Avtotransport vositalarida


Takrorlash uchun savollar



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/91
Sana17.01.2022
Hajmi1,88 Mb.
#380763
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   91
Bog'liq
avtotransport vositalarida yolovchilar tashishni tashkil etish

Takrorlash uchun savollar:
1. Avtomobilning texnik tayyorgarlik koeffitsiyenti qanday aniqlanadi?
2. Avtomobilning ishga chiqish koeffitsiyenti qanday topiladi?
3. Yengil avtomobil-taksining kunlik bosib o‘tgan masofasi qanday
topiladi?
4. Taksining ishda bo‘lish vaqti qanday topiladi?
5. Daromad qanday hisoblanadi?
6. Tashilgan yo‘lovchilar hajmi qanday aniqlanadi?
2.4. Yo‘nalishli taksilarda yo‘lovchilar
tashishni tashkil etish
Yo‘lovchi tashuvchi avtokorxonalar davlat tasarrufida bo‘lgan
davrlarda yo‘nalishli taksilar, asosan, yo‘lovchilar oqimi kichik
bo‘lgan yo‘nalishlarda avtobuslardan foydalanish samarasiz
bo‘lgani uchun qo‘llanilar va ularda tashilgan yo‘lovchilar
miqdori 1% ni ham tashkil etmas edi.
U paytlarda yo‘nalishli taksilarda yo‘lovchilarni tashish,
asosan, shahar va shahar atrofi yo‘nalishlarida tashkil qilinib,
bugungi kunda yo‘nalishli taksilardan shaharlararo va xalqaro
yo‘nalishlarda ham keng foydalanilyapti.
Bugungi kunda bozor iqtisodiyoti sharoitida xususiy yo‘lovchi
tashuvchilar sonining ortib ketishi shunga olib keldiki, yo‘nalishli
taksilar yo‘lovchilar oqimi katta bo‘lgan yo‘nalishlarda ham keng
qo‘llanilib, avtobuslarni siqib chiqaryapti.
Yo‘nalish tarmog‘ining uzunligi avtobus yo‘nalishlarida
2394 km bo‘lgan bir paytda, bu ko‘rsatkich yo‘nalishli taksilarda
3909 km ni tashkil etar ekan. Shahar yo‘lovchi transportida
yo‘nalishlarning va mavjud qatnovlar jadvali miqdorining
taqsimlanish diagrammasi 14-rasmda aks ettirilgan.


110
Yo‘nalishli taksilarning avtobuslarni siqib chiqarishi ularning
o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqyapti.
Katta tezlik, yuqori darajadagi shinamlik, yo‘lovchilarning
talabi bo‘yicha istalgan joyda to‘xtay olishi aholi o‘rtasida
yo‘nalishli taksilarga bo‘lgan talabning oshishiga olib keldi.
Yana shuni eslatib o‘tish joizki, bugungi kunda Gazel, Ford,
Mersedes Benz kabi mo‘jaz avtobuslar bilan bir qatorda,
«Otoyo‘l» va «ISUZU» rusumli avtobuslar ham yo‘nalishli taksi
sifatida qo‘llanilyapti. Bu avtobuslarda yo‘l haqining boshqa
avtobuslarga nisbatan deyarli kam farq qilishi ularga bo‘lgan
talabni yanada oshiryapti.
Yo‘nalishli taksilar harakatini tashkil qilish uchun yo‘lov-
chilar oqimini o‘rganish, yo‘nalishni tanlash, harakat intervalini
aniqlash, kerakli bo‘lgan ish tartibini belgilash, harakat tezligini
me’yorlash va harakat jadvalini tuzish kerak bo‘ladi.
Buning uchun tender e’lon qilinganidan keyin, har bir
tenderda ishtirok etmoqchi bo‘lgan tashuvchi berilgan bosh-
lang‘ich ma’lumotlar asosida kerakli avtomobillar sonini, tig‘iz
vaqtlardagi harakat intervalini aniqlaydi va ular asosida harakat
jadvalini ishlab chiqadi. So‘ngra bu ma’lumotlar tender hujjatlari
paketiga solinib tender komissiyasiga havola etiladi.
14-rasm.
 Shahar yo‘lovchi transpori xizmat ko‘rsatayotgan
yo‘nalishlarning mulkchilik shakllariga ko‘ra taqsimlanishi.
Yo‘nalish soni
Avtobus yo‘nalishlari
Yo‘nalishli
taksilar
«Toshshahartransxizmat» uyushmasi
Xususiy tashuvchi
180
160
140
120
100
80
60
40
20
0
168
165
130
38
158
7


111
Yo‘nalishdagi taksilarda yo‘lovchilar oqimi so‘rovnoma,
talon, ko‘z bilan kuzatish va so‘roq uslublarida aniqlanish usullari
avvalgi bo‘limlarda to‘liq bayon etilgan. Bu yerda faqat shuni
eslatib o‘tish joizki, so‘roq uslubida maxsus hisobchi xodim
bekatlarda taksiga chiqayotgan va tushayotgan yo‘lovchilardan
so‘rab maxsus jadvalga yozib boradi.
Yo‘nalishli taksilar sonini aniqlashda avtobuslar sonini
aniqlashda foydalanilgan formulalardan foydalaniladi. Kelgusida
zarur bo‘ladigan taksilar soni esa marketing tadqiqotlari natijasida
aniqlanishi mumkin.

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish