Kartashunoslik


Petr I davrigacha Russiyada kartografiya



Download 4,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/257
Sana17.01.2022
Hajmi4,76 Mb.
#381313
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   257
Petr I davrigacha Russiyada kartografiya.
 
Rossiyada ham kartografiya XVI 


 
41 
-  XVII  asrlarda  birmuncha  yo‘lga  qo‘yila  boshlandi.  Rossiyada  Petr  I  davrigacha 
karta – chertyojlar (chizmalar) deb yuritilar edi.  
Dastlabki  chertyojlar  to‘plami  Moskva  va  uning  atrofiga  bag‘ishlangan  va 
1553 yilda B.A.Ribakov tomonidan tayyorlangan. 1600 yilda ―Moskva davlatining 
katta  chertyoji‖  tayyorlandi.  Bu  kartada  Moskva  davlatining  hududi  to‘liq  o‘z 
ifodasini  topgan.  1627  yilda  bu  asarni  ikkinchi  nashri  chop  etilib  ―Katta  chizma 
kitobi‖  nomi  bilan  nashrdan  chiqdi,  unda  mamlakat  geografiyasi  yangidan 
tasvirlangan.  O‘sha  davrda  Rossiyada  olib  borilgan  s‘yomka  ishlariga  kartograf 
Ivan  Kirilov  rahbarlik  qildi.  Uning  bevosita  ishtirokida  ―Rossiya  imperiyasining 
atlasi‖ (1737 y) nashr qilindi.  
1800  yillardan  boshlab  g‘arbda  va  Rossiyada  yirik  masshtabli  kartalar 
s‘yomka qilishga kirishildi va maxsus davlatning geodezik-kartografik korxonalari 
tashkil qilina boshlandi. Shu bilan birga dengiz navigatsiya kartalarini tuzib, nashr 
qilish  ham  yo‘lga  qo‘yildi.  Shu  bilan  bir  qatorda  mavzuli  kartalar  ham  tuzila 
boshlandi.  Masalan,  tabiiy  kartalar  tuzish  yo‘lga  qo‘yilib,  magnit  og‘ishining 
o‘zgarishini,  iqlim  o‘zgarishini  ko‘rsatuvchi  kartalar  shular  jumlasidandir. 
Germaniyada  Gumbolt  tomonidan  iqlim  ko‘rsatkichlari  tasvirlangan  kartalar, 
Rossiyada V. Dokuchaev tomonidan tuproq kartalari tuzilib chop etildi.  
Shuni  ta‘kidlash  kerakki  Kartografiya  fan  sifatida  XIX  asrdan  shakllana 
boshlandi,  unga  qadar  u  geografiya  bilan  birga  o‘rganilib  kelingan,  lekin 
kartografiya  fani  shakllansa-da  uning  o‘rganish  obyekti  har  xil  talqin  qilinar  edi. 
Masalan,  rus  geodezisti  V.V.  Vitkovskiy  o‘z  kitobida  kartografiyani  kartografik 
proeksiyalar to‘g‘risidagi fan deb yozgan.  
 
 
2-rasm.
  S.Remezovning  ―Sibir  yerlarining  chizma  kitobi‖  atlasidagi 
Sibirning umumiy kartasini bir qismi (1701 y.) 
 
O‘rta  Osiyo  hududlarini  kartaga  tushirishda  rus  geograf-sayohatchilarining 
xizmatlari ham katta bo‘lgan. O‘sha vaqtda Sibirь yerlarining Rossiya tomonidan 


 
42 
bosib olinishi va u yerlarni o‘zlashtirish uchun kartalar tuzish zaruriyatlari tug‘ildi. 
Tobolьskdan  chiqqan  mashhur  kartograf  Semyon  Remezov  tomonidan,  ―Sibir 
yerlarini chizma kitobi‖ nomli kartalar to‘plami (23 kartadan iborat) birinchi marta 
1701 yilda Rossiyada atlas sifatida chop etildi (1-rasm). Bu atlas aniqligi jihatdan 
G‘arbiy  Yevropa  kartalaridan  ancha  past  darajada  bo‘lsa-da,  mazmun  jihatdan 
ancha yuqori edi-deb yozadi K.A. Salishev.  
XVIII asrgacha Rossiyada ham kartografiya o‘z holicha davlat tassarrufidan 
tashqarida  ish  olib  bordi.  Shuning  uchun  bo‘lsa  kerak,  bu  soha  ancha  sust 
rivojlandi.Rossiyada 1739 yilda Geografiya departamenti tashkil etilib, unga M.V. 
Lomonosov  rahbarlik  qildi  va  asosiy  kartografik  ishlar  ushbu  deportament  orqali 
bajarildi.  
Petr  I  davrida  va  undan  keyingi  davrlarda  ham  barcha  ekspeditsiyalarda 
geodezistlar qatnashib, Sibir yerlari, Kaspiy oldi yerlari, O‘rta Osiyo, Kamchatka 
va Tinch okean atrofidan s‘yomka qilishda qatnashdilar. 
 

Download 4,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish