0 20 40 60 80 100 1 кв 2 кв 3 кв 4 кв Восток Запад Север asrda yashagan Xitoy
kartografiyasini otasi Pey Syu hisoblanadi. VIII asrda deyarlik sharqiy Xitoylik
kartograflari yaratgan kartalardan foydalanilgan bo‘lib kartalar aniqligi kompas
yordamida bajarilgan.
Uyg’onish davri kartografiyasi. Odatda butun geografik kashfiyotlar davri
Kolumb va Magellanlarning nomi bilan bog‘liqdir. Portugaliyalik shahzoda
Enrikning sa‘iy harakatlari bilan Yevropaning g‘arbiy burni San-Visenteda
kosmografiya maktabi yaratilib, u yerda astronomik observatoriya tashkil qilinib,
portugalyalik kemachilarni ekspeditsiya anjomlari bilan ta‘minlab turdi. Natijada
Afrika qirg‘oqlariga ekspeditsiya uyushtirib Hindistonga borish yo‘llarini aniqlab,
1426 yili Vasko da Gama Hindistonni ochib berdi. Shu munosabat bilan Birmaga,
Xitoy, Yaponiya, Indoneziyaga yo‘l ochildi. 1492 yilda esa San-Salvador va Kuba
orollari ochildi. Shu joylarni bosib olishda kartografik manbaalardan
foydalanilgani ma‘lum.
O‘sha davr kartografiyasini rivojlanishida Magellan ekspeditsiyasi
materiallarining xizmatlari katta bo‘lgan.
Yangi yerlarni ochilishi bilan, savdo sotiqni rivojlanishi natijasida Atlantika
okeani qirg‘oqlarini bosib olish va uni o‘z mulkiga aylantirish uchun kartografik
ishlar olib borilgan. O‘sha vaqtda Antverpen shahri dunyo savdo markazi bo‘lish
bilan kartografik ishlar rivojlangan makon bo‘lib hisoblangan. Shu davrda o‘rta
asrlarda foydalanilgan kompas kartalarini o‘rnida bir muncha aniqroq bo‘lgan
dengiz kartalari paydo bo‘lib, Yerni sharsimonligi xisobga oluvchi proeksiyalarda
tuzilgan dengiz kartalaridan foydalanilgan. O‘sha davrda yashagan Martin Bexaym
1492 yilda globus tuzib undan foydalangan.
O‘rta asr kartografiyasini rivojlanishida va kartalarni yangi proeksiya
asosida yaratishda Antverpenlik Avraam Orteliyni (1527-1598) va Gerard
Merkatorlarni (1512-1594) xizmatlari katta bo‘lib 15 varaqdan iborat, gips
plastinkadan yasalgan silindrik proeksiyada chizilgan dunyo kartasini ahamiyati
kattadir. Uning atlasi bir qancha marotaba nashr qilinib 451 dona kartadan
iboratdir. XVI asr oxirlarida shu atlas asosida maxsus karta va atlaslar tuzilib
foydalanildi.
XVI asr oxirlarida Pretoriy tomonidan menzula asbobi yaratilib yer yuzasini
s‘yomka qilish tezlashdi.