Aim.uz
Konyunktura tadqiqotlarini axborot ta’minoti
Mamlakat iqtisodiy doirasida konyunkturani tahlil qilish quyidagi ko‘rsatkichlarga asoslanadi.
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar: yalpi milliy mahsulot, yalpi milliy daromad, sanoat, qishloq xo‘jaligi, investitsiya, transport, tovar muomalasi ko‘rsatkichlari - ichki va tashqi bozorlarda tovarlar sotilishi hajmi, pul muomalalari, kapital aylanishi va baholar dinamikasi, ishsizlik va inflyatsiya darajalari.
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga, tovar bozorlari holati, talab va taklif, baho, talabning qondirilish darajasi, tovar ishlab chiqarish, uning sotilishi, yangi korxonalar ko‘rilishi va boshqalar kiradi. Yuqoridagi ko‘rsatkichlarning umumiylik tomoni shundaki, ular bir-biri bilan bog‘liq va davlat (region) iqtisodiyot bir bosqichdan ikkinchisiga o‘tganda ularda o‘zgarish ro‘y beradi.
Yalpi milliy mahsulot, shaxsiy iste’mol, davlat buyurtmalari, yalpi kapital qurilish, tovar va xizmatlarni eksport va import qilish ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi. Bu ko‘rsatkichlarni hisoblashda noaniqliklar (qaytadan hisoblash) ro‘y bersa ham, u oxirgi talab hajmi va har doim mamlakat iqtisodiyoti holatini baholashda muhim o‘rinni egallaydi.
Mamlakat iqtisodiyoti konyunkturasida ro‘y beradigan barcha o‘zgarishlar manbayi bo‘lib, ishlab chiqarish sohalari hisoblanadi. Iqtisodiyotda sanoatning ulushi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning ko‘rsatkichlarining ahamiyati shunchalik yuqori bo‘ladi. Sanoat ishlab chiqarishning asosiy ko‘rsatkichlari: sanoat ishlab chiqarish indeksi, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning mutlaq hajmi, ishlab chiqarish imkoniyatlari va haqiqatda o‘zlashtirilgan quvvatlar (sohalar bo‘yicha) mehnat unumdorligi, ishsizlar, ish haqi, buyurtmachilar, investitsiya va boshqalar. Ular tahlil qilinadi hamda bozor kon’yunkturasiga ta’siri aniqlanadi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bo‘yicha esa ishlab chiqarish indeksi, mutlaq hajmi, ekin maydonlari, hayvonlar soni, o‘rtacha hosildorlik, agrofirmalar soni va tarkibi; ishlovchilar soni, yetishtirilgan mahsulotlar bahosi, sotib olinayotgan texnika, yonilg‘i, o‘g‘itlarning baholari, fermerlarning daromadlari, qishloq xo‘jalik texnikasi va yerdan foydalanish samarasi tahlil qilinadi. Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligining sanoatga qaraganda o‘ziga xos qiyinchiliklari tufayli iqtisodiyot sohalari orasidagi nomutanosiblikni kuchaytirishi va natijada talab va taklif muvozanati buzilishiga olib kelish sabablari ochib beriladi. qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozori konyunkturasi faqat shu sohaning iqtisodiy ko‘rsatkichlari asosida tahlil qilinmaydi. Uning ko‘proq qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat korxonalari va ta’minoti bilan shug‘ullanuvchi tarmoqlar ish natijalariga bog‘langan holda o‘rganilishi va tahlil qilinishi shart. Investitsiyaning rivoji bozor holatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Agarda ishlab chiqarish sohalarida tugatilmagan obyektlar soni kamaysa, sanoat mahsuloti ko‘payadi va bozorda taklif talabdan yuqorilashadi. Yuk tashish transporti rivojlanish ko‘rsatkichlarining bozor konyunkturasi uchun ahamiyati katta. Chunki uning ish natijalari xom- ashyo, materiallar va tovarlar yetkazib berishdan iborat. Ichki chakana tovar oborot ko‘rsatkichlari mamlakat iqtisodiyotining, aholi turmush darajasining eng asosiy belgilaridan va bozor konyunkturasining mag‘izidir. Chunki chakana tovar oborot hajmi, tarkibi, undagi o‘zgarishlar va barcha ko‘rsatkichlar bozorning asosiy holati - talab va taklif muvozanatiga bog‘liq.
Chakana tovar oboroti va xizmatlar umumiy hajmi, tarkibi (tovar guruhlari), aholi jon boshiga to‘g‘ri kelishi, tuman, shahar va viloyatlar bo‘yicha tahlili, savdo, ovqatlanish, xizmat ko‘rsatish, dorixonalar va boshqa shoxobchalarning turlari, ularning joylashishi, savdo maydonlarining hajmi va 1000 kishi hisobiga to‘g‘ri kelishi kabilar muhim ko‘rsatkichlardir. Chakana savdoning tahlili, uning tovarlar bilan ta’minoti manbalari-ulgurji savdo firmalari bilan birgalikda olib boriladi. Chunki ulgurji savdoning rivoji chakana savdo shoxobchalari uchun katta omil.
Savdo oboroti dinamikasini tahlil qilganda oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari, uzoq muddatda ishlatiladigan uy-ro‘zg‘or mollari, sport, sayohat va boshqa zamonaviy talablarni qondirishga mo‘ljallangan tovarlar alohida ko‘riladi.
Pul muomalalari ko‘rsatkichlari-emissiya, inflyatsiya, kreditlar, foiz stavkalari, valyutalar kursi, bank depozitlari, inqirozlik va boshqalar bozor konyunkturasiga sezilarli ta’sir etuvchi omillardir. Tashqi savdo ko‘rsatkichlari ichki bozor konyunkturasining shakllanishida o‘ziga xos o‘ringa ega. Chunki tashqi savdo orqali mamlakat ichki bozori jahon bozori bilan bog‘lanadi. Tashqi savdo oboroti eksport va import hajmlari va tarkiblari, savdo balansi qoldig‘i, eksport va import geografiyasi, mamlakatning jahon bozoridagi eksport va import hajmidagi ulushi, eksportga ishlab chiqarilgan (tayyor) mahsulotlar, mashinasozlik tovarlari va xizmatlarining ulushi, iste’molda importning o‘rni va tashqi savdo baholari tahlil qilinadi va ichki bozor konyunkturasiga ta’siri aniqlanadi.
Jami talab - bu ichki talab va eksport (tashqi talab). Ichki talab davlatning iste’mol tovarlari, xizmatlar, joriy iste’mol uchun olinadigan uskunalar va ishlab chiqarish tovarlari (xom-ashyo, ayrim tayyor mahsulotlar, yonilg‘i va boshqalar)ni o‘z ichiga oladi. Jami talab omillari: shaxsiy iste’mol; yalpi investitsiyalar-asosiy kapitalni yangilash va ko‘paytirishga talab; xorijiy ishlab chiqarish darajasi, xom-ashyo va yarim tayyor mahsulotlarga talab; eksport. Jami (uyg‘unlashgan) taklif-mamlakatda ishlab chiqilgan tovarlar, xizmatlar va import (tashqi taklif). Jami taklif omillari bo‘lib ishlab chiqarish salohiyati, mehnat resurslari va ularning malakasi, fundamental va amaliyot ilmiy-tadqiqotlari (NIOKR), import hajmi va tarkibi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |