Kartashunoslik


XVII-XVIII  asrlarda  G’arbiy  Yevropada  kartografiya



Download 4,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/257
Sana17.01.2022
Hajmi4,76 Mb.
#381313
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   257
XVII-XVIII  asrlarda  G’arbiy  Yevropada  kartografiya. 
Amerika  qit‘asini 
ochilishi  bilan,  dunyo  bozorini  kengayishi  munosabati  bilan  kartalarga  bo‘lgan 
talab oshib borardi natijada ular takomillashdi.  
Bu  vaqtga  kelib  Niderlandiya  kartografiya  sohasidagi  yetakchiligini 
Angliyaga o‘tkazishga majbur bo‘ldi. Dengiz navigatsiya kartalariga bo‘lgan talab 
kuchaydi. Joylarda  kenglik va  uzoqlikni aniq o‘lchashni  tashkil qilish  maqsadida 
maxsus  Gringvich  observatoriyasi  (1675  yilda)  tashkil  qilinib,  faqat  astronomik 
kuzatishlar  bilan  chegaralanmasdan  suvlarni  ko‘tarilishi  (priliv)  va  pasayishi 
(otliv)larni  kuzatish  shamollarni  o‘lchash,  magnit  og‘ish  burchaklarini  o‘lchash 
bilan ham shug‘ullanadi. XVII asrni ikkinchi yarmida Frantsiyada kartograik ishlar 
ancha rivojlanib, nuqtalarni koordinatalarini aniqlashga katta e‘tibor berildi. O‘sha 
davrda  V.  Snellius  tomonidan  (1615  yilda)  triangulyatsiya  metodini  yaratilishi 
meridian  va  parallel  yoylarini  aniq  o‘lchash  asosida  geodezik  to‘r  nuqtalarni 
koordinatalari aniqlash yo‘lga qo‘yildi. 
Kartografiya  sohasida  ham  yangi  usullar  ishlab  ishlab  chiqila  boshlandi. 
Saksoniyalik harbiy topograf I. Leman XVIII asr oxirida relyefni shtrixlar usulida 
tasvirlashni yo‘lga qo‘ydi.  
XVIII  asrda  G‘arbiy  Yevropadagi  kartografiyada  eng  katta  yangiliklardan 
biri relьefni gorizontallar yordamida tasvirlash usuli yaratilishidir. 
XVIII  asrni  oxiri  XIX  asrni  boshlarida  temir  yo‘l  qurilishi,  ilmiy  ishlarni 
olib  borilishi  aniq  geodezik  asboblar  yaratilishini  talab  qildi.  Natijada  yangi 
geodezik asboblar yaratildi. 
Dengiz  kemachiligini  rivojlantirish  va  yangi  yerlarni  bosib  olish  uchun 
dengiz va okean kartalarini yaratish zaruriyatlari tug‘ildi. Undan tashqari, Yer shari 
kartasini  tuzish  uchun  kartografik  proeksiyalar  yaratilib,  Ptolomey  atlasidagi 
kartalarni yangilash zaruriyati paydo bo‘ldi.  
1570 yilda flamandriyalik Avraam Orteliy ―Yer shari manzarasi‖ nomli asar 
yaratib,  unga  53  ta  karta  kiritgan  edi.  Bu  davrda  yashab  ijod  qilgan  ulug‘ 
kartograflardan  flamandriyalik  Gerard  Merkatorning  (1512-1594)  tuzgan  ―Dunyo 
kartasi‖  ni  (1569)  ahamiyati  katta.  Bu  karta  teng  burchakli  silindrik  proeksiyada 
tuzilib,  dengizda  suzish  uchun  mo‘ljallangan  edi.  Merkator  Dunyo  kartasi  bilan 
birga Dunyo atlasini yaratdi (1585 y). Undagi kartalar mazmuni, aniqlik darajasi va 
zamonaviylik bilan o‘sha zamon talabiga javob beradigan yangi asar edi. U  atlas 
terminini birinchi bor ishlatgan. XVII asr o‘rtalarida kartografiya bo‘yicha qilingan 
ishlar  ichida  Sansonning  ―Fransiya  manzarasi‖  (1650  y)  nomli  atlasi  diqqatga 
sozovordir. Dengiz navigatsiya  karta va atlaslari ichida  Vagenerning  (1584-1585) 
ikki jildli ―Dengiz atlasi‖ sermazmunligi bilan ajralib turadi.  
XVII  asrlarda  G‘arbiy  Yevropada  yirik  formatli  atlaslar  nashr  qilish  ancha 
rivojlanadi. Niderlandiyada bir necha jilddan iborat katta formatli atlas yaratildi va 
bir  necha  tilda  nashr  qilindi.  Lekin  bunday  atlaslar  ilmiy  nuqtai  nazardan  va 
mazmun  jihatdan  mukammal  emas  edi.  Chunki  bunday  asarlar  ayrim  shaxslar 
nashrchi va xususiy korxonalarda tayyorlanar edi.  

Download 4,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish