103
Yengil avtomobil-taksilarga bo‘lgan ehtiyojni marketing
tadqiqotlarini o‘tkazib aniqlash, ya’ni transport
xizmatini
ko‘rsatuvchi subyektlar (korxonalar), transport xizmati turlari,
transport xizmatidan foydalanuvchilar, transport xizmatiga
bo‘lgan talab va transport xizmati bozoridagi raqobatni o‘rganish
va bashorat qilish mumkin.
Transport xizmatidan foydalanuvchilarni tadqiq qilish ular-
ning transport xizmatiga bo‘lgan tilak va istaklarini aniqlashga
yordam beradi.
Transport xizmati turlarini tadqiq qilish bugungi kunda
mavjud bo‘lgan transport xizmati turlari va ularning sifatini
aniqlash bilan birga, yangi transport xizmatlari turlarini aniqlash
uchun foydalaniladi.
Bozorni o‘rganishda ularni bir qancha
belgilariga qarab
segmentlarga ajratish qabul qilingan, masalan, xaridor
tomonlarni har xil belgilariga qarab turlarga ajratish, jug‘rofiy-
mintaqaviy (respublika, viloyat, shahar va hokazo),
demografik
(yoshi, oilasi), iqtisodiy-ijtimoiy mezonga qarab va boshqalar
(13-rasm).
S.A.Salimov bozorni segmentlarga ajratishning 6
bosqichini
taklif etadi. Uning tavsiyasi asosida transport xizmati bozorini
segmentlarga quyidagicha ajratish mumkin:
— transport xizmati bozorini segmentlash mezonlarini shakl-
lantirish;
13-rasm.
Bozor segmentlari turlari.
1
3
2
4
1a
1b
2a
3a
a
b
d
Segmentlarga
bo‘linmaydi
To‘liq
segment
Daromadga qarab
segmentlash
Yoshga qarab
segmentlash
Yosh va daromadga
qarab segmentlash
104
— transport xizmati bozorini segmentlashni amalga oshirish;
— transport xizmati bozorining segmentlarini tahlil qilish;
— transport xizmati bozorining maqsadli segmentlarini
tanlash;
— taklif etilayotgan transport xizmati turlarining bozordagi
o‘rnini aniqlash;
— marketing rejasini ishlab chiqish.
Yo‘lovchilar oqimining marketing
tadqiqotlarini quyidagi
usullar yordamida o‘tkazish mumkin:
1. So‘rovnoma.
4. Jadval.
2. Qayd qilish.
5. Tezkor.
3. Ko‘z bilan chamalash. 6. Statistik.
So‘rovnoma usulida
haydovchi yo‘lovchilardan so‘rash orqali
maxsus jadvalni to‘ldiradi (masalan, ularning necha marta
taksidan foydalanishi).
Qayd qilish usulida
to‘xtab turish joylarida taksilarning kelib-
ketishi, yo‘lovchilarni kutish vaqtlari kabi ma’lumotlar jadvalda
qayd qilinadi.
Ko‘z bilan kuzatish usulida
talab nazorat orqali amalga
oshiriladi.
Jadval usulida
taksi haydovchisi taksiga chiqayotgan va
tushayotgan yo‘lovchilar sonini belgilab boradi.
Operativ usulda
talab haydovchilardan so‘ralib aniqlanadi.
Statistik usul
yo‘l varaqalarini qayta ishlash orqali amalga
oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: