214
Test
1. Nuqtalar usulining qaysi xususiyati uning keng qo'llanilishiga sabab
bo'lgan?
a) murakkablik va ko'rgazmalilik
b) murakkablik va obzorlilik
c) oddiylik va ko'rgazmalilik
d) shakli va o'quvchanligi
2. Nuqta "og'irligi"ga qanday ko'rsatkichlar berilishi mumkin?
a) mutlaq
b) nisbiy
c) nuqta "og'irligi"
qiymatga ega emas
d) mutlaq va nisbiy.
3. Nuqtali usulning asosiy shakli bu:
a) uncha katta bo'lmagan doiracha (nuqta).
b) katta
doira
c) diagramma
d) blok-sxema
4. Nuqtali usul nima uchun qo'llaniladi?
a) ham tabiiy, ham ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarga tegisgli turli fazoviy
ko'chishlarni ko'rsatish uchun
b) uzunasiga cho'zilgan, karta masshtabida kengligi ko'rsatilmaydigan chiziqli
obyektlarni ko'rsatish uchun
c) bir xil kattalikdagi va bir xil xususiyatli nuqatalarni birlashtirish uchun
d) aholi, ayniqsa, qishloq xo'jaligi, ekin maydonlari, chorvachilik va boshqa
shu kabi hodisalarning ammaviy to'planishini kartalashtirish uchun.
5. Qanday sabablarga ko'ra nuqtali kartani bir xil rangli nashr etishda
odatda, yozuvlar olib tashlanadi va asos siyraklashtiriladi, ko'p rangli
kartalarda esa asosni kuchsiz ranglarda nashr etib, uni ikkinchi planga
o'tkazishadi?
a) ko'zga tashlanmaydigan asos va yozuvlar nuqtali karta samarasini
pasaytirishi mumkin
b) ko'zga tashlanadigan asos va yozuvlar nuqtali karta samarasini pasaytirishi
mumkin.
c) ko'zga tashlanadigan asos va yozuvlar nuqtali karta samarasini oshirishi
mumkin
d) ko'zga tashlanadigan asos va yozuvlar nuqtali karta samarasini pasaytira
olmaydi
6. Kontrast (tafovutli) joylashuvdagi hodisalarni tasvirlashda qaysi usul
eng samarali hisoblanadi?
a) nuqtali usul
b) miqdorli rang (fon)
usuli
c) sifatli rang (fon) usuli
d) chiziqli belgilar usuli
7. Kartada nuqtalar qanday usullarda beriladi?
215
a) geografik va
matematik
b) geografik va statistik
c) geografik va
geometrik
d) geografik va simvolli
8. Kartada obyektlar va hodisalarni nuqtali usulda tasvirlashda
nuqtaning qanday parametri o'rnatiladi?
a) ―o'rin‖
b) ―kattalik‖
c) ―og'irlik‖
d) ―rang‖
9. Hodisalarning qanday xususiyatini hisobga olib, kartada nuqtalar
tasvirlanadi?
a) geometrik tarqalishi
b) miqdoriy tarqalishi
c) mintaqaviy tarqalishi
d) geografik tarqalishi.
10. Qanday kartalarni tuzishda nuqtali usul eng ko'p qo'llaniladi?
a) Aholi
b) Qishloq xo'jaligi
c) Sanoat
d) Transport