Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti


 Tadqiqotning umumiy mantiqiy metodi va usullari



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/266
Sana18.01.2022
Hajmi3,26 Mb.
#386759
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   266
Bog'liq
ilmiytadqiqotmetodologiyasipdf

3. Tadqiqotning umumiy mantiqiy metodi va usullari.
  
1.  Analiz–ob’ektni  amalda  yoki  fikran  tarkibiy  qismlarga  ajratish;  sintez  – 
qismlardan  butunni,  xuddi  shunday  tarzda,  qayta  birlashtirish.  Sintez  natijasida 
mutlaqo yangi ob’ekt hosil bo‘ladi.  
Analiz  (tahlil  qilish  faoliyati)  jarayonida  fikr  murakkablikdan  oddiylikka, 
tasodifdan  zaruratga  qarab,  xilma-xillikdan  ayniyatga  va  birlikka  qarab  harakat 
qiladi. Analiz qilishning maqsadi qismlarni, murakkab butunning unsurlari sifatida 
bilish va ular o‘rtasidagi aloqa va qonuniyatlarni aniqlashdan iboratdir. Biroq, analiz 
mohiyatni ajratib qarashga olib keladiki, mavhum holda qolayotgan birlik, xilma-
xillikdagi  birlik  sifatida  hali  ochilmagan  bo‘ladi.  Sintez,  aksincha,  analiz  vositasi 
bilan ajratilgan qismlar, xossalar,  munosabatlarni yagona bir butunga birlashtirish 
jarayonidan iborat. Sintez birlikdan tafovutga va xilma-xillikka qarab yo‘naltirilgan 
bo‘lib,  umumiylik  va  ayrimlikni,  birlik  va  xilma-xillikni  muayyan  jonli  butunga 
birlashtiradi. Analiz va sintez chambarchas bog‘liq holda amal qiladi.  
2.  Mavhumlashtirish–o‘rganilayotgan  hodisaning  bir  qancha  xossalari  va 
nisbatlaridan  fikran  uzoqlashish,  ayni  paytda  tadqiqotchini  qiziqtirgan  xossalarni 
(eng  avvalo,  muhim,  umumiy  xossalarni)  ajratish  jarayoni.  Mazkur  jarayon 
natijasida  har  xil  «mavhum  predmetlar»  olinadi.  Bunda  «mavhum  predmetlar» 
deganda alohida tushunchalar va kategoriyalar («rivojlanish», «qarama-qarshilik», 
«fikrlash»  va  b.)  hamda  ularning  tizimlari  tushuniladi.  Matematika,  mantiq, 
dialektika va falsafa eng rivojlangan tizimlardir.  
Ko‘rib  chiqilayotgan  xossalarning  qay  biri  muhim,  qaysinisi  ikkinchi  darajali 
ekanligini aniqlash mavhumlashtirishning bosh masalasidir. Mazkur masala har bir 
muayyan holatda, eng avvalo, o‘rganilayotgan predmetning tabiatiga, shuningdek, 
tadqiqotning muayyan vazifalariga qarab hal qilinadi.  
3.  Umumlashtirish–predmetning  umumiy  xossa  va  belgilarini  aniqlash  jarayoni 
bo‘lib,  mavhumlashtirish  bilan  chambarchas  bog‘liq.  Bunda  har  qanday  umumiy 
(abstrakt-umumiy)  yoki  muhim  (muayyan  umumiy,  qonun)  belgilar  ajratilishi 
mumkin.  
4.  Ideallashtirish–voqelikning  tajribada  prinsipial  amalga  oshirib  bo‘lmaydigan, 
lekin  real  olamda  ularning  timsoli  bo‘lgan  ob’ektlarning  tushunchalarini  fikran 
shakllantirishni ifodalaydigan («nuqta», «ideal gaz», «mutlaqo qora jism» va sh.k.) 
tushuncha.  
Ideallashtirilgan  ob’ektlar,  pirovard  natijada,  ob’ektiv  ashyolar,  real  jarayon  va 
hodisalarning  in’ikosi  sifatida  maydonga  keladi.  Ideallashtirish  yordamida 
shakllangan tushunchalardan keyinchalik real ob’ektning in’ikosi sifatida izlanishlar 
olib  borishda,  mulohazalar  yuritishda,  real  jarayonlarning  mavhum  sxemalarini 
tuzishda foydalanish mumkin.  
Ideallashtirish  ilmiy  yoki  g‘ayriilmiy,  real  yoxud  mavhum  bo‘ladi.  Ilmiy,  real 
ideallashtirishni  mavhum  ideallashtirishdan  farqlaydigan  belgi  shundan  iboratki, 
unda  hosil  etilgan  ideallashtirish  ob’ektlari,  shaxslar  muayyan  sharoitlarda 
ideallashtirilgan, ya’ni real ob’ektlar atamalarini ishlatib, talqin etish mumkin.  


5.  Induksiya–ayrimlik  (tajriba,  fakt)dan  umumiyga  (ularni  umumlashtirib  xulosa 
chiqarishga)  fikran  harakat  qilish;  deduksiya–bilish  jarayonining  umumiydan 
ayrimlikka  yuksalishi.  Induksiya  va deduksiya  o‘zaro  bog‘lanadi  hamda  bir-birini 
to‘ldiradi.  Tajriba  hamisha  cheksiz  va  nomukammal  bo‘lganligi  uchun  induktiv 
xulosalar 
doim 
muammoli 
(ehtimoliy) 
xususiyatga 
egadir. 
Induktiv 
umumlashtirishlarga, odatda, tajribada bilingan haqiqatlar (empirik qonunlar), deb 
qaraladi.  
Induktiv umumlashtirish turlaridan ommaviy induksiya, to‘liqsiz induksiya, to‘liq 
induksiya,  ilmiy  induksiya  va  matematik  induksiya  ajratiladi.  Mantiqda  sababiy 
aloqalarni  aniqlashning  induktiv  metodlari–induksiya  qonunlari  (Bekon-Mill 
induktiv  tadqiqot  qoidalari)  farqlanadi.  Yagona  o‘xshashlik,  yagona  tafovut, 
o‘xshashlik  va  tafovut,  bog‘liq  o‘zgarishlar  metodlari  va  qoldiqlar  metodi  shular 
jumlasidandir.  
Deduksiyaning  o‘ziga  xos  xususiyati  shundaki,  tadqiqotchi  deduksiya  vositasida 
bir  sinf,  bir  jins,  bir  guruh  narsa  yoki  hodisa  to‘g‘risidagi  umumiy  bilimlardan 
ularning har biri haqida alohida bilimlarni hosil qiladi. Insonning bilish tajribasidan 
shu narsa ma’lumki, agar biron  xususiyat bir toifa yoki bir jinsdagi hamma narsa 
yoki hodisalarga xos bo‘lsa, bu xususiyat shu toifa yoki jinsga oid har bir narsa yoki 
hodisaga ham xos bo‘ladi.  
6.  Analogiya  (moslik,  o‘xshashlik)–o‘xshash  bo‘lmagan  ob’ektlarning  ayrim 
jihatlari,  xossalari  va  munosabatlaridagi  o‘xshashliklarni  aniqlash.  Aniqlangan 
o‘xshashlik asosida tegishli analogiya bo‘yicha xulosa chiqariladi. Uning umumiy 
sxemasi: B ob’ekt a, b, c, d belgilarga ega; C ob’ekt b, c, d belgilarga ega; binobarin, 
C ob’ekt a belgiga ega bo‘lishi mumkin. Analogiya haqiqiy emas, balki ehtimoliy 
bilim beradi. Analogiya bo‘yicha xulosa chiqarishda muayyan ob’ekt («model»)ni 
ko‘rib  chiqish  natijasida  olingan  bilim  boshqa  nisbatan  kam  o‘rganilgan  ob’ektga 
ko‘chiriladi.  
7.  Modellashtirish–borliqni  bilvosita  o‘rganish  usuli.  Biron  ob’ektning 
xususiyatlarini ularni o‘rganish uchun maxsus tuzilgan boshqa ob’ektda qayta hosil 
qilishdir.  Modellashtirish  asosida  tadqiq  qilinayotgan  ob’ekt  bilan  uning  modeli 
o‘rtasidagi o‘xshashlik, muvofiqlik yotadi. Mazkur usul ilmiy tadqiqot jarayonini 
yengillashtiradi,  ob’ektning  o‘rnini  bevosita  tadqiq  etish  mumkin  bo‘lmagan, 
qimmat bo‘lgan, juda uzoq vaqt talab qiladigan va holatlarda modelga ehtiyoj paydo 
bo‘ladi.  
Modellashtirish  shakllari  xilma-xil  bo‘lib,  foydalanilayotgan  modellarga  va 
modellashtirish  qo‘llanayotgan  sohaga  bog‘liq.  Modellarning  xususiyatiga  qarab 
moddiy  (predmetli)  modellashtirish  va  ideal  modellashtirish  farqlanadi.  Moddiy 
modellar  tabiiy  ob’ektlar  hisoblanadi.  Ular  o‘z  faoliyatida  tabiiy  qonunlar–fizika, 
mexanika  qonunlariga  bo‘ysunadi.  Ideal  modellar  tegishli  belgilar  shaklida 
ifodalanadi.  
Muayyan  ob’ektni  moddiy  (predmetli)  modellashtirishda  uni  o‘rganish  original 
bilan  bir  xil  fizik  tabiatga  ega  bo‘lgan  ma’lum  modelni  tadqiq  qilish  bilan 
almashtiriladi (samolyot, kema va kosmik apparatlarning modellari). 
Ideal  (belgili)  modellashtirishda  modellar  grafiklar,  chizmalar,  formulalar, 
tenglamalar  sistemalari,  tabiiy  va  sun’iy  til  gaplari  (timsollar)  shaklida  bo‘ladi. 


Щozirgi  vaqtda  matematik  modellashtirish  (kompyuterda  modellashtirish)  keng 
tarqalgan.  
8.  Sistemali  yondashuv–fanda  turli  ob’ektlarni  sistemalar  sifatida  tadqiq  etishni 
nazarda  tutadigan  metodologik  tamoyil  (talab)lar  majmui.  Mazkur  talablarga 
quyidagilar kiradi: 
a)  har  bir  elementning  tizimdagi  o‘rni  va  funksiyalariga  bog‘liqligini  aniqlash, 
bunda butunning xossalari uning tarkibiy qismlari xossalarining yig‘indisiga bog‘liq 
bo‘lmasligini e’tiborga olish; 
b) tizimning xulq-atvori uning alohida tarkibiy qismlari xususiyatlari hamda uning 
tuzilishi xossalariga qay darajada bog‘liqligini tahlil qilish; 
v) tizim bilan muhitning o‘zaro aloqalari mexanizmini tadqiq qilish; 
g) mazkur tizimga xos bo‘lgan darajalilikning xususiyatini o‘rganish; 
d) tizimni har tomonlama, ko‘p jihatli tavsiflashni ta’minlash; 
ye) tizimga dinamik rivojlanayotgan yaxlitlik deb qarash.  
Sistemali 
yondashuv 
o‘z-o‘zidan  rivojlanuvchi  murakkab  ob’ektlarni 
(ko‘pdarajali, ierarxik, o‘z-o‘zini tashkil etuvchi biologik, psixologik, sotsial va h.k. 
sistemalarni)  tadqiq  etishda  keng  qo‘llaniladi.  Sistemali  yondashuvning  muhim 
xususiyati  shundaki,  faqat  tadqiqot  ob’ektigina  emas,  balki  tadqiqot  jarayonining 
o‘zi ham murakkab sistema sifatida namoyon bo‘ladi. Uning asosiy vazifasi ob’ekt 
turli modellarini yaxlit qilib birlashtirishdir.  
«O‘z-o‘zini  tashkil  etish»  tushunchasi  sistemali  yondashuvning  muhim 
tushunchasidir. Mazkur tushuncha tarkibiy qismlari o‘rtasidagi aloqalar qat’iy emas, 
balki ehtimoliy xususiyatga ega bo‘lgan murakkab, ochiq, o‘z-o‘zini rivojlantiruvchi 
tizim (tirik hujayra,  organizm, biologik populyatsiya, odamlar jamoasi va sh.k.)ni 
yaratish, rivojlantirish yoki takomillashtirish jarayonini tavsiflaydi.  
Щozirgi zamon fanida o‘z-o‘zini tashkil etuvchi tizimlar  o‘z-o‘zini tashkil etish 
umumilmiy nazariyasi–sinergetikaning tadqiqot predmetini tashkil qiladi.  
9.  Strukturaviy-funksional  (strukturaviy)  metod  yaxlit  tizimlarda  ularning 
strukturasini,  strukturaning  tarkibiy  qismlari  o‘rtasidagi  barqaror  munosabatlar  va 
o‘zaro aloqalarni hamda ularning bir-biriga nisbatan rollari (funksiyalari)ni ajratish 
asosiga quriladi.  
Struktura–tizimning  tuzilishi  va  ichki  shakli,  mazkur  tizimning  tarkibiy  qismlari 
o‘rtasidagi  barqaror  o‘zaro  aloqalarning  birligini  ifodalovchi  falsafiy  tushuncha. 
Funksiya  esa  mazkur  tizim  har  bir  tarkibiy  qismining  «vazifasi»  deb  tushuniladi 
(ma’lum  biologik  a’zo  funksiyalari,  davlat  funksiyalari,  nazariyaning  funksiyalari 
va h.k.).  
Strukturaviy-funksional  (strukturaviy)  metodning  (unga  ba’zan  sistemali 
yondashuvning turi deb ham qaraladi) asosiy talab (jarayon)lari: 
a) tizimli ob’ektning tuzilishi, strukturasini o‘rganish; 
b) uning tarkibiy qismlarini va ularning funksional xususiyatlarini tadqiq qilish; 
v)  mazkur  tarkibiy  qismlardagi  va  ularning  funksiyalaridagi  o‘zgarishlarni  tahlil 
qilish; 
g) butun tizimli ob’ektning rivojlanishi (tarixi)ni ko‘rib chiqish; 
d)  barqaror  faoliyat  ko‘rsatayotgan  ob’ektning  barcha  tarkibiy  qismlariga  shu 
barqarorlikni saqlashga xizmat qilayotgan tizim sifatida qarash.  


10. Ehtimoliy-statistik metodlar barqaror takroriylik bilan tavsiflanadigan ko‘plab 
tasodifiy  omillarning  ta’sirini  e’tiborga  olishga  asoslanadi.  Bu  ko‘plab 
tasodiflarning umumiy ta’siri orqali o‘ziga yo‘l ochadigan zarurat (qonun)ni ochish 
imkonini beradi. Mazkur metodlar ko‘pincha tasodiflar haqidagi fan deb ataladigan 
ehtimollik nazariyasiga tayanadi.  
Ehtimollik–haqiqatga da’vogarlik qiluvchi va bunga yetarli asosi bo‘lmagan ilmiy 
hayotiy  tushuncha.  Ehtimollikning  diapazoni–noldan  (mumkin  emaslikdan) 
birgacha  (voqelikkacha).  Mazkur  metodlar  dinamik  va  statistik  qonunlarni 
farqlashga  asoslanadi.  Bunda  ular  mazkur  qonunlardan  kelib  chiqadigan 
bashoratlarning  xususiyatiga  tayanadi.  Dinamik  qonunlarda  bashoratlar  aniq 
belgilangan bir ma’noli xususiyatga ega bo‘ladi (masalan, klassik mexanikada).  
Statistik  qonunlarda  bashoratlar  haqiqiy  emas,  balki  ehtimoliy  xususiyatga  ega 
bo‘ladi. Bu xususiyat ko‘plab tasodifiy omillarning ta’siri bilan belgilanadi. Ilmiy 
bilish  tarixi  ko‘rsatganidek,  «biz  zarurat  va  tasodif  bilan  bog‘liq  barcha 
muammolarning ahamiyatiga endi-endi munosib baho bera boshlayapmiz».  
Ehtimoliy-statistik  metodlar  tasodifiy  xususiyatga  ega  bo‘lgan  ayrim  hodisalarni 
emas,  balki  ommaviy  hodisalarni  o‘rganish  (kvant  mexanikasi,  statistik  fizika, 
sinergetika,  sotsiologiya  va  boshqa  fanlar)da  keng  qo‘llaniladi.  Bugungi  kunda 
fanga ehtimoliy fikr yuritish tarzi kirib kelayotganligi to‘g‘risida ko‘p gapirilmoqda.  
Umumilmiy  yondashuvlarning  muhim  roli  shundan  iboratki,  o‘zining  «oraliq 
xususiyati»ga  ko‘ra,  ular  falsafiy  va  alohida  ilmiy  bilim  (shuningdek,  tegishli 
metod)larning o‘zaro o‘tishida vositachilik qiladi. Mazkur metodlar barcha fanlarda 
qo‘llanilganligi  uchun  ham  ular  umumilmiy  metodlar  deb  ataladi.  Ammo  ularni 
fanlarda qo‘llashda har bir fan yoki fan sohasining xususiyatlari, tabiiy, ijtimoiy va 
ma’naviy hodisalarni bilish xususiyatlari e’tiborga olinadi.  
Ijtimoiy-gumanitar  fanlarda  kuzatish  natijalari  ko‘p  jihatdan  kuzatuvchining 
shaxsiga, uning hayotiy qarashlariga va boshqa sub’ektiv omillarga bog‘liq bo‘ladi. 
Mazkur fanlarda oddiy (odatdagi) kuzatish (faktlar va hodisalar chetdan turib qayd 
etiladi)  va  ishtirokchilikka  asoslangan  (ichdan  turib)  kuzatish  (bunda  tadqiqotchi 
ma’lum ijtimoiy muhitga qo‘shiladi, unga moslashadi va hodisalarni «ichdan» tahlil 
qiladi) farqlanadi. Psixologiyada kuzatishning o‘z-o‘zini kuzatish (introspeksiya) va 
empatiya  (boshqa  odamlarning  ruhiy  kechinmalariga  kirib  borish,  ularning  ichki 
dunyosi–sezgilari, fikrlari, xohish-istaklarini tushunishga intilish va h.k.) farqlanadi.  
Etnometodologiya  ichdan  turib  kuzatishning  turlaridan  biri  bo‘lib,  u  ijtimoiy 
hodisa va voqealarni tavsiflash hamda kuzatish natijalarini ularni tushunish g‘oyalari 
bilan  to‘ldirishni  nazarda  tutadi.  Mazkur  yondashuv  hozirda  etnografiya,  ijtimoiy 
antropologiya, sotsiologiya va kulturologiyada tobora keng qo‘llanilmoqda.  
Ijtimoiy  eksperimentlar  tobora  rivojlanmoqda,  ular  ijtimoiy  tashkil  etish  va 
jamiyatni boshqarishni oqilonalashtirishning yangi shakllarini amalga tatbiq etishga 
ko‘maklashmoqda.  Ijtimoiy  eksperiment  ob’ekti  odamlarning  ma’lum  guruhi 
eksperimentning  bevosita  ishtirokchilaridan  biri  bo‘lib,  ularning  manfaatlari  bilan 
hisoblashishga to‘g‘ri keladi, tadqiqotchi esa o‘zi o‘rganayotgan vaziyatga bevosita 
qo‘shiladi.  
Psixologiyada muayyan ruhiy faoliyat qanday shakllanishini aniqlash uchun tajriba 
o‘tkazilayotgan  shaxs  turli  eksperimental  sharoitlarga  qo‘yiladi  va  unga  ma’lum 


masalalarni  hal  qilish  taklif  etiladi.  Bunda  murakkab  ruhiy  jarayonlarni 
shakllantirish  va  ularning  tuzilishini  yanada  chuqurroq  tadqiq  qilish  mumkin. 
Mazkur  yondashuv  pedagogik  psixologiyada  shakllantiruvchi  eksperiment,  deb 
nomlanadi.  
Ijtimoiy eksperimentlar tadqiqotchidan axloqiy va yuridik norma va prinsiplarga 
qat’iy  rioya  etishni  talab  qiladi.  Bu  yerda  (tibbiyotda  bo‘lgani  singari)  «ziyon 
yetkazma!»  tamoyili  muhim  ahamiyatga  ega.  «Insonning  intim  dunyosiga  kirish 
quroli  bo‘lib  xizmat  qilish»  (V.V.  Ilin)  -  ijtimoiy  eksperimentlarning  asosiy 
xususiyati.  
Ijtimoiy-gumanitar fanlarda falsafiy va umumilmiy vositalar, metod va amallardan 
tashqari,  mazkur  fanlarning  predmeti  bilan  bog‘liq  maxsus  vositalar,  metod  va 
amallardan ham foydalaniladi. Ularning jumlasiga quyidagilar kiradi: 
1.  Ideografik  metod–alohida  tarixiy  faktlar  va  hodisalarning  o‘ziga  xos 
xususiyatlarini tavsiflash.  
2. Dialog («savol-javob metodi»). 
3. Tushunish va oqilona (intensional) tushuntirish (bu haqda ushbu bobning keyingi 
paragrafida batafsil so‘z yuritiladi). 
4. Щujjatlarni tahlil qilish–son va sifat jihatidan tahlil qilish (kontent-analiz).  
5.  So‘rovlar  o‘tkazish–«yuzma-yuz»  so‘rov  (intervyu)  yoki  sirtdan  (so‘rovnoma 
yordamida, pochta, telefon orqali va sh.k.) so‘rov o‘tkazish. Ommaviy va maxsus 
so‘rovlar farqlanadi. Maxsus so‘rovlarda professional ekspertlar axborot olishning 
bosh manbai hisoblanadi.  
6. Proektiv metodlar (psixologiyaga xos)–insonning produktiv faoliyati natijalariga 
qarab, uning shaxsiy xususiyatlarini bilvosita o‘rganish usuli.  
7. Testlash (psixologiya va pedagogikada)–standartlashtirilgan topshiriqlar bo‘lib, 
ularni bajarish natijalari ayrim shaxsiy xususiyatlar (bilim, ko‘nikma, xotira, zehn 
va  sh.k.)ni  o‘lchash  imkonini  beradi.  Testlarning  ikki  asosiy  guruhi  farqlanadi–
intellekt  testlari  (mashhur  Q  koeffitsienti)  va  erishilgan  (kasbda,  sportda  va  h.k.) 
natijalar testlari. Testlar bilan ishlashda axloqiy jihat muhim ahamiyat kasb etadi. 
Zotan, layoqatsiz yoki g‘irrom tadqiqotchining qo‘lida testlar jiddiy zarar keltirishi 
mumkin.  
8. Biografik va avtobiografik metodlar. 
9. Sotsiometriya metodi–ijtimoiy hodisalarni o‘rganishda matematika vositalaridan 
foydalanish.  Undan  ko‘pincha  «kichik  guruhlar»ni  va  ulardagi  shaxslararo 
munosabatlarni o‘rganishda foydalaniladi.  
10. O‘yin metodlari–boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishda qo‘llaniladi. Imitatsion 
o‘yinlar  (ishbilarmonlik  o‘yinlari)  va  ochiq  o‘yinlar  (ayniqsa,  nostandart) 
vaziyatlarni  tahlil  qilishda  farqlanadi.  O‘yin  metodlari  orasida  psixodrama  va 
sotsiodrama  alohida  o‘rin  tutadi.  Ularda  ishtirokchilar  tegishincha  individual  va 
gruppaviy vaziyatlarni ko‘rib chiqadilar.  
Shunday qilib, ilmiy bilishda turli darajalarda, faoliyat sohalarida va yo‘nalishlarda 
turli-tuman metodlarning murakkab, dinamik va muvofiqlashtirilgan tizimi faoliyat 
ko‘rsatadi.  Mazkur  metodlar  har  doim  tadqiqotning  muayyan  shartlari  va 
predmetidan kelib chiqib amalga oshiriladi. 
 



Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish