivizmda har qanday bilimni eng sodda atomar empirik mulohazalar, qaydlarga
bog‘lash orqali empirik asoslash imkoniyati mana shunday mezon bo‘lib xizmat
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |