2. Nazariy bilish metodlari.
1. Formallashtirish–ma’lum mazmunni muayyan shakl-belgilar holiga keltirish. Bu
har xil talqin qilish imkoniyatini istisno etish maqsadida fikrni aniq ifodalashga
xizmat qiladi. Formallashtirishda ob’ektlar haqidagi mulohazalar belgilar (formula)
sohasiga o‘tkaziladiki, bu sun’iy tillar (matematika, mantiq, kimyo tili va sh.k.)ni
yaratish bilan bog‘liq.
Maxsus shakl-belgilardan foydalanish oddiy, tabiiy tilning ko‘p ma’noliligini
bartaraf etish imkonini beradi. Formallashtirilgan fikrlarda turli belgi qat’iy ma’noni
bildiradi. Formallashtirish algoritmlashtirish va hisoblash moslamalarini
dasturlashtirish jarayonlariga, bu bilan esa bilimning nafaqat ilmiy-texnikaviy, balki
boshqa shakllarini ham kompyuterlashtirishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Formallashtirish jarayonining eng muhim xususiyati shundaki, sun’iy tillarning
formulalari ustida amallarni bajarish, ulardan yangi formula va nisbatlarni keltirib
chiqarish mumkin. Aytilgan fikr mantiqiy xulosa asosida chiqariladi. Amaliyotda
turli timsollar asosida xulosalar chiqariladi. Bu timsollar aksiomalarni ifodalaydi.
Formallashtirish keng ma’noda mantiqiy xulosa chiqarish haqidagi ta’limotdir.
Mantiqiy xulosa natijani izohlab tushuntirib beradi. Xulosa chiqarish timsollar tizimi
va unga asoslanish demakdir. Ammo, XX asrda ijod qilgan avstriyalik mantiqchi va
matematik
K.
Gedel
mazmun
nazariyasida
har
doim
aniqlanmagan,
formallashtirilmagan qoldiq qolishini ko‘rsatadi. Tobora chuqurlashib borayotgan
bilim mazmunini formallashtirish hech qachon mutlaq to‘liqlikka erishmaydi,
chunki bilish predmeti va u haqdagi bilimlarning rivojlanishi (o‘zgarishi) hech
qachon to‘xtamaydi. Bu formallashtirishning ichki imkoniyatlari cheklanganligidan
dalolat beradi. Zotan, har qanday fikrni hisoblash bilan almashtirish imkonini
beruvchi umumiy metodning yo‘qligi isbotlangan. Gedelning teoremalari ilmiy
fikrni va, umuman, ilmiy bilimni to‘liq formallashtirish mumkin emasligini
mukammal isbotlab bergan.
2. Aksiomatik metod–ilmiy nazariya tuzish usuli. Bunda uning asosiga ayrim
dastlabki qoidalar–aksiomalar qo‘yiladi va nazariyaning qolgan barcha g‘oyalari
mana shu aksiomalardan sof mantiqiy yo‘l bilan isbotlash orqali keltirib chiqariladi.
Aksiomalardan teoremalarni (umuman, bir formuladan boshqa formulalarni) keltirib
chiqarish uchun maxsus qoidalar ta’riflanadi. Binobarin, aksiomatik metodda
isbotlash–har biri yo aksioma bo‘lgan, yo oldingi formulalardan ma’lum qoidaga
binoan keltirib chiqariladigan formulalarning ma’lum ketma-ketligi. Aksiomatik
metod–olingan ilmiy bilimni tizimga solish usullaridan biri. Uning amalda
qo‘llanishi
cheklangan,
chunki
uni
faqat
aksiomalashtirilgan
mazmun
nazariyasining rivojlanish darajasi juda katta bo‘lgan holdagina qo‘llash mumkin.
Mashhur fransuz fizigi Lui de Broylning ta’biri bilan aytganda, «aksiomatik metod
tasniflash yoki ta’lim berishning yaxshi metodi bo‘lishi mumkin, ammo u kashf etish
metodi bo‘la olmaydi».
3. Gipotetik-deduktiv metod–ilmiy bilish metodlaridan biri. Bir-biri bilan deduktiv
bog‘liq bo‘lgan gipotezalar tizimini yaratishni nazarda tutadi. Mazkur
gipotezalardan pirovard natijada empirik faktlar to‘g‘risida xulosalar chiqariladi.
Ushbu metod gipotezalardan va haqiqiy ma’nosi ma’lum bo‘lmagan boshqa
farazlardan xulosalar chiqarishga (deduksiyaga) asoslanadi. Binobarin, mazkur
metod yordamida chiqarilgan xulosa muqarrar tarzda ehtimoliy xususiyatga ega
bo‘ladi.
Gipotetik-deduktiv metodning umumiy tuzilishi:
- nazariy tushuntirishni taqozo etuvchi material bilan tanishish va mavjud
nazariyalar, qonunlar yordamida nazariy tushuntirishga harakat qilish. Agar buning
iloji bo‘lmasa:
- turli-tuman mantiqiy usullar yordamida mazkur hodisalarning sabab va
qonuniyatlari to‘g‘risida faraz (gipoteza, taxmin)lar qilish;
- farazlarning asosliligi va jiddiyligiga baho berish va ularning orasidan haqiqatga
eng yaqinini tanlab olish;
- gipotezadan oqibatlarni (odatda, deduksiya yo‘li bilan) keltirib chiqarish va uning
mazmuniga aniqlik kiritish;
- gipotezadan keltirib chiqarilgan oqibatlarni tajribada tekshirish. Bu yerda
gipoteza yo tajribada isbotlanadi, yo inkor etiladi. Ammo ayrim oqibatlarning
isbotlanganligi gipotezaning haqiqiyligini (yoki soxtaligini) kafolatlamaydi.
Tekshiruv natijalariga ko‘ra, eng yaxshi gipoteza nazariyaga aylanadi.
Matematik gipotezani gipotetik-deduktiv metodning turi deb hisoblash mumkin.
Bu yerda ilgari ma’lum bo‘lgan va tekshirilgan holatlarning takomillashtirilgan
ko‘rinishlarini ifoda etuvchi ma’lum tenglamalar gipoteza vazifasini bajaradi. Ilgari
ma’lum bo‘lgan va tekshirilgan holatlar o‘zgartirilib, yangi hodisalarga taalluqli
bo‘lgan gipotezani ifodalovchi yangi tenglama tuziladi. Gipotetik-deduktiv metod
(aksiomatik metod singari) kashf etish metodidan ham ko‘ra ko‘proq ilmiy bilimni
tuzish va asoslash metodi hisoblanadi, chunki u yangi gipotezaga qanday yo‘l bilan
kelish mumkinligini ko‘rsatadi.
4. Mavhumdan konkretlikka yuksalish – nazariy tadqiqot va bayon etish metodi.
Ilmiy fikrning dastlabki mavhumlikdan bilishni chuqurlashtirish va kengaytirish
izchil bosqichlari orqali natijaga–tadqiq qilinayotgan predmetni nazariyada yaxlit
aks ettirishga tomon harakatidan iborat. Muayyan hissiylikdan mavhumlikka
yuksalish, tafakkurda predmetning alohida jihatlarini ajratish va ularni tegishli
mavhum ta’riflarda «mustahkamlash» mazkur metodning shartlaridir. Bilishning
muayyan hissiylikdan mavhumga tomon harakati xususiydan umumiyga tomon
harakat demakdir. Bu yerda tahlil va induksiya singari mantiqiy usullar yetakchilik
qiladi.
Mavhumdan
muayyan
hissiylikka
yuksalish–ayrim
umumiy
mavhumliklardan ularning yagonaligiga, muayyan umumiyga tomon harakat
jarayonidir. Bu yerda sintez va deduksiya usullari yetakchilik qiladi. Bilishning
bunday harakati formal, texnik protsedura emas, balki predmetning rivojlanishidagi
qarama-qarshilikni, ichki qarama-qarshiliklarga muvofiq uning bir darajadan boshqa
darajaga o‘tishini aks ettiruvchi dialektik ziddiyatli harakatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |