Savol va topshiriqlar
1. Davlat nima?
2. Huquq nima?
3. Davlat va huquq nazariyasi darsining boshlanishida siz
huquq va qonun so‘zlari bilan to‘qnashgansiz. Ayting-chi,
ularning o‘rtasida qanday o‘xshashlik va qanday farq bor?
Qonunga va axloqqa tegishli misollar keltiring.
4. Ayting-chi, davlat va huquqsiz yashash mumkinmi?
Huquqiy tartibot nima uchun o‘rnatiladi? Qonunlar nega
zarur? O‘z fikringizni bildiring.
5. Qonunni bilmaslik nega javobgarlikdan ozod qilmaydi?
6. Huquq normalarini alohida, axloq normalarini alohida
yozing va jadvalni to‘ldiring.
7. Quyidagilarga izoh bering:
1. A. birovning mulkini o‘g‘irladi.
2. D. ustoziga darsga kelmaganligi to‘g‘risida kasal
bo‘ lib qoldim, deb yolg‘on gapirdi.
3. S. auditoriyaning eshik-derazasiga zarar yetkazdi.
4. M. o‘rtog‘i to‘g‘risida tuhmat so‘zlarni gapirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |