Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/266
Sana18.01.2022
Hajmi3,26 Mb.
#386759
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   266
Bog'liq
ilmiytadqiqotmetodologiyasipdf

 Empirik tadqiqot metodlari.  
1. Kuzatish–narsa va hodisalarni izchil passiv kuzatish. Asosan, sezgi a’zolarining 
ma’lumotlariga tayanadi. Kuzatish jarayonida biz bilish ob’ektining nafaqat tashqi 
tomonlari  haqida,  balki,  pirovard  maqsad  sifatida  uning  muhim  xossa  va 
munosabatlari  haqida  ham  bilim  olamiz.  Kuzatish  bevosita  yoki  turli  asboblar  va 
boshqa  texnik  uskunalar  yordamida  bilvosita  amalga  oshirilishi  mumkin.  Fan 
rivojlanishi  bilan  kuzatish  tobora  murakkablashib,  uning  vositalari  ko‘payib 
bormoqda.  Ilmiy  kuzatishga  qo‘yiladigan  asosiy  talablar:  maqsad  (kuzatish 
ob’ekti)ning  aniqligi;  qayta  kuzatish  orqali  yoki  boshqa  metodlar  (masalan, 
eksperiment)  yordamida  nazorat  qilish  mumkinligi.  Kuzatish  natijalarini  talqin 
qilish, asboblarning ko‘rsatkichlarini o‘qish va shu kabilar muhim ahamiyatga ega. 
 
2. 
Eksperiment–o‘rganilayotgan 
jarayonga 
faol 
va 
izchil 
aralashish, 
eksperimentning  maqsadlariga  muvofiq  maxsus  yaratilgan  hamda  nazorat  ostiga 
olingan sharoitlarda tadqiq qilinayotgan ob’ektni tegishli tarzda o‘zgartirish yoki uni 
aks ettirish. Eksperiment jarayonida o‘rganilayotgan ob’ekt uning mohiyatini buzib 
ko‘rsatishi  mumkin  bo‘lgan  nojo‘ya  ta’sirlardan  ajratiladi  va  «sof  shakl»da  ifoda 
etiladi.  
Eksperimentning asosiy xususiyatlari:  
a) tadqiqot ob’ektiga (kuzatishdagiga qaraganda) yanada faolroq munosabat, shu 
jumladan, uni o‘zgartirish va qayta tuzish; 
b) ob’ektning xulq-atvorini nazorat qilish va natijalarni tekshirish imkoniyatining 
mavjudligi; 
v) tadqiqotchining xohishiga ko‘ra, o‘rganilayotgan ob’ektni bir necha marta aks 
ettirish mumkinligi; 
g)  hodisalarning  tabiiy  sharoitlarda  kuzatilmaydigan  xossalarini  topish 
imkoniyatining mavjudligi.  
Eksperimentlarning turlari juda xilma-xildir. Vazifalariga qarab tadqiqot (qidirish), 
tekshirish  (nazorat)  va  aks  ettirish  eksperimentlari  farqlanadi.  Ob’ektlarning 
xususiyatiga  qarab  fizik,  kimyoviy,  biologik,  ijtimoiy  va  h.k.  eksperimentlar 
farqlanadi.  Sifat  va  son  eksperimentlari  ham  mavjud.  Fikriy  eksperiment–
ideallashtirilgan  ob’ektlar  haqida  fikr  yuritish  protseduralari  tizimi  hozirgi  zamon 
fanida keng tarqalgan.  
3.  Taqqoslash–ob’ektlar  (yoki  ayni  bir  ob’ektning  rivojlanish  bosqichlari)ning 
o‘xshash yoki farqli jihatlarini, ya’ni ularning ayniyligi va tafovutlarini aniqlovchi 
bilish operatsiyasi. U faqat turkum hosil qiluvchi turdosh predmetlar majmuidagina 
ma’no  kasb  etadi.  Predmetlarni  turkumda  taqqoslash  ayni  tadqiqot uchun  muhim 
belgilarga  qarab  amalga  oshiriladi.  Bunda  bitta  belgiga  qarab  taqqoslanayotgan 
predmetlarni boshqa belgiga qarab taqqoslash bo‘lmasligi ham mumkin. Taqqoslash 
mantiqiy usul–analogiyaning (quyida qarang) negizi hisoblanadi va qiyosiy-tarixiy 
metodning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Uning maqsadi–ayni bir hodisa yoki birgalikda 
mavjud  har  xil  hodisalar  rivojlanishining  turli  bosqichlari  (davrlari,  darajalari)ni 
bilishda umumiy va xususiy holatlarni aniqlash.  


4. Tavsiflash–tajriba (kuzatish yoki eksperiment) natijalarini fanda qabul qilingan 
ma’lum belgilash tizimlari yordamida qayd etishdan iborat bilish operatsiyasi. 
5.  O‘lchash–qabul  qilingan  o‘lchov  birliklarida  o‘lchanayotgan  kattalikning  son 
miqdorini  topish  maqsadida  ma’lum  vositalar  yordamida  bajariluvchi  amallar 
majmui.  
Shu  o‘rinda  qayd  etib  o‘tish  kerakki,  empirik  tadqiqot  metodlari  hech  qachon 
«ko‘r-ko‘rona» amalga oshirilmaydi, balki har doim nazariy jihatdan belgilangan, 
ma’lum konseptual g‘oyalar bilan yo‘naltirilgan bo‘ladi.  

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish