Tayanch iboralar:
karta, geografik karta, obyekt, kartografik tasvir,
matematik asos, geografik asos, legenda, kartografiya, komponovka, kartografik
asarlar, atlas.
1.1. Kartalar va ularni ta‟rifi, elementlari xususiyatlari
Karta termini yunoncha
(xartes – papirus qog‘ozi) so‘zidan
olingan lotincha ―
sharta”
(qog‘oz, varaq) atamasidan kelib chiqqan. Yunoncha
(karta), lotincha
charta
, turkcha
harita
. Turkiy tillar oilasiga kiruvchi
o‘zbek tilida ham karta bo‘lsa etimologik jihatdan to‘g‘ri bo‘ladi.
O‘zbek tilining imlo lug‘atida (Toshkent, ―O‘qituvchi‖ - 1995) ham
―karta‖ deb berilgan. Grafiya so‘zi yunoncha grafo – yozaman, tasvirlayman
ma‘nosini anglatadi. Binobarin, karta va grafiya so‘zlari yunonchadan olingan ekan
fanning nomini kartagrafiya deyilsa yozilsa xato bo‘lmaydi. Ushbu soha
mutaxassislarini esa kartashunoslar deb yuritilsa to‘g‘ri bo‘ladi.
2000–2006
yillari
nashr
etilgan
12-jildlik
O‘zbekiston Milliy
Entsiklopediyasida ham karta va kartografiya deb qabul qilinishiga ana shular asos
bo‘lgan.
Kartadan qaramasdan turib, uni mushohada qilmasdan istalgan holatda
hududlarning qisqacha obzorini olish mumkin emas. Karta geovazoviy
ma’lumotlar, ya’ni obyektlar yoki hodisalarning bir-biriga nisbatan to’g’ri
nisbatdagi Yerda joylashgan o’rni haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Kartani tasvirlangan hududga nisbatan ko’plab savollarga (punktlar orasidagi
masofa, punktlarning bir-biriga nisbatan o’rni, zonalar yoki tabiiy tizimlarning
tarqalishi kabilar) javob beruvchi geovazoviy axborot tizimi sifatida qarash
mumkin. Ularga javoblar klaviatura yoki ayrim fayllarni yuklashga ehtiyojsiz, ko’p
vaqtsiz bevosita karta tasviridan o’qib olinishi mumkin.
1
Karta
– Yer yuzasini, boshqa osmon jismlarini yoki kosmik fazoni
matematik aniq belgilangan, kichraytirilgan, umumlashtirilgan tasviri bo‘lib, u
qabul qilingan shartli belgilar sistemasida ularda joylashgan obyektlarni ko‘rsatadi.
Obyekt
deyilganda kartalarda tasvirlanadigan har qanday predmet, voqea,
hodisa yoki jarayon tushuniladi.
1
Menno-Jan Kraak, Ferjan Ormeling. Cartography: Visualization of Geospatial Data. Printed and bound in Great
Britain by Ashford Colour Press Ltd, Gosport, Hants. London, 2010. p. 39 /www.pearsoned.co.uk.
4
Do'stlaringiz bilan baham: |