Amaliy tadqiqotlar.
Amaliy tadqiqotlarning xususiyati shu bilan belgilanadiki,
ular amaliy vazifalarni yechish uchun kerakli bo‘lgan bilimni olishga qarab
to‘g‘ridan-to‘g‘ri mo‘ljal oladi. Bunda gap ayrim turdagi amaliy vazifalarni yechish
haqida boradi. Ilmiy xodim boshqa imkoniyatlarni o‘rganish uchun, hatto ular
qiziqarli natijalarni va’da qilayotgan bo‘lsa ham, mazkur tadqiqot chizig‘idan chetga
chiqishi mumkin emas. Ish rejalari va grafiklarini hamda ularni bajarish to‘g‘risida
hisobotlarni vaqti-vaqti bilan taqdim etish odatda amaliy tadqiqotlarni
moliyalashtirish sharti hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |